5- mavzu. Atrof muhitning ekologik omillari va kimyoviy jarayonlari Reja



Yüklə 56,5 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü56,5 Kb.
#168131
1   2   3   4   5
Ma`ruza 5

Pollyutantlar – tabiiy muhit tarkibidagi ifloslantiruvchi kimyoviy moddalar bo’lib, alohida
hollarda ularning ma’lum konsentratsiyalari ekotizimning abiotik tarkibiy qismi hamda tirik
mavjudotlar, shuningdek inson organizmiga zararli ta’sir etadi. Bunday moddalarga tabiiy yoki
sun’iy tarkibli noorganik va organik birikmalar kiradi.
Emissiya - ifloslantiruvchi moddalarning - atrof-muhitga ajrallishi.
Immissiya - atrof-muhit tarkibidagi zararli moddalarning organizmlar yoki ekosistema
tomonidan to’planib qolinishi. Kimyoviy moddalarning zararli ta’siri o’tkir hamda xronik tusga ega
bo’lishi hamda shu moddalarning kimyoviy o’zgarishlar va sinergik jarayonlar natijasida hosil
bo’luvchi mahsulotlarining yig’ilishi oqibatida namoyon bo’ladi.
Ekotizimning assimilyatsion sig’imi – pollyutantlar miqdorining maksimal dinamik sig’imi
ko’rsatkichi bo’lib, ma’lum vaqt ichida to’planib, transformatsiyaga uchrab, ekotizim hajmi
chegaralaridan uning normal faoliyatini buzmagan holda chiqarib yuborilishidir.
Ifloslantiruvchi kimyoviy mahsulotlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
 Ifloslantiruvchi moddalarning tabiatiga ko’ra (fizikaviy, kimyoviy, biologik);
 Agregat holatiga ko’ra (gazlar, suyuqlikar, qattiq chiqindilar);
 Tabiiy muhitda ifloslanish barqarorligiga ko’ra (parchalanib ketuvchi, barqaror);
 Ifloslantiruvchi moddalarning tarqalish muhitiga ko’ra (atmosfera, gidrosfera,
litosferada tarqalgan ifloslantiruvchi moddalar);
 Organizmni zararlovchi usuliga ko’ra (oziqq-ovqat orqali, teri bilan muloqot orqali,
nafas olish orqali va h.k.)
 Manbalari, qo’llanilish sohalari va xarakteriga ko’ra. Bunda ifloslantiruvchi
moddalarni uch guruhga ajratish mumkin.
Biosidlar (misol qilib, insektisidlar, gerbisidlar, fungisidlarni kiritish mumkin) amaliy
ahamiyatga ega bo’lgan kimyoviy birikmalar bo’lib, qo’llanilishiga ko’ra tirik organizmlarga qarshi
moddalardir.

Yüklə 56,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin