5-mavzu. Rasmiy-idoraviy uslub. Hujjat tilining o‘ziga xosligi. Tayanch so‘z va iboralar



Yüklə 258,11 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix10.03.2023
ölçüsü258,11 Kb.
#87168
1. 5-мавзу. Rasmiy-idoraviy uslub



5-mavzu. Rasmiy-idoraviy uslub. Hujjat tilining o‘ziga xosligi. 
Tayanch so‘z va iboralar: aloqa xati, axborot, Prezident farmonlari, hukumat 
qarorlari, nutqiy qolip, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar, diplomatik 
munosabat.
Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, 
qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi rasmiy uslub 
sanaladi. Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, 
ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda 
yoziladi. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda qaror 
qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan 
so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi. Bu uslub muayyan nutqiy qolip, qat’iy 
odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubidir. 
Bu uslub, shuningdek, davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda
idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning 
ariza, tilxat, ishonch qog‘ozi singari ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladí. 
Rasmiy uslub yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy 
vositalardan, obrazlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi - 
axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. 
Rasmiy uslubga xos har qaysi hujjat turining o‘ziga xos leksik, grammatik 
xususiyatlari mavjud. Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga 
bo‘ysunadi. 
Hujjatlar tili va uslubi 
Hujjatlarning tili va uslubiga qadimdan e’tibor berishgan. Bir qat'iy tartibda 
qonun-qoidalarga rioya qilingan holda yozilgani ma’lum. Turkiy tilida teri, yog‘och, 
sopol, va pergamentlarga yozilgan hujjatlar talablariga ko‘ra bitilgan. Turkiy tilda 
bitilgan hujjatlar X-XII asrlarda, o‘zbek (turkiy) tilida yozilgan hujjatlar XIV-XVI 
asrlar Amir Temur davriga to‘g‘ri keladi. O‘zbek tilida hujjatlar tuzish keyingi 
asrlarda ham davom etgan, ammo qisman fors tilida ham rasmiylashtirish bo‘lgan. 
Hujjatlar tili umumadabiy tildan ajralgan emas. U vazifasiga ko‘ra rasmiy 
uslubga xos. Rasmiy uslub xarakteriga muvofiq hujjatlarda aniqlik, mantiqlik
ishonarlilik va ihchamlik yuzaga keladi. Shuning uchun ham hujjatlar rasmiy uslub 
talablariga javob bera olishi talab qilinadi. Bu o‘z o‘rnida hujjatlarning axborotlarini 
rasmiy ravishda xolisligini yuzaga keltiradi. 
Hujjatlar tilining o‘ziga xosligi shundaki, unda (trafaretli) so‘z qolipli va 
andozali so‘z birikmalari, gaplar qo‘llaniladi. Bu jihati bilan ilmiy, matbuot, badiiy 
uslublardan farq qiladi. 


Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyingi davrda hujjatlar tilida ishlatilayotgan 
so‘zlar qatlami ayrim “eskirib qolgan” deb hisoblanadigan atamalar bilan to‘lgani 
aniq. Masalan, bildirgi (bildirish), ma’lumotnoma, tavsifnoma, bayonnoma va 
boshqalar. 
Hujjatlarning leksik xususiyatlaridan biri, unda trafaret, qolipli bir shaklda 
qo‘llaniladigan so‘zlar ishlatilishidadir: buyuraman, tasdiqlayman, ma’qullansin, 
eshitildi va b. 
Hujjat tilida badiiy asarlarda qo‘llaniladigan o‘xshatish jonlantirish, tasviriy 
so‘zlar, shuningdek so‘zlashuv uslubiga xos shevaga oid hamda dag‘al so‘zlar, 
kitobiy-tantanavor so‘zlar uchramaydi, ishlatilmaydi. Istagan holda so‘zlarni 
qisqartma shaklda berish qoidaga to‘g‘ri kelmaydi. Umumqabul qilingan qisqartma 
so‘zlardan foydalanish mumkin. 
Morfologik jihatdan ham hujjatlar tili o‘ziga xos, ya’ni unga erkalash-
kuchaytirish qo‘shimchalari, subyektiv baho so‘zlari ishlatilmaydi. 
Hujjatlarda 2 shaxs qo‘shimchasi qo‘llanilmaydi, chunki hujjatlar fe’lning 1 
yoki 3 shaxs nomidan yoziladi. Shu tufayli - man (buyuraman, so‘rayman, tavsiya 
etaman), -miz, -di qo‘shimchalari so‘zlarga qo‘shilib ishlatiladi (iltimos qilamiz, 
eshitildi, so‘raydi, so‘zga chiqdi va b.) 
Hujjatlarning o‘ziga xosligi shundaki, ularda harakat nomlari ko‘p 
qo‘llaniladi (masalan, joriy etish, hizmat ko‘rsatish, ijtimoiy himoya qilish). 
Fe’lning buyruq-istak mayli majhul nisbat shaklining qo‘llanishi ko‘proqligi bilan 
hujjatlar xarakterli (ko‘paytirilsin, bajarilsin, iltimos qilamiz, so‘raymiz)dir. 
Fe’lning o‘tgan hamda hozirgi-kelasi zamon shakllarining qo‘llanish doirasi 
hujjatlarda kengroq (qatnashdilar, so‘raydi, ma’qullaydi, hisobga olinadi va b.). 
Sonlarning ishlatilishi hujjatlar turiga qarab tartibga rioya qilingan holda 
yoziladi. Ayrim hujjat turlari, masalan, ishonchnoma, tilxat kabilarda sonlar son 
bilan ham, so‘z bilan ham yozish talab qilinadi. Pul, moddiy boylik bilan bog‘liq 
hollarda qoidaga muvofiq son bilan birga uning yozma ifodasi hujjatda o‘z ifodasini 
topgan bo‘lishi shart deb qabul qilingan. Hujjatlarda qolipga tushgan so‘z 
birikmalari, sintaktik tuzilmalar ko‘p qo‘llanadi. (masalan, men, Mahmudov 
Ozod..., ro‘yxatga olinsin, ... qilish maqsadida, ....qaror qilindi, Siz rahbarlik 
qilayotgan). Hujjatlarda turgan frazeologik birikmalar, ya’ni ko‘chma ma’noda 
qo‘llanuvchilar ishlatilmaydi. Gaplar turiga kelganda darak gapning xabar, axborot 
beruvchi, ta’kidlovchi xarakterdagi turlari keng qo‘llaniladi. Odatda so‘roq, undov 
mazmunidagi gaplar, shuningdek murakkab qo‘shma gaplar ishlatilmaydi. 
Hujjatlarni madaniy tuzilishda, tayyorlashda, imlo va tinish belgilari, xatboshiga 
alohida e’tibor berish zarur. Hujjat nomi- sarlavhalardan keyin o‘zbek tilida 
qoidalarga 
muvofiq 
nuqta 
qo‘yilmaydi. 



Yüklə 258,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin