5- amaliy. Sonli va o’zgaruvchili ifodalar, ayniyat va ayniy shakl almashtirish. Sonli tenglik va tengsizlik, ulaming xossalari, bir o’zgaruvchili tenglama va tengsizliklar. Reja



Yüklə 9,53 Kb.
səhifə2/2
tarix22.10.2023
ölçüsü9,53 Kb.
#159738
1   2
5- amaliy. Sonli va o’zgaruvchili ifodalar, ayniyat va ayniy sha-fayllar.org

Topshiriqlar.
1. Ota o'zining katta o'g'lidan 3 marta katta, kichik o'g'lidan esa 40 yoshga katta. Katta o'g'il ukasidan 3 marta katta bo'lsa,katta o'g'lining yoshi nechada?
2. Olim otasidan 32 yosh kichik.Otasi esa bobosidan shuncha yosh kichik. Uch yil avval ularning yoshlari yig'indisi 111 ga teng bo'lgan bo'lsa, hozir Oliming bobosi necha yoshda?
3. 36 yoshdagi onaning yoshi 4 ta bolalari yoshlari yig'indisidan 3 marta ortiq. Necha yildan keyin onaning yoshi bolalari yoshlarining yig'indisiga teng bo'ladi?
4. Egizaklar yoshining yig'indisi 10 yilda ikki marta ortdi. Yana 10 yildan keyin ulardan har birining yoshi nechaga teng bo'ladi?
5.Ikki natural sonning yig'indisi 462 ga teng. Ulardan birining oxirgi raqami 0 bilan tugaydi. Agar bu nol o'chirilsa, ikkinchi son hosil bo'ladi. Berilgan sonlardan kichigini toping.
6.Ikki xonali sonning o'ng tomoniga 0 raqami yozilsa, berilgan sonning yarmi bilan 323 ning yig'indisiga teng bo'ldan son hosil bo'ladi. Berilgan sonni toping.
7.Raqamlarining yig'indisidan 3 marta katta, raqamlari kvadratlarining yig'indisi esa 53 ga teng bo'lgan ikki xonali sonning kvadratini toping.
8. A, B- raqamlar, AB va 5A esa ikki xonali sonlar. Agar AB · 3 = 5A bo'lsa, A2 + B2 ning qiymati qanchaga teng bo'ladi?
9. Ikki xonali sonning raqamlari yig'indisi 6 ga teng. Agar bu songa 18 qo'shilsa, berilgan sonning raqamlari o'rinlarini almashtirib yozishdan hosil bo'dan songa teng son hisil bo,ladi. Berilgan sonni toping.
10. Ikki xonali son o'zining raqamlari yig'indisidan 4 marta katta. Raqamlari kvadratlarining yig'indisi 5 ga teng.Shu ikki xonali sonning kvadratini hisoblang.
11. Raqamlari o'rinlarini almashtirganda, qiymati 9 ga ortadigan nechta ikki xonali natural son bor?
12. Raqamlari yig'indisining uchlanganiga teng ikki xonali sonni toping.
13. Ikki xonali sonni uning raqamlari yig'indisiga bo'lganda, bo'linma 3 ga, qoldiq 7 ga teng chiqdi. Berilgan sonni toping.
14. Raqamlari yig'indisining uch baravariga teng bo'lgan ikki xonali sonni toping.
15. Raqamlari yig'indisiga bo'lganda, bo'linmasi 4 ga va qoldig'i nolga teng bo'ladigan ikki xonali sonlar nechta?
16. Bir nechta natural sonlarning yig'indisi 75 ga teng. Agar shu sonlarning har biridan 2 ni ayirib yig'indi hisoblansa, u 61 ga teng bo'ladi. Yig'indida nechta son qatnashgan?
17. Ikki sonning yig'indisi 6, 5 ga teng. Ulardan biri ikkinchisidan 4 marta kichik. Shu sonlarning kattasini toping.
18. Bir nechta natural sonlarning yig'indisi 77 ga teng. Agar shu sonlarning har biridan 4 ni ayirib yig'indi hisoblansa, u 61 ga teng bo'ladi. Yig'indida nechta natural son qatnashgan?
19.Bir qanchta natural sonlar berilgan va ularning yig'indisi 60. Agarda har bir sonni 2 ga oshirsak, unda yangi sonlar yig'indisi 76 ga teng. Qancha son berilgan edi?
20. Ikki sonning yig'indisi 7 ga teng. Ulardan biri ikkinchisidan 4 marta kichik bo'lsa, Shu sonlarning kattasini toping.
21. Ikki sonning yig'indisi 4, 8 ga teng. Ulardan biri ikkinchisidan 3 marta kichik. Shu sonlarning kichigini toping.
22. Berilgan to'rtta sonning har biriga 3 ni qo'shib, so'ngra ularning har birini 2 ga ko'paytirib chiqqach, hosil bo'lgan sonlar yig'indisi 70 ga teng bo'ldi. Berilgan sonlar yig'indisi nechaga teng?
23.Qisqarmaydigan oddiy kasrning maxraji suratidan 11 taga ko'p. Agar kasrning suratiga 167 ni, maxrajiga 13 ni qo'shsak, berilgan kasrga teskari kasr hosil bo'ladi. Berilgan kasr maxrajini toping.
24. Ko'paytmaning har bir hadi 2 ga ko'paytirildi, natijada ko'paytma 1024 marta ortdi. Ko'paytmada nechta had qatnashgan.
25. Natural a sonni natural b songa bo'lganda, bo'linma s ga, qoldiq d ga teng bo'ldi. Agar bo'linuvchi va bo'luvchi 2 marta orttirilsa, d qanday o'zgaradi?
26. Berilgan beshta sonning har biriga 3 ga ko'paytirilib, so'ngra hosil bo'lgan sonlarning har biriga 2 qo'shildi.Hosil bo'lgan sonlar yig'indisi 70 ga teng bo'lsa, berilgan sonlar yig'indisi nechaga teng bo'lgan?
27. Qisqarmaydigan oddiy kasrning maxraji suratidan 6 birlikka katta. Agar kasrning surat va maxrajiga 5 ni qo'shsak, hosil bo'lgan kasrning qiymati ga teng bo'ladi. Berilgan kasrning suratini toping.
28. Ikki sonning yig'indisi 51 ga, ayirmasi esa 21 ga teng. Shu sonlarni toping.
29.To'rtta sonning yig'indisi 128 ga teng. Agar birinchi va ikkinchi sonning nisbati 2 : 3 kabi, ikkinchi va uchinchi sonning nisbati 3 : 5 kabi, uchinchi va to'rtinchi sonning nisbati 5 : 6 kabi bo'lsa, birinchi va to'rtinchi sonning yig'indisini toping.
30. Proporsiyaning dastlabki uchta hadi yig'indisi 28 ga teng. Uning ikkinchi hadi birinchi hadining qismini, uchinchi hadi esa qismini tashkil etadi. Proporsiyaning oxirgi hadini toping.
Savollar.
1.O’rta arifmetig qiymat nima.
2.Tenglama orqali ishlanadigan masalalar.
3.Sonni qismini topish nima.
http://fayllar.org
Yüklə 9,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin