5-Ma’ruza. Ob-havo va iqlim. Reja


-rasm. To‘rtlamchi davrdagi oxirgi maksimal muz bosishi; C – Kordilera, L – Lavrentiya qirlari, F – Fenoskandiya, A – Alp tog‘lari



Yüklə 23,76 Kb.
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü23,76 Kb.
#207195
1   2   3   4   5   6
5-Ma’ruza. Ob-havo va iqlim. Reja-fayllar.org

-rasm. To‘rtlamchi davrdagi oxirgi maksimal muz bosishi; C – Kordilera, L – Lavrentiya qirlari, F – Fenoskandiya, A – Alp tog‘lari3


Iqlim o‘zgarishi atrof-muhitning katta miqyosda o‘zgarishiga olib keldi. Qisqa muddadli o‘zgarishlar XX asrning birinchi o‘nyilliklarida iqlimning ishishi bilan boshlandi. 30-yillarda AQSH ning Buyuk tekisliklarida yog‘in miqdori kam bo‘lgan va yuqori harorat kuzatilgan. 60-yillardan boshlab juda qurg‘oqchil yillar kuzatilmoqda va bu Sahroi Kabir atrofidagi hududlarda yashaydigan aholiga ancha aziyat keltirgan. Ayniqsa 1968 yillardan iqlim sharoiti juda yomonlashgan.

-rasm. Sahroi Kabir atrofidagi 3ta hududlarda yog‘inlarning yillik o‘zgarishi4


Iqlimlarning almashinish sabablari hozircha yetarli o‘rganilgan emas. Bunga fazodagi omillar ham, Yerdagi omillar ham ta’sir etishi (turtki berishi) mumkin. Bu ikki xil omilning rolini bir-biridan ajratish qiyin: chunki Yer fazoviy jism bo‘lib, uning hayoti faqat quyosh aktivligiga emas, balki Quyosh sistemasining Galaktikadagi harakatiga ham juda bog‘liqdir.
Hozirgi vaqtda quyosh radiatsiyasi biosfera paydo bo‘lgandan beri keskin o‘zgarmaganligi aniqlangan. Lekin bu umumiy o‘zgarmaslik zaminida quyosh doimiyligining yuqorida qayd qilingan 11, 22 va 35 yillik almashinishi ham yotadi. Ba’zi olimlar Quyosh sistemasi o‘zining Galaktikadagi harakat yo‘lida Galaktikaning goh shaffof qismlarini kesib o‘tadi, goh tumanliklarga to‘g‘ri keladi va natijada bu tumanliklar quyosh radiatsiyasining ko‘pgina qismini tutib qoladi, deb taxmin qiladilar. Ular muzlik davrlariga ham shuni sabab qilib ko‘rsatadilar. Quyosh nurlarining Yer yuzasiga tushish miqdori Yer va Quyosh aloqalariga ham bog‘liq.
Atmosferaning issiqlik rejimida Yer astronomik holatining o‘zgarishi ham katta rol o‘ynaydi. Hozirgi vaqtda Yer o‘qining ekliptika tekisligiga qiyaligi o‘rta hisobda 23°26 bo‘lib, u 21°39 dan 24°36 gacha o‘zgarib turadi. Bu qiyalik har 40000-40700 yilda almashinib turadi. Yer o‘qining qiyalik burchagi o‘zgarsa, tropiklar va qutbiy doiralarning o‘rni ham, binobarin, termik mintaqalarning kengligi (yeni) ham o‘zgaradi: qiyalik burchagi qancha kichik bo‘lsa, mo’tadil mintaqalar shuncha keng bo‘lib, issiq va sovuq mintaqalar torayadi. Bir xil geografik kenglikdagi joylar, chunonchi hozirgi subarktika, goh Arktika mintaqasiga, goh mo‘tadil mintaqaga to‘g‘ri kelib qoladi.
Shuningdek, Yer orbitasi ekstsentrisitetining o‘zgarishi bilan Yer sharining yoz oylarida (shimoliy yarim sharda) perigeliy yoki afeliydagi holatlari ham o‘zgarib, atmosferaning issiqlik rejimiga ta’sir etishi mumkin.
M.Milankovich (1939) bu o‘zgarishlarni o‘zaro taqqoslab (ustma-ust qo‘yib), bir qancha parallelda yozgi quyosh radiatsiyasining qanday o‘zgarishini hisoblab chiqqan5.
Milankovich hisoblari, garchi barcha iqlim o‘zgarishlarini tushuntirib berolmasa-da (chunki bu hisoblarda geografik qobiqdagi jarayonlar hisobga olyanmagan), har holda iqlim tebranishlarining ehtimoliy sabablaridan birini ochib beradi. Masalan, shimoliy kenglikning 65 nchi paralleliga bundan 230 ming yil burun 76 nchi paralleldagicha issiqlik tushgan, bundan 580 yil ilgari esa bu paralleldagi radiatsiya miqdori 60-paralleldagi hozirgi issiqlik miqdoriga teng bo‘lgan.
Quyosh radiatsiyasi kuchaysa, yoki Yer aylanish o‘qining qiyaligi ortsa, ekvator bilan qutb o‘rtasidagi bosim gradiyenti ham ortadi, natijada atmosfera sirkulyatsiyasi zo‘rayadi, siklonlar va mussonlar kuchayadi, yomg‘irgarchilik ortadi, atmosfera harakatining arktika markazi faollashadi, sovuq havo massalari o‘rtacha kengliklarga tez-tez kirib keladi, qish va bahor sovuqlashadi. A.I. Voyeykov ko‘rsatib o‘tganidek, bunday o‘zgarishlar yuqori geografik kengliklar iqlimida ayniqsa kuchli aks etadi.
Qutblar siljishi natijasida ham iqlim ancha o‘zgargan (hamma tadqiqotchilar bo‘lmasa-da, har holda ko‘pchilik qutblar siljib turadi, deb hisoblaydi). Shimoliy qutbning 20-rasmda aks ettirilgan siljish yo‘li paleomagnit ma’lumotlari asosida aniqlangan. Boshqa materiallar shimoliy qutbning siljish yo‘li birmuncha murakkab bo‘lganligini ko‘rsatadi, biroq uning yo‘nalishi asosan Shimoliy Amerikadan Tinch okeanning o‘rta qismi orqali Sharqiy Osiyo va Arktikaga tomon o‘tganligiga shubha yo‘q. Yerning barcha qismidagi iqlimlar ham Qutbning mana shunday siljishiga qarab o‘zgarib turgan. Masalan, devon davrida o‘rtacha kengliklar yaqinida tropik cho‘l bo‘lgan.
Ba’zi geolog va biologlar iqlimning geologik davrlar davomidagi hududiy o‘zgarishlarini materiklarning gorizontal harakati bilan bog‘laydilar. Masalan, bu gipotezaga ko‘ra, paleozoyda Antarktida bilan Avstraliya Janubiy Osiyoga tutashgan, va, tabiiyki, uning iqlimi hozirgidan boshqacha bo‘lgan.
Yer shari iqlim zonalarining qutblarining surilishiga qarab siljib turishi yoki materiklarning harakatiga qarab, ular iqlimining o‘zgarib turishi, bir tomondan butun sayyoramiz iqlimining rivojlanishi bilan, ikkinchi tomondan esa materiklarning kattaligi hamda relefining murakkabligiga bog‘liq holda mahalliy iqlimlarning vujudga kelishi bilan bir vaqtda ro‘y bergan. Bular iqlimlarning almashinib turishi bilan yanada murakkablashgan. Demak, uchala jarayon: Yer shari iqlimining umumiy rivojlanishi, iqlim zonalari hamda rayonlarining siljib turishi va iqlimlarning turli davriylikda almashinib turishi birgalikda ro‘y berib, bir-biriga ta’sir etadi.


Yüklə 23,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin