5-Mavzu: Tuproq unumdorligi va uning ahamiyati. Tuproq kolloidlari va tuproqning singdirish qobiliyati reja


Asosiy tuproq tiplarida singdirilgan (almashinuvchi) kationlar miqdori va singdirish sig’imi. 100 g tuproqda mg-ekv. (N.I.Gorbunov, 1978)



Yüklə 167,38 Kb.
səhifə6/8
tarix17.10.2023
ölçüsü167,38 Kb.
#156726
1   2   3   4   5   6   7   8
5-Máruza

Asosiy tuproq tiplarida singdirilgan (almashinuvchi) kationlar miqdori va singdirish sig’imi. 100 g tuproqda mg-ekv. (N.I.Gorbunov, 1978)

Tuproq turlari

Tuproq gorizonti va chuqurligi, sm

Ca2+

Mg2+

K+

Na+

H+
Al+3

Singdi-rish sig’imi

Chimli órtacha podzollashgan
Tóq tusli sur órmon

Tipik qora


Shórtob

Bóz
Qizil



A1
A2
B
C
A1
A1A2
B
BC
A
AB
C
A1
B1
B2
C
A
AB
C
A
B
C

1-5
20-30
50-60
180-190
0-7
20-30
70-80
170-180
0-10
70-80
160-170
0-5
18-23
45-60
95-100
0-5
20-25
70-75
0-10
30-40
150-200

28,1
1,9
6,2
4,4
35,4
14,3
11,9
14,9
43,9
27,8
27,6
10,3
16,1
17,1
14,0
7,8
6,8
4,1
2,4
2,8
0,3

6,6
1,4
2,1
2,9
3,5
2,0
3,0
3,0
9,6
9,6
9,5
5,1
9,3
8,0
6,5
0,4
0,9
4,2
1,7
1,3
0,9

Yóq
-«»-
-«»-
-«»-
asari
-«»-
-«»-
-«»-
0,2
0,1
0,1
1,5
1,3
1,4
1,5
0,1
0,1
0,1
yóq
-«»-
-«»-

Yóq
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
0,1
0,05
0,05
0,5
2,4
2,5
2,7
0,2
0,2
0,2
yóq
-«»-
-«»-

10,5
1,2
6,5
1,0
yóq
-«»-
1,0
0,8
yóq
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
-«»-
7,3
5,1
10,8

45,2
4,4
14,8
8,3
38,9
16,3
15,9
18,7
53,7
37,5
37,2
17,2
29,1
29,4
24,7
8,5
8,0
8,6
11,4
9,3
12,0

Tuproqda singdirilgan kationlardan kópincha Ca2+, Mg2+, K+, Na+, NH4+ , H+, Al3+, Fe3+. singarilar bóladi.
Tuproqdagi bu kationlar nisbati bir xil emas. Tuproqdagi almashinuvchi kationlar tarkibiga kóra K.K.Gedroys barcha tuproqlarni asoslar bilan tóyingan va tóyinmagan gruppalarga ajratadi. (16-rasm).
Asoslar bilan tóyingan tuproqlarga singdirish kompleksida singdirilgan asoslardan Sa2+, Mg2+, va Na+ saqlovchi, asoslar bilan tóyinmagan tuproqlarga esa asoslar bilan tóliq ravishda tóyinmagan hamda H+, Al3+, ionlari saqlovchi tuproqlar kiradi. Asoslar bilan tóyinish darajasi turli tuproqlarda bir xil emas. Qora tuproqlar, bóz tuproqlar va kashtan tuproqlarda yuqori (100 foiz) bólib asoslar bilan tóyinmagan chimli-podzol, sariq va qizil tuproqlarda tóliq bólmasdan 30-60 foizni tashkil etadi.

16-rasm. Tuproqlarning asoslar bilan tóyinganlik darajasi
Almashinuvchi kationlar tarkibi tuproqlarning xossalari va ósimliklar ósib rivojlanishiga keskin ta’sir etadi. K.K.Gedroys almashinuvchi kationlarning ósimliklarga bevosita ótishi mumkinligini aniqlagan. TSKda kalsiy va ósimliklar uchun zarur boshqa kationlar bólganda, eng qulay sharoit yaratilgan bóladi. Singdirish kompleksida H+va Al3+ ionlari kópayib ketganda tuproq eritmasining kislotaliligi oshadi, Na+ bólganda esa (kópincha Mg2+ bilan birga) ishqoriyligi oshib, tuproq xossalarini yomonlashtiradi va ósimliklar uchun noqulay sharoit yuzaga keladi. Asoslar bilan tóyinmagan podzol va chimli podzol tuproqlarda Ca2+, Mg2+, uncha kóp bólmasdan H+, va Al3+, ning singdirish kompleksida kópayishi natijasida tuproq eritmasining reaksiyasi kislotali holatga ótadi. Tuproq strukturasi buziladi va umuman tuproq mineral qismining qator ózgarishlariga sabab bóladi. Kalsiy va magniy kationlari yuqori aktivlikka ega bólib, tuproqdagi organik va mineral zarrachalar (zol) ning qaytmas koagulyasiyasini yuzaga keltiradi, natijada kolloid moddalar yuvilmasdan tuproqda tóplanib qoladi. Koagulyasiya tufayli mexanik elementlar birikib turli agregatlarni va sóngra agronomik nuqtai nazardan mustahkam struktura hosil bóladi. Tuproq eritmasining reaksiyasi neytral yoki unga yaqin bóladi. Ba’zan kalsiy va magniyning nisbati ózgarib, Mg2+ kópayib borsa tuproqning xossalariga salbiy ta’sir etadi. Almashinuvchi magniyning oshishi gumusli moddalarning eruvchanligini kópaytiradi, magniy gumati ósimliklarning ildiz sistemasiga zaharli ta’sir etadi. Ba’zan natriy bilan birga magniy tuproqlarning shórtoblanishiga ham sabab bóladi. Magniyli shórtobsimon tuproqlar Órta Osiyoning qator rayonlarida, jumladan, Dalvarzin chóli va boshqa joylarda hisobga olingan (N.A.Rozanov, 1951). Shórtob va shórtobsimon tuproqlarning almashinuvchi kationlari tarkibida kalsiy kam bólib, natriy kópayadi (aytilganidek ba’zan magniy ham rol óynaydi). Natriy, kolloidlarning gidrofillik xossasini oshiradi, ularning suv bilan kuchli peptizasiyalanishiga olib keladi. Natriy bólganda tuproq eritmasi ishqoriy reaksiyaga ega. Tuproq strukturasiz bólib, kolloidlar gidrofilligi natijasida tuproq kuchli kópchiydi va suvni ótkazmaydi. Gidrofilligi tufayli tuproqda ósimliklar uchun foydali nam kamayib ketadi. Demak, tuproqda natriyning kópayishi, uning unumdorligini pasaytirib yuboradi.

Yüklə 167,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin