6-mavzu. Makroiktisodiy bekarorliklar: inflyatsiya va ishsizlik reja



Yüklə 80,86 Kb.
səhifə8/11
tarix14.10.2023
ölçüsü80,86 Kb.
#155315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
6-MAVZU. MAKROIKTISODIY BEKARORLIKLAR INFLYATSIYa VA IShSIZLIK

Taklif inflyatsiyasi bu, mamlakat iktisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar baxolarining oshishidan paydo bo‘ladi. Bunday xollarda ortikcha talab bo‘lmasa xam tovarlarning baxolari oshib boradi. Xatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab chikarish kamaygan yillari tovarlarning baxosi oshadi. Jami taklif kiskarishining asosiy sababi maxsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o‘sishi xisoblanadi. Bunda nominal ish xaki, xom ashyo va yokilgi narxlarining oshishi natijasida ishlab chikarish tannarxi xam oshadi.
Taklif inflyatsiyasining kelib chikishiga, shuningdek, taklif mexanizmining buzilishi xam ta’sir kiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy xolda asosiy ishlab chikarish omillari baxosining keskin ko‘payishidan kelib chikadi. Iktisodchi olimlarning fikriga ko‘ra, taklif inflyatsiyasi o‘z-o‘zini cheklaydi. Ishlab chikarishning pasayishi xarajatlarning ko‘shimcha o‘sishini cheklaydi, chunki ishsizlikning o‘sishi nominal ish xakining asta-sekin pasayishiga olib keladi. Talab inflyatsiyasini cheklash uchun esa maxsus chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘ladi. Inflyatsiya darajasi yukori bo‘lgan mamlakatlarda ishlab chikarishning xakikiy xajmi kiskarishi bilan bir vaktda nominal xajmining ortib borishi kabi vaziyat sodir bo‘ladi. Daromadlarni ishlab chikarish tomonidan ta’minlanmagan o‘sishi axoli ko‘lidagi pulning taklif kilinayotgan tovar va xizmatlardan oshikchaligiga olib keladi. Bunday xol pul birligining xarid kuvvatini pasaytiradi, bir mikdordagi pulga joriy yilda o‘tgan yildagiga nisbatan axoli kamrok maxsulot sotib oladi, ya’ni, uning real daromadi kamayadi. Misol uchun, joriy yilda axolining nominal daromadlari 30% ga ko‘paygan, narxlar darajasi 50% ga oshgan bo‘lsa, unda axolining real daromadlari 20% ga kamaygan bo‘ladi. Chunki, narxlarning o‘sishi axoli pul daromadlarining o‘sishidan yukori bo‘lgan (30% - 50%k- 20%).
Inflyatsiyani real daromadlar darajasiga ta’siri u kutilayotgan yoki kutilmayotganiga xam boglik. Kutilayotgan inflyatsiya sharoitida daromad oluvchi inflyatsiyaning u olayotgan daromadga ta’sirini kamaytirish, ya’ni real daromadi darajavsini saklab kolish chorasini ko‘radi.
Bu uchun Fisher tenglamasidan foydalanish mumkin:
i = r + kut., bu erda i-nominal foiz stavkasi; r- real foiz stavkasi; kut- kutilayotgan infnflyatsiya darajasi.
Inflyatsiya sur’ati 10 foizdan oshganda Fisher tenglamasi kuyidagi ko‘rinishni oladi:
i - kut.
r = -----------
1- kut.

Yüklə 80,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin