6- ma’ruza mavzusi. Mikroorganizmlarning klassifikatsiyasi. (2s.) Reja


guruh - aerob grammanfiy tayoqcha va kokklar



Yüklə 91,57 Kb.
səhifə5/15
tarix30.11.2022
ölçüsü91,57 Kb.
#71572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
6 MARUZA

1.3 guruh - aerob grammanfiy tayoqcha va kokklar. Bu guruhga yetti oila kirib shundan uchtasi tuproq hosildorligini oshirishda katta ahamiyatga egadir.
Rseudomonaceae oilasiga Rseudomonac avlodi kirib, sporasiz to’g’ri va ozgina qayrilgan polyar joylashgan xivchinli bakteriyalarni o’z ichiga oladi. Psevdomonadalar tabiatda juda keng tarqalgan (har xil tuproqlarda, suvda, oqava suvlarda va havoda). Xemoorganotroflar, ular har xil organik moddalarni ishlatadi (oqsillar, yog’lar, uglevodlar va gumus moddalari). Ba’zi vakillari nitratlarni erkin azotgacha qaytarishi mumkin (denitrifikatsiya).
Xanthomonas avlodi vakillari o’simliklarda kasallik qo’zg’atadi.
Azotobacteriaceae oilasi vakillari yirik tayoqchasimon, oval, sharsimon hujayralarga ega. Harakatchan. Spora hosil qilmaydi. Geterotrof. Bu oilaning xarakterli xususiyati erkin azotni o’zlashtirishidir. Tabiatda juda keng tarqalgan. Oila to’rt avlodni o’z ichiga oladi. Azotobacter va Azomonas avlodlari eng ahamiyatga moliklaridan bo’lib, tuproqda juda keng tarqalgan.
Rhizobiaceae oilasi vakillari tayoqchasimon, harakatchan, spora hosil qilmaydigan bakteriyalardir. Xemoorganotroflar. Rhizobium avlodi vakillari dukkakli o’simliklar ildizlarida tuganaklar hosil qiladi, ular o’simliklar bilan simbioz holda yashab erkin azotni o’zlashtiradi.
Agrobacterium avlodi har xil o’simlik ildizlarida va poyalarida shish hosil qiluvchi fitopatogen bakteriyalarga kiradi, shishlar o’sib «gall»lar ga aylanadi.
Methylcoccaceae oilasi ikki avloddan – Methylococcus Methylomonas ni o’z ichiga oladi. Vakillari harakatchan va harakatsiz, shakli tayoqcha va sharsimon ko’rinishda bo’ladi. Xemoorganogeterotroflar. Ularni birdan-bir uglerod va energiya manbai – metan va metanoldir.
Acetobacteriaceae oilasi Acetobacter va Gluconobacter avlodlaridan tashkil topgan bo’lib, bu avlodlar bakteriyalari etil spirtini sirka kislotagacha oksidlaydi. Ular gullarda, mevalarda, sabzavotlarda, pivo va vinolarda uchraydi.

Yüklə 91,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin