5 International journal of theoretical and practical research Scientific Journal Year: 2022 Issue: Volume: Published



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix20.11.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#163037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
zamonaviy-sharoitda-o-zbekistonda-innovatsion-faoliyatning-holati-va-va-uni-rivojlantirishning-ustuvor-yo-nalishlari

SJIF 2021:5.5
 
License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
 
18
Iqtisodiy tizimlarning yangi sifatini shakllantirish jarayonining markazida bozor talab 
qiladigan jarayonlar yoki mahsulotlar samaradorligini sifat jihatidan o’sishini 
ta’minlovchi joriy qilingan yangilik sifatida "innovatsiya" tushunchasi yotadi deb 
innovatsiya tushunchasiga ta’rif beriladi.
3
E.I.Alyoxina ta’rificha "innovatsiya - bu korxonaga yangi bozorlarni o’zlashtirish, 
ilg’or texnologiyalar va tashkiliy va boshqaruv faoliyatining zamonaviy shakllarini joriy 
etish imkonini beradigan yangi mahsulot, xizmat, texnologiyani yaratish yoki 
o’zgartirishni o’zida aks ettiradi".
4
2020 yil 24 iyulida qabul qilingan 630-sonli O’zbekiston Respublikasining 
Innovatsion faoliyat to’g’risidagi Qonunida “innovatsiyaga fuqarolik muomalasiga 
kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo’llanilishi amaliyotda katta 
ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlaydigan yangi ishlanma” sifatida ta’rif 
bersa, “innovatsion faoliyat — yangi ishlanmalarni tashkil etish, shuningdek ishlab 
chiqarish sohasida ularning o’tkazilishi va amalga oshirilishini ta’minlash bo’yicha 
faoliyat” deb ta’riflanadi
5

Rossiya Federatsiyasining 23.08.1996 yildagi 127-FZ-sonli "Fan va davlat ilmiy-
texnik siyosati to’g’risida" Federal qonunida “Innovatsion faoliyat - innovatsion 
loyihalarni amalga oshirishga, shuningdek innovatsion infratuzilmani yaratishga va uning 
faoliyatini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyat (jumladan, ilmiy, texnologik, 
tashkiliy, moliyaviy va tijorat faoliyati)” sifatida talqin qilinadi
6
. A.N.Vasilev innovatsion 
faoliyatni mahsulotlar, tovarlar, xizmatlar assortimentini kengaytirish va yangilash
sifatini yaxshilash, ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini keyinchalik joriy etish va 
samarali joriy etish maqsadida ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan bozorda 
foydalanish va tijoratlashtirishga qaratilgan faoliyat turi sifatida ko’radi.
7
B. Tviss fikricha ixtiro yoki yangi g’oyaning iqtisodiy mazmunga ega bo’lish 
jarayoni innovatsion faoliyatdir 
8

Ijtimoiy-iqtisodiy jarayon, ulardan amaliy foydalanish tufayli sifat xususiyatlari 
jihatidan maqbul bo’lgan mahsulotlar, texnologiyalar shakllanishiga olib keladi va agar 
innovatsiya iqtisodiy natija olish uchun yaratilgan bo’lsa ( foyda), uning bozorda paydo 
bo’lishi qo’shimcha daromad keltirishi mumkin deb ta’kidlaydi B. Santo o’z ishida.
9
3
Internet resurslar lug'ati www. .dis.ru. 
4
Алёхина Е.И. Инновационная деятельность как элемент стратегического развития предприятия // Эффективное 
управление экономикой: проблемы и перспективы: сборник трудов IV Всероссийской научно-практической 
конференции; научн. ред. В. М. Ячменева. Симферополь: ИТ АРИАЛ, 2019. С. 362. 
5
Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 24.07.2020 й., 03/20/630/1101-сон 
6
Fan va davlat ilmiy-texnik siyosati to'g'risida" Federal qonuni (oxirgi nashr) // consultant.ru/document/c 
ons_doc_LAW_11507 /(12-qism 21.07.2011 yildagi 254-FZ-son Federal qonuni bilan kiritilgan) 
7
Васильев А.Н. Анализ динамики инновационной активности экономики Российской Федерации за 2003 – 2016 годы 
// Вестник Волжского университета имени В.Н. Татищева. – 2018. - №1. - т.2. [Электронный ресурс] URL: 
https://cyberleninka.ru/article/n/analiz-dinamiki-innovatsionnoy-aktivnostiekonomiki-rossiyskoy-federatsii-za-2003-2016-
gody 
8
Твисс Б. Управление научно-техническими нововведениями: сокр. пер. с англ. авт. предисл

и науч. ред. К.Ф. 
Пузыня. – М.: Экономика, 1989.– 271 с. С. 152 
9
Санто Б. Инновация как средство экономического развития: пер. с венг. общ. ред. и вступ. ст. Б.В. Сазонова. М.: 
Прогресс, 1990. С 141 



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin