P is hiq l ik d ar o ma d va ha ra ja t ni t o’ g’ r i re ja las ht ir is h,
i s rofgarchilikka yo’l qo’ymaslik, xo’jasizlikning oldini olish manbaidir.
Ro’zg’orda yoki xo’jalikda bor narsani qizg’anmaslik, inson qadrini
moddiy jihatdan rag’batlantirib borish saxiylik alomatidir. Saxiylik kishilarda
kamtarlik, soddalik, ko’ngilchanlik, raxmdillik, samimiylik, mehmondo’stlik,
muhtojni qo’llash, berilgan yordamni ta’na qilmaslik xususiyatlari ustun bo’ladi.
Saxiylik yuksak darajadagi insonparvarlikdir. Shu bilan birga
saxiylik, tejamkorlik ruhi bilan sug’orilmog’i kerak. Yoshlarga daromad
hajmini belgilash va harajatning me’yorini barqarorlashtirish, boshqacha
aytganda, ne’mat yaratish va uni tasarruf etish rejasini ishlab chiqish va
unga qat’iy amal qilish ko’nikmasi singdirilishi darkor.
Qiymati qay darajada bo’lishidan qat’iy nazar, narsani egasidan so’rab
yoki rozi qilib olish, omonatni ehtiyotlab ishlatish va qaytarish xalollik
belgisidir.
Yoshlarga nimani, qachon, nima uchun va qay darajada asrash
lozimligi,tejashning mohiyati va usullarini to’g’ri anglatish tejamkorlik
tarbiyasining maqsadi hisoblanadi. Bu maqsadning to’laqonli amalga oshishi
ota-onalar, o’qituvchilar, tarbiyachilar, rahbarlar, jamoatchilikning faolligiga
bog’liq.
Har qanday ota-ona o’z farzandini voyaga yetkazib, uylab-joylagunga
qadar, xatto undan keyin ham o’tdan, suvdan, Shamol va ofatdan, sinish,
chiqish, zaharlanish, g’aflat va hayosizlikdan, sayoqlik va beg’amlikdan, moddiy
tanglik va jinoyat qilishdan, xijolatlik va g’animlar nazaridan qudrati yetguncha
ehtiyotlaydi, asraydi.
Demak, tejamkorlik tarbiyasining mazmuni, ta’sirchanligi va samarasi bilan
bolalar dastlab o’z oilalarida tanishadilar. Ota-onaning hal qiluvchi roli ana
Shu tanishuvdan boshlab yuzaga chiqadi va sekin-asta kuchaya boradi. Namuna
ko’rsatish, ishontirish, nasihat qilish, maslahat berish yo’li bilan farzandlarni
tejamkor bo’lishga safarbar etish, ular faoliyatini doimo nazorat qilib borish,
lozim bo’lsa, isrofgarchilik qilganlari uchun jazolash va ota-onalarning
tarbiyalay olishmahoratlariga bog’liq.
O’quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish bilan chambarchas olib borilishiga
erishish zarur. Iqtisodiy tarbiya uslublari xilma-xildir. Jumladan, suhbat,
ma’ruza, amaliy mashg’ulot, sanoat shahobchalariga sayohat o’tkazish, solishtirish,
hisob-kitob qilish g’oyatda ta’sirchan uslublar hisoblanadi. O’quvchilarda iqtisod
borasida ijodiy fikr yuritishni shakllantirishda darslarda va darsdan tashqari
mashg’ulotlardan unumli foydalanish mumkin. O’quvchilarni nechog’lik
iqtisodiy tarbiya topganliklari o’qituvchilar tomonidan kuzatib borilishi kerak.
Tejamkorlik, ijodkorlik, mas’uliyat hissi tashabbuskorlik, ish bilarmonlik,
hisob-kitob mohirligi o’quvchilar iqtisodiy tarbiyadan qanday saboq
olayotganliklarini ko’rsatuvchi muhim belgilardir.
Dostları ilə paylaş: