5 International journal of theoretical and practical research Scientific Journal Year: 2022 Issue: Volume: Published



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix20.11.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#163037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
zamonaviy-sharoitda-o-zbekistonda-innovatsion-faoliyatning-holati-va-va-uni-rivojlantirishning-ustuvor-yo-nalishlari

SJIF 2021:5.5
 
License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
 
19
F.F. Bezdudniy G.A. Smirnova, O.D. Nechaevalar Inson faoliyatining har qanday 
sohasida yangi g’oyani amalga oshirish, bozorda mavjud talabni qondirishga hissa 
qo’shish va iqtisodiy samara berish jarayonini innovatsion jarayon sifatida qaraydilar.
10
G.D.Otnyukova innovatsion faoliyatga agar tashkilot yangilik kiritgan bo’lsa va yangi 
mahsulot ishlab chiqarishga kirishsa, u o’z ishlab chiqarish faoliyatini, sifat jihatidan 
yangi, innovatsion darajada davom ettiradi deb urg’u beradi.
11
Iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarida innovatsiyalarni boshqarishning 
asosini rejalashtirish, motivatsiya va nazorat qilish funktsiyalari tashkil etadi. Boshlanish 
nuqtasi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, resurslar imkoniyatlarini va bozorda 
mavjud yoki potentsial talabni muvofiqlashtirishni o’z ichiga olgan rejalashtirish 
funktsiyasidir. Bu, birinchi navbatda, maqsadlarga erishish uchun zarur bo’lgan 
investitsiyalarni yaratishni ta’minlaydi
12
. Natijada, innovatsion faoliyatni rejalashtirish 
innovatsion mahsulotlarni etkazib berish, sotish xavfini va moliyalashtirishning etarli 
emasligi xavfini minimallashtirishga imkon beradi
13

Innovatsion faoliyat zamonaviy jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasini 
tavsiflovchi asosiy omil bo’lib, bu hukumat
14
va mahalliy darajada qayd etiladi. 
Innovatsion jarayon fundamental va amaliy tadqiqotlar, konstruktorlik ishlanmalari, 
marketing, ishlab chiqarish va sotish bosqichlaridan o’tib, g’oyaning mahsulotga izchil 
o’zgarishini o’z ichiga oladi.
15
Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, hozirgi vaqtda innovatsion faoliyat - bu ishlab 
chiqarish, shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zini keyingi innovatsion 
rivojlanish samaradorligini oshirish maqsadidan tizimli ravishda o’zgartirish, ishlab 
chiqarishning yangi yoki yangilangan usuli va / yoki uni tashkil etish tufayli mahsulotning 
yangi sifatini olish uchun ilmiy, texnik va intellektual salohiyatdan foydalanish bo’yicha 
maxsus chora-tadbirlar tizimidir. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin