6-amaliy mashg’ulot Mavzu



Yüklə 3 Mb.
tarix20.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#145765
6-amaliy mashg\'ulot


6-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari

Oʻquv jarayonida qoʻllaniladigan elektron qurilmalar ta‘limni axborotlash-tirishga xizmat qiladi. Ta‘lim vositalari - bu yangi bilimlarni oʻzlashtirish uchun oʻqituvchi va oʻquvchilar tomonidan foydalaniladigan ob‘yekt hisoblanadi. Ta‘lim vositalari katta ahamiyatga ega, bunda ta‘limning barcha vositalari ta‘lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi.



Ta‘lim vositalari tasnifi aniq va yagona boʻlishi mumkin emas. Ta‘lim vositasining ahamiyatli tomoni ularning birgalikda qoʻllanilishidir va hech qachon bir-birini inkor etmaydi. Oʻqituvchining vazifasi - dars jarayonini faollishtirish uchun ta‘limning samarali vositasini tanlab olishdir.



Ta‘lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga koʻra yondashish mumkin: - faoliyat sub‘yektiga koʻra;
- faoliyat ob‘yektiga koʻra;
- oʻquv axborotiga munosabatiga koʻra;
- oʻquv jarayonidagi vazifasiga koʻra.
Faoliyat sub‘yekti boʻyicha ta‘lim vositalari oʻrgatish va oʻrganishga boʻlinadi.
Oʻrgatish vositalari. Masalan, namoyishli-tajriba qurollari. Bunday qurollar oʻqituvchi toionidan mavzuni tushuntirish va mustahkamlash uchun qoʻllaniladi.
Oʻrganish vositalari. Masalan, laboratoriya-praktikum qurollari. Bunday vositalar oʻquvchilar tomonidan yangi bilimlarni egallash uchun qoʻllaniladi.
Didaktik vositalar oʻqituvchi va oʻquvchi uchun xosligiga qarab, ikkiga boʻlinadi. Birinchisiga koʻra, narsalar oʻqituvchi tomonidan ta‘limning maqsadlarini samarali realizatsiyalash uchun qoʻllanilsa, ikkinchisi - bu oʻquvchilarning individual vositalari, darsliklar, daftarlar. Bundan tashqari didaktik vositalar oʻqituvchi va oʻquvchilar faoliyat turiga koʻra sport qurollari, botanika va geografiya maydonchasi, kompyuterlarga ham boʻ linadi.
Faoliyat ob‘yektlari boʻyicha ham ta‘lim vositalari ikkiga boʻlinadi:
Material ta‘lim vositalari. Bu oʻquv qoʻllanmalari, darsliklar, jadvallar, maketlar, modellar, oʻquvtexnik vositalar, mebel, oʻquv-laboratoriya qurilmalari, koʻrgazmali vositalar boʻlishi mumkin.

Ideal ta‘lim vositalari - bular pedagog va oʻquvchilar yangi bilimlarni egallashda qoʻllaydigan vositalar: chizmalar, sxemalar, diagrammalar, tasviriy san‘at, nutq, xat va boshqalar. Ideal vositalar - bu «fikrlar haqidagi fikrlar»: oʻqituvchi ularni oʻrgatish uchun belgilangan shaklda koʻrsatishi zarur. Masalan, materializatsiya - abstrakt simvollar tarzida koʻrsatiladigan vosita(grafiklar, jadvallar, chizmalar), verbalizatsiya - nutq bayoni tarzida koʻrsatiladigan vosita(tahlil, muhokama qilish, dalil keltirish).

Material va ideal vosita bir-birini toʻldiradi. Material vosita qiziqish va diqqatni uyg‗otish, amaliy harakatlarni amalga oishirish bilan bog‗liq boʻlsa, ideal vositalar - mantiqiy muhokama. Materialni tushunti-rish, nutq madaniyati, yod olish bilan bog‗ liq.
Ta‘limning texnik vositalari. TTV - bu oʻzida oʻquv- axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: oʻquv kinofilmlari; kompyuterlar; magnitofon tasmalari; radioeshittirish; telekoʻrsatuvlar.

Ta’limning texnik vositalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: axborot; aralash(kombinatsion); trenajyor; bilimlarni nazorat qilish vositalari; audiovizual vositalar.
Ta‘ limning texnik vositalari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
• ta‘limning sifati va samaradorligini oshiradi;
• oʻquv jarayonining jadallashuvini ta‘minlaydi;
• oʻquvchilarni idrok qilishga yoʻnaltiradi;
• oʻquvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi;
• dunyoqarashni, ishonchni, oʻquvchilarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi; • oʻquv ishiga nisbatan oʻquvchilarda emotsional munosabatni oshirishni ta‘minlaydi;
• bilimlarni nazorat, oʻzini-oʻzi nazorat qilishni ta‘minlaydi.

Mavzu boʻyicha amaliy mashg‘ulotlar toʻplami
1. Matematikani oʻqitishda elektron qoʻllanmalar va vositalar.
2. Fizikani oʻqitishda elektron qoʻllanmalar va vositalar.
3. Informatikani oʻqitishda elektron qoʻllanmalar va vositalar.
4.Filologiya yunalishlarida elektron qoʻllanmalar va vositalar.
5. Huquqni oʻqitishda elektron qoʻllanmalar va vositalar.
6. Adabiyotni oʻqitishda elektron qoʻllanmalar va vositalar.
7. Biologiyani oʻqitishda elektron qoʻllanmalar va vositalar.
8.Chettilini oʻqitishda elektron qoʻllanmalar va vositalar.
9. Kimyoni oʻqitishda elektron qoʻllanmalar va vositalar.
10. Jismoniy tarbiyani oʻqitishda elektron qoʻllanmalar va vositalar.
11. Noshirlik ishini oʻqitishda elektron qoʻllanmalar va vositalar.
12.Tipografiyada elektron qoʻllanmalar va vositalar.
Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin