6-mavzu. Zamonaviy menejer



Yüklə 136,1 Kb.
səhifə3/11
tarix19.06.2023
ölçüsü136,1 Kb.
#132563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
6-MAVZU. ZAMONAVIY MENEJER 1-qisim

Ikkinchidan, menejer ichki va tashqi muhit haqidagi axborotlarni to’playdi, ularni tarqatadi va nihoyat tashkilotning maqsadlarini tushuntirib beradi. Menejerning ishining natijasi uning qancha axborotga ega bo’lishiga bog’liqdir.

Uchinchidan, menejer tashkilotning ichidagi va tashqarisidagi munosabatlarni shakllantiruvchi, tashkilot a’zolarini maqsadlarga erishishga undovchi, ularning harakatlarini muvofiqlashtiruvchi, tashkilotning vakili sifatida harakat qiluvchi rahbar sifatida bo’ladi. U odamlar orqasidan borishga tayyor bo’lgan kishi bo’lishi kerak.

Menejerlarning tashkilotdagi o’rniga, ular tomonidan hal qilinadigan vazifalarga ko’ra ushbu vazifalar ularga ko’proq yoki kamroq darajada mos bo’lishlari mumkin. Ammo har bir menejer albatta qarorlar qabul qiladi, axborotlar bilan ishlaydi va tashkilot(bo’linma)ning rahbari bo’ladi.

Menejerlarni an’anviy ravishda uchta darajaga: qo’yi, o’rta, yuqoriga bo’ladilar (5.1 rasm)

G’arbiy korxonalarda yana quyidagilar ajratiladi:

G’arbiy korxonalarda yana quyidagilar ajratiladi:

“top management”- ya’ni boshqaruvning yuqori bo’g’ini(bosh direktor va boshqaruvning boshqa a’zolari);

“middle management”- boshqaruvning o’rtacha bo’g’ini(boshqarmalar va mustaqil bo’limlar rahbarlari);

“tower management”-boshqaruvning quyi bo’g’inlari(bo’linmalar va ularga o’xshash boshqa bo’limlar rahbarlari).

Menejerning obrazi doimiy ravishda boyib boradi, insoniyroq bo’ladi. Hozirgi vaqtga qadar menejmentning vatani bo’lgan AQSHda ratsional turdagi menejerlar ustivorlik qilgan, ular ko’proq muxandislik – iqtisodiy ko’nikmalarga va boshqaruvga yondashuvlarga ega bo’lganlar. Ammo hozirgi vaqtda endi yangi turdagi menejerlar paydo bo’ldilar, ular asta - sekin ishlab chiqarishdagi insoniy omillarni hisobga olish tomoniga yuz o’girmoqdalar. Buning ustiga, bu turli tumanliklar ishga doir hulqqa xos alomatlarni kasb etmoqdalar.

Yana shuni ta’kidlash zarurki, ierarxiyaning darajasi qancha yuqori bo’lsa, menejerning shuncha ko’p ish vaqti strategik, istiqbolli vazifalarni hal qilishga sarflanishi kerak. Pastroq darajada, aksincha, menejer ko’proq operativ masalalar bilan shug’ullanishi kerak. Yuqori darajadagi menejerlar ish vaqtining quyidagi tuzilmasi tavsiya etiladi: strategik vazifalar vaqtning- 60%, taktik- 25%, operativ- 15%, o’rtacha darajadagi menejerlar tegishli ravishda 20, 50,va 25%; quyi bo’g’in menejerlari 10, 25 va 65%.


Yüklə 136,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin