E.coli replikatsiyasining initsiatsiyasi.
G-giston oqsili (D. Nelson bo‘yicha).
DNKning yangi sintezlanayotgan zanjiri 5'→3' tomoni bo„ylab harakat qiladi. Initsiatsiya
praymerning sintezlanishi bilan yakunlanadi (praymer qisqa 10-60 ribonukleotidlardan tashkil
topib, DNK molekulasida komplementar asosda sintezlanadi). Praymerning shakllanishi DNKga
bog„liq RNK-polimeraza yoki praymaza orqali sintezlanadi. Praymer esa DNK-polimeraza-III
uchun zarur bo„lib, ribonukleotidning oxirgi 3'-OH guruhi DNK sintezida zatravka sifatida
xizmat qiladi.
DNK replikatsiyasining elongatsiyasi ATFga bog„liq xelikaza fermenti qo„sh zanjirli
DNKni ikkiga ajratishdan boshlanadi. Hosil bo„lgan bir zanjirli DNK molekulasi SSB-oqsillari
bilan kooperativ holda bog„lanadi. DNK-polimeraza III replikativ ayrining yetakchi zanjirini
sintezlab boradi. Ona zanjirning ikkinchisida praymasoma sintez tomon harakatda bo„ladi.
Vaqti-vaqti bilan praymasoma tarkibidagi praymaza (oqsil Dna G) RNK-zatravkani orqada
qoluvchi zanjir uchun sintezlaydi. Xoloferment DNK-polimeraza-III RNK-zatravka yordamida
Okazaki fragmentlarini (1-2 ming nukleotid) sintezlab boradi.
Prokariot organizmlarda DNK sintezining chizmasi.
Okazaki fragmentlaridagi RNK segmentlarini 5'-oxiridan DNK-polimeraza I qirqib,
o„rtadagi Okazaki fragmentlaridagi bo„shliqni ham DNK-polimeraza-I to„ldirib turadi. Zanjirdan
RNK ajralgandan so„ng, dezoksipolinukleotid oralarini DNK-ligaza kimyoviy bog„laydi.
DNK-polimeraza-III xoloferment bo„lganligi uchun, qo„shimcha oqsil ishtirokida dimer
hosil qiladi. Shuning hisobiga DNK dagi boshlovchi va orqada qoluvchi zanjirlarning
replikatsiyasi bir vaqtda sodir bo„ladi. Yetakchi zanjirdagi antiparallellik xalaqit bermaslik uchun
“orqada qoluvchi” DNK zanjirida o„ziga xos tuguncha shakllanadi. Aynan shu tuguncha tufayli
orqada qoluvchi qo„sh zanjirli DNKga aylanadi.
DNK sintezining terminatsiyasi matritsani nukleotidlar orqali to„ldirilishi bilan
yakunlanadi. E.colining xromosomasidagi ikkita replikativ ayrilarda terminatsiyali qismlar
borligi aniqlangan. Ular taxminan 20 juft nukleotidlardan tashkil topib, shu qismlarni Ter
(terminus) deb ataladi. Mazkur nuqtalarda replikatsiyali pufakchalar birlashadi. Sintezlangan
DNK zanjirlari ligaza fermentlari ishtirokida har qaysi matritsaga bog„lanib, DNK shakllanadi.
|