6-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Cho‘kindi tog‘ jinslari va ularning tasnifi



Yüklə 15,64 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü15,64 Kb.
#169752
6-amaliy


6-Amaliy mashg‘ulot.


Mavzu: Cho‘kindi tog‘ jinslari va ularning tasnifi.

Cho’kindi tog’ jinslari yer qobig’ining ustki qismida okean, dengiz, ko‘l, daryo, botqoqlik tublarida va quruqlikda turli mineral moddalarning toplanishi natijasida (ekzogen sharoitda) hosil boladi. Cho‘kindi jinslarning tarkibi, avval hosil bo‘lgan mineral va magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog jinslarini yemirilishidan hosil bolgan mineral moddalar, ya`ni jinslarning bolaklaridan, organik moddalarning qoldiqlaridan va ximik usul bilan hosil bolgan chokindilardan iboratdir. Chokindi jinslarning rangi qordek oppoqdan to qoragacha boladi. Jinsning rangi: har xil jinsni tashkil qiluvchi minerallarning jinslardagi siyrak aralashmalari va donalarini orab olgan yupqa pardachaning rangiga bogliqdir.


Yemirilgan mahsulotlar har xil o`simlik bo`lakcha va zarrachalaridan, suvda eriydigan kimyoviy elementlardan iborat bo`ladi. Ana shu bo`lakcha va zarralar suv xavzalari tubida yoki quruqlikda to`planib cho`kindi hosil qiladi. Bu cho`kindilar esa asta-sekin o`zgarib tog` jinslarini hosil qiladi va bu tog` jinslari cho`kindi tog` jinslari deb ataladi.Ular yer qobig`ining eng yuqori qismini 3% ni tashkil etib, quruqlikning 75% ni qoplab olgan.Ularning qalinligi bir necha sm dan bir necha km gacha yetadi.
Cho`kindi tog` jinslari tarkib topish sharoitiga qarab 4 guruhga bo`linadi.

  1. Mexanik cho`kindi to`g` jinslari

  2. Kimyoviy cho`kindi tog` jinslari

  3. Organik cho`kindi tog` jinslari

  4. Aralash cho`kindi tog` jinslari

I. Mexanik cho`kindi to`g` jinslari.Mexanik cho`kindi to`g` jinslari magmatik va metamorfik jinslarning nurashi natijasida o`z joyida to`planishi yoki suv, muzlik va shamol ta`sirida boshqa joylarga ko`chirilib yotqizilishidan hosil bo`ladi.
Mexanik yo`l bilan hosil bo`lgan cho`kindi jinslar zarrachalarning katta-kichikligi, sementlanganligiga qarab 3 asosiy guruhga bo`linadi.

  1. Chaqiq jinslar

  2. Gilli jinslar

  3. Sementlangan yoki toshqotgan cho`kindi jinslar

1. Chaqiq jinslar-xarsangtosh, katta tosh, shag`al sheben, graviy dresva va qum.
Bu jinslarning qurilish xossalari asosan ularning zichligiga, zarracha va bo`lakchalarning bir xilligiga bog`liqdir.
2. Gilli jinslar – chang va gil zarrachalaridan iborat boladi. Bularga lyoss, supes, suglinok va glinalar kiradi.
3. Tabiatda chaqiq yumshoq jinslar faqat qatlamlanib, zichlashib tarqalmasdan balki yer ostida xarakat qiladigan suvlar eritib olib ketgan ohak, magniy, temir, kremniy va gil moddalar ta`sirida sementlanishi ham mumkin. Bu holda moddalar yumshoq jinslar oralariga kirib cho`kindi cho`kish natijasida jins zarrachalarini bir-biriga biriktirib sementlaydi. Natijada konglomerat (shag`altosh), brekchiya (qirrali tosh), qumtosh, alevrolit, argellit va boshqa jinslar hosil bo`ladi.
Yüklə 15,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin