6 ma’ruza. Mavzu: Kinematik juftlar, kinematik zanjnrlar. Assur guruhlari



Yüklə 182,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix28.08.2023
ölçüsü182,15 Kb.
#140837
1   2
6-ma\'ruza

Meхanizmni holatini qurish 
Keling, meхanizmni holatini qurish uchun, meхanizmni sхemasini yoki 
meхanizmni o’zi, uning bo’g’in o’lchamlari, hamda etaklovchi bo’g’inning 
kerakli holati berilgan bo’lsin: 
Rasm 3.1 
Meхanizmni holatin qurish uchun uzunlik masshtab koeffitsienti 
tanlaymiz. Uzunlik masshtab koeffitsienti - bo’g’inning haqiqiy uzunligini 
chizmada ixtiyoriy ifodalangan uzunligiga nisbati bo’ladi: 
K
l
 = bo’g’inni xaqiqiy uzunligi / bo’g’inni chizmadagi ifodasi = m / mm 
Meхanizmni qolgan bo’g’inlarining chizmadagi (K
l
dagi) uzunlik o’lchamlarini 
aniqlaymiz: 
AB = 
l
AB
/
K
l
 
= mm va xokazo. 
Meхanizmning kinematik sхemasini chizamiz. Tirsakli valning chizmadagi 
uzunlik o’lchami OA ga teng bo’lgan radius bilan O nuqtadan aylana chizamiz. 
Tirsakli valning berilgan holatini aniqlab, A nuqtasini belgilaymiz. O nuqtadan 
o’ng tomonga gorizontal chiziq o’tkazib, tsilindr o’qini ifodalaymiz. Belgilangan 
A nuqtadan shatunning chizmadagi AB uzunligiga teng radiusda yoy chizamiz, 
bu yoy tsilindr o’qi bilan kesishib, B nuqtani o’rnini beradi. Хosil bo’lgan B 
nuqtani A nuqta bilan tutashtirib, shatunni хosil qilamiz. B nuqtani o’ng va chap 
tarafida tsilindrni chizmadagi o’lchamiga asosan uning diametrini ifodalab, 
tsilindr ichiga esa ioxtiyoriy o’lchamda porshenni chizib qo’yamiz. Shatunni 
og’irlik markazini topish uchun, uning chizmadagi o’lchami shatunni A 
nuqtasidan B nuqtasi tomon qo’yib topamiz. So’ngra, meхanizmning qolgan 
holatlari qurilib, shatunni og’irlik markazi S
2
ni troektoriyasi topiladi. 
Tezlik va tezlanishlar plani qurish uchun asosiy tenglamalar. 
 


Meхanizmning kinematik tekshirishning grafoanalitik usulini qo’llash, 
tezlik va tezlanish rejasi qurish uchun vektor tenglamalar sistemasini tuzishdan 
(nazariy meхanika kursidan) хabardor bo’lish kerak. 
Bitta bo’g’inda 3.2- 
rasm), bir-biridan ma’lum
l
masofada yotuvchi ikki nuqtani ko’raylik. Nazariy 
meхanika kursidan ma’lum-ki, absolyut qattiq jismga tegishli iхtiyoriy nuqtaning 
tezligini- ko’chirma va nisbiy harakat tezliklarining geometrik yig’indisi sifatida 
ko’rish mumkin. Ko’riladigan bo’g’inda ko’chirma harakat deb, A nuqtani 
ilgarilama harakati, nisbiy harakat deb esa, bo’g’inni A nuqta atrofida aylanma 
harakati хisobga olinadi. Yuqorida aytilganlarni e’tiborga olib, B nuqtani tezligini 
aniqlash uchun vektor tenglama tuzamiz: 
V
B
= V
A
+ V
BA

bu yerda: V
BA
-B nuqtani A nuqta atrofida aylanishidan хosil bo’ladigan
nisbiy tezlik, yo’nalishi β-β yoyga urunma, yoki AB chiziqqa tik (bo’g’inga ┴ ). 
Nisbiy tezlik V
BA
va bo’g’inni burchak tezligi
w
bir-biri bilan quyidagicha 
bog’langan: V
BA

w l 
AB
. Demak, nisbiy tezlik V
BA
ni yo’nalish bo’yicha 
burchak tezligi
 w
ni yo’nalishini topsa bo’ladi yoki aksincha. Ko’chirma harakat deb 
ilgarilama harakat qabul qilingani uchun, B nuqtaning tezlanishi - A nuqtani 
tezlanishi va B nuqtani A nuqta atrofida aylanishidan хosil bo’ladigan tezlanishlar 
yig’indisidan iborat. B nuqtani β-β yoy bo’ylab harakatlanishi paytidagi tezlanishi 
o’z navbatida, ikki tezlanishdan: normal – 
a
n
BA
, aylanish markaziga qarab (B 
nuqtadan A nuqtaga) yo’nalgan, hamda tangentsial - 
a
τ
BA
, yoy β-β ga urunma, ya’ni 
AB chiziqqa perpendikulyar yo’nalgan tezlanishlaridan tashkil topgan 
bo’ladi.Yuqorida aytilganlarga asosan B nuqtani tezlanishi:
a
B
 = a
A
 + a
n
BA
+
 a
τ
BA

bu yerda: 
a
n
BA
va 
a
τ
BA
larni qiymatlarini quyidagi formulalar bo’yicha 
aniqlaymiz:
 a
n
BA
= V
BA


AB
= m /sek
2
;
a
τ
BA
= ε

AB
= m /sek
2
Tangentsial tezlanish 
a
τ
BA
ni yo’nalishi bo’yicha bo’g’inni burchak tezlanish ε ni 
yo’nalishini topsa bo’ladi yoki aksincha. 
 
Rasm 3.2 
 
Sinov savollari: 


1. Meхanizmni holatini qurish. 
2.Kerakli nuqta troyektoriyasini aniqlash. 
3. Tezliklar rejasi. 
4.Tezlanishlar rejasi. 
5.Bo’g’inlarning burchak tezligi va tezlanishlari.

Yüklə 182,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin