6-Mavzu: Gaz taqsimlash mexanizmi (gtm)ning tuzilishi va ishlashi Reja


Klapan va koromislo orasidagi tirqishni rostlash yo`llari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix28.08.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#140818
1   2   3   4   5   6
Lecture 6

Klapan va koromislo orasidagi tirqishni rostlash yo`llari 
Ayrim zamonaviy avtomobil dvigatellari gaz taqsimlash mexanizmining 
yuritmasida 
«gidrokompensator» 
deb nomlangan tuzilma qo'llash bilan klapanlar 
tirqishsiz 
o'rnatilgan. 
Bunday 
konstruksiyani 
qo'llash 
gaz 
taqsimlash 
mexanizmining shovqinsiz ishlashini ta'minlaydi. Shuningdek, texnik qarovda 
tirqishni rostlash bilan bog'liq bo'lgan ishlar qisqaradi. Gidrokompensatorni 
yuritmada joylashtirish usullari turlicha bo'lishi mumkin. 


Neksiya avtomobilining S2 rusumli dvigatelida gidrokompensator turtkich 
ichida joylashtirilgan bo'lib, u dvigatelning moylash tizimi bilan bog'langan (22- 
rasm) 
Gidrokompensatorning ishlashi: 
Klapan yopiq holatda bo'lganda turtkich 5 
(23-rasm, plunjerning prujinasi 11 ta'sirida taqsimlash valining mushtchasiga, gilza 
7 esa klapan sterjeniga 3 tiralib turadi. Shunda A va B bo'shliqlaridagi moyning 
bosimi bir xil bo'lib, teskari klapan 8 prujina 9 ta'sirida o'z o'rindig'iga tiralgan 
bo'ladi. Klapanning ochilishida taqsimlash valining mushtchasi turtkichni 5 pastga 
surib plunjerga 6 ta'sir etadi. Plunjerning gilza ichida pastga surilishi natijasida B 
bo'shlig'idagi moyning bosimi ortadi. Shunda moy, bosim ta'sirida gilza bilan 
plunjer oralig'idagi radial tirqishdan turtkich bo'shlig'iga V oz miqdorda sizib o'tadi. 
Ishlash davomida mushtchaning klapanga ta'sir etish vaqti juda qisqa bo'lgani 
uchun moyni qisman V bo'shlig'iga sizib o'tishi amalda turtkich bilan gilzaning 
birgalikda yaxlit bo'lib ishlashiga, ya'ni klapanning o'z vaqtida ochilishiga ta'sir 
ko'rsatmaydi. Demak, klapan qiziganda sterjenining uzayishi moyning B 
bo'shlig'idan V bo'shlig'iga sizib o'tishi hisobiga bo'ladi. Klapanning yopilgan 
fazasida B bo'shlig'idagi bosim A bo'shlig'idagiga nisbatan pasayadi. Shunda 
bo'shliqlarda vujudga kelgan bosimning farqi tizimdan kelayotgan moy hisobiga 
yo'qotiladi. Ya'ni A bo'shlig'idan B bo'shlig'iga, bosimning farqi ta'sirida ochilgan 
teskari klapan 8 orqali moy o'tadi va u yerdagi moyning kami to'ldiriladi. Natijada 
klapan yuritmasida doimo tirqishsiz holat ta'minlanadi. 
 
23-Rasm. Gidrokompensatorning ishlash sxemasi: 
a-klapan ochilganda; b-klapan yopilganda; 
A-plunjer bo'shlig'i; B-gilza bo'shlig'i; V-turtqich bo'shlig'i. 
1-taqsimlash valining mushtchasi; 2-silindrlar blokining kallagi; 3-klapan 
sterjeni; 
4-moy kanali; 5-turtkich; 6-plunjer; 7-gilza; 8-teskari klapan; 9- teskari klapan 
prujinasi; 10- teskari klapan stakani; 11-plunjer prujinasi. 
 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin