6-ma’ruza. Elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunalari hamda kabel elektr tarmoqlarida ish bajarishda amalga oshiriladigan tashkiliy tadbirlar. Ish rahbarini tayinlash


Vaqtinchalik to‘siq qo‘yish va kuchlanishni olib tashlash talab qilinmaydigan



Yüklə 4,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix20.11.2023
ölçüsü4,28 Mb.
#162422
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunalari

Vaqtinchalik to‘siq qo‘yish va kuchlanishni olib tashlash talab qilinmaydigan 
elektr uskunalarning tok o‘tkazuvchi qismida bajariladigan ishlar farmoyish 
bilan bajarilishi mumkin. 1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr 
uskunalarida farmoyish bilan quyidagi ishlarni bajarishga ijozat beriladi: 



Umumiy shinalarga kuchlanish berib yuborish ehtimoli bo‘lgan 
taqsimlovchi elektr uskunalarining umumiy shinalarida, shchitlari va 
ularni tarmoqlarida bajariladigan ishlardan tashqari, 1000 V 
kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalaridagi ishlarni farmoyish 
bilan bajarishga ijozat beriladi. 

Odamlarning elektr tokidan shikastlanishlariga nisbatan xavfi 
uncha 
yuqori 
bo‘lmagan 
xonalarda 
joylashgan 
1000 

kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida ishboshi bo‘lish 
huquqiga ega bo‘lgan III gruppali ishchi yakka o‘zi ishlashi mumkin. 

Kuchlanish bor-yo‘qligidan qat’iy nazar ikkilamchi zanjirlar, 
o‘lchov asboblari, releli himoya uskunalari, avtomatika, telemexanika, 
aloqa vositalari va ularni agregat shkaflari va uzatmalari bilan 
birgalikda montaj, ta’mirlash hamda ularga xizmat qilish bilan 
bog‘liq ishlarni bajarishda quyidagilarga ijozat beriladi: 



- ishlarni farmoyish bilan bajarishga, naryad bilan bajarganda ish 
rahbari tayinlanmaslikka; 

- 1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlari 
bo‘lmagan, ular to‘la to‘silgan yoki ular shunday balandlikda 
joylashganki, ularni to‘sish talab qilinmaydigan bo‘lsa xonalardagi 
ikkilamchi zanjir va uskunalarda IV gruppali ishboshining yakka o‘zi 
ishlashiga; 

- yuqoridagi uskunalarda xizmat qiluvchi IV gruppali ishboshi 
ishlashga ijozat beruvchi xodim vazifasini bajarishiga. Bunda ish 
joyini etarlicha tayyorlashda ko‘riladigan xavfsizlik choralarini o‘zi 
aniqlaydi;




Yüklə 4,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin