qonunda batafsil ko’rsatilgan. Mehnat resurslari 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan yerkaklar, 55
yoshgacha bo’lgan ayollar hisoblanadi. Shu bilan birgalikda mehnat qilish imkoniyatiga ega bo’lgan
o’smirlar va nafaqaxo’rlar ham mehnat resursi sanaladi. Ularning tarkibida iqtisodiy faol mehnat qilish
imkoniyatiga ega bo’lganlar alohida ahamiyat kab yetadi. Ularni 16-55 yoshgacha bo’lgan ayollar, 60
yoshgacha bo’lgan yerkaklar tashkil yetadi. Ular mehnat resurslarining asosini tashkil yetadi.
O’zbekiston Resublikasi iqtisodiyotida 2005 yilning boshiga 9910,6 ming kishi band bo’lgan. Bu
jami aholining 0,9 foizini tashkil yetadi. Mavjud mehnat resurslarining 45 foizga yaqini qishloq
xo’jaligida faoliyat ko’rsatadi. Ular o’zlarining ongli, maqsadli mehnatlari bilan qishloq xo’jaligini
rivojlantirishga, uning samardorligini yuksaltirishga ulkan hissa qo’shishi lozim. Demak, ularning
mehnatlari unumli bo’lishi kerak. Shu bilan «mehnat unumdorligi» tushunchasi paydo bo’lmoqda.
Mehnat unumdorligi deganda, foydalanilayotgan texnikalar, texnologiyalar yordamida bir birlikdagi
mahsulotni etishtirish, ishni bajarish uchun sarflanadigan vaqtning miqdorini nazarda tutish lozim. Bu
«Mehnatni tejash» iqtisodiy qonunining amal qilishidan dalolat beradi. Mehnat unumdorligining
amaliyotdagi tushunchasi ham mavjud. Ya’ni sarflanayotgan bir birlikdagi vaqt ichida yaratilgan qiymat
yoki ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish mehnatning unumdorlik darajasini ifodalaydi. Mehnat
unumdorligi to’g’risidagi bu tushunchalar bir-birini inkor etmaydi, aksincha to’ldiradi. Qishloq
xo’jaligidagi mehnat ongli, maqsadga yo’naltirilgan bo’lsa, uning unumdorligi yuqori bo’ladi. Bu esa
tarmoqning rivojlanishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: