6-mavzu. Ikkilik diskret modulyatsiya turlari (manipulyatsiya). Impulsli modulyatsiya turlari Modulyatsiyalanadigan impulslar ketma-ketligi chastotasi V.A. Kotelnikovning uzluksiz signallarni diskretlash haiqdagi teoremasi asosida aniqlanadi, bunda impulslar takrorlanish chastotasi modulyatsiyalovchi analog signal maksimal chastotasi dan kamida ikki barobar katta bo‘lishi shart.
Turli parametrlari modulyatsiyalangan impulslar ketma-ketliklari vaqt diagrammalari 7.4-rasmda keltirilgan.
Impuls amplitudasi modulyatsiyasi(IAM), bunda impulslar ketma-ketligi amplitudalari uzatilayotgan xabarga mos ravishda o‘zgaradi. Impulslar amplitudasi modulyatsiyalanganda impuls amplitudasi quyidagicha o‘zgaradi:
.
IAM signallar ikki xil bo‘lishi mumkin:
a) birinchi tur IAM-I, bunda impulslar oniy qiymatlari modulyatsiyalovchi xabarga mos ravishda o‘zgaradi;
b) ikkinchi tur IAM-II, bunda impulslar amplitudasi uning davomiyligi da o‘zgarmas bo‘lib, modulyatsiyalovchi signalning takt nuqtasidagi qiymatiga mos keladi (14.5v-rasm).
Impuls davomiyligi modulyatsiyasi (IDM), bunda uzatilayotgan xabarga mos ravishda impulslar (kengligi) davomiyligi o‘zgaradi. Impulslar davomiyligi modulyatsiyalanganda impulslar kengligi quyidagicha o‘zgaradi:
,
bunda, – impulsning bir tomonga maksimal kengayishi.
7.4-rasm. Turli parametrlari modulyatsiyalangan impulslar ketma-ketliklari vaqt diagrammalari
IDM ikki turli bo‘lishi mumkin (14.5g-rasm):
a) impulsning takt chizig‘iga nisbatan faqat bir tomonga – orqa tomonga ga uzatilayotgan xabar signali amplitudasiga mos ravishda kengayishi;
b) impulsning takt chizig‘iga nisbatan har ikki tomonga uzatliyotgan xabar amplitudasiga mos ravishda ga kengayishi (old va orqa frontning bir hilda surilishi);