5-mavzu: Mog‘or zamburug‘lari. Achitqilar Asosiy savollar


Saxaromitses ellipsoideus



Yüklə 57,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix07.01.2024
ölçüsü57,11 Kb.
#206205
1   2   3   4   5   6   7
portal.guldu.uz-Mog‘or zamburug‘lari. Achitqilar.

Saxaromitses ellipsoideus
(
Sacch. ellipsoideus - Sacch. vini
) - ellips shaklidagi 
achitqilar. Ular asosan vinochilikda ishlatiladi. Bu achitqilarning ham ko‘pgina irqlari 
mavjud. 
Saxaromitses turkumining ba’zi turlari yovvoyi achitqilar bo‘lib, ko‘pgina oziq-
ovqatlarni aynitadi. 
Asporogen achitqilardan 
kandida 
(
Candida
) va 
torulopsis
(
Torulopsis

turkumlarining ahamiyati kattadir. Ular tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pchiligi 



spirtli bijg‘ishni keltira olmaydi, oziq-ovqat mahsulotlarini esa aynitadi, ularning 
barchasi aeroblar. 
Torulopsis hujayralari yumaloq va tuxumsimon uzunchoq shaklli. Ularning 
ko‘pchiligi sustgina spirtli bijg‘ishni keltira oladilar. Ba’zi turlari qimiz va kefir 
ishlab chiqarishda qo‘llanadi.
Kandida 
- hujayralari cho‘zinchoq shakldagi achitqilar. Ular sodda mitseliy 
(psevdomitseliy) hosil qiladi va spirtli bijg‘ishga qodir emas. Ba’zi turlari (masalan 
C. mycoderma) qand va spirtni organik kislotalargacha yoki karbonat angidrid
va 
suvgacha oksidlab vino, pivo, alkogolsiz ichimliklar va xamirturish ishlab 
chiqarishda zarar keltiradi. Ular yana ko‘pincha mahsulotlarni aynitadi. Kandida 
achitqilarining ba’zi turlari odamlarda 
kandidoz
kasalini keltiradi, bunda og‘iz va 
boshqa a’zolarning shilliq pardalari jarohatlanadi. 
Kandida achitqilarining ba’zi turlari chorvachilik va parrandachilik uchun ozuqa 
achitqilarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Ozuqa achitqilari arzon, sanoat va 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishlarida hosil bo‘lgan, chiqindilarda o‘stiriladi. Ozuqa 
achitqilarining biomassasi hayvonlarga kerakli, hamma aminokislotalari bor, oqsilga 
va vitaminlarga boydir. 
Asporogen achitqilar orasida sariq, pushti, qizil rangdagi pigmentli turlari bor. 
Ularning hujayralarida karotinoidlar hosil bo‘ladi. Bu achitqilar ozuqa oqsil-
karotinoidli preparatlar olishda qo‘llaniladi. Ozuqa achitqilarni arzon va etarli 
substratlarda - sanoat ishlab chiqarish chiqindilarida (asosan spirt zavodlarinikida) 
hamda qishloq xo‘jalik chiqindilarining gidrolizatlarida o‘stiriladi. 
Ba’zi achitqilar neftning alohida fraksiyalarida ham o‘sadi. Hozirgi vaqtda 
ozuqa achitqilarini neft parafinlarida o‘stirilib, ishlab chiqarilmoqda. 
Nazorat savollari 
1.
Mog‘or zamburug‘larining tanasini tuzilishi va ko‘payish usullari qanday? 
2.
Mog‘or zamburug‘larining sistematikasi qanday? 
3.
Achitqilarning umumiy tavsifi va achitqi hujayrasining tuzilishi.
4.
Pag‘a-pag‘asimon achitqilar va chansimonlarining farqini ko‘rsating.
5.
Achitqilarning ko‘payish usullari qanday? 
6.
Qaysi achitqilar oqsil-karotinoidli preparatlar olishda qo‘llaniladi? 
 

Yüklə 57,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin