4-mavzu: Shell interpretatorida ishlashi Reja



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix08.05.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#109632
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
4-ma\'ruza (1)




4-mavzu: Shell interpretatorida ishlashi
Reja:
4.1. Sodda shell skriptlarini yozish.
4.2. Parametrlar va o‘zgaruvchilar.
4.3. Jarayonlar.
4.4. Buyruqlarni qayta ishga tushirish va tahrirlash.
Kalit so'zlar: shell scriptlar, yuklovchi fayllar, chmod, bin, bash, root.
4.1. Sodda shell skriptlarini yozish
11
Shell qobig‘i buyruq interpretatori va yuqori sath dasturlash tili
hisoblanadi. Buyruq interpretatori sifatida shell komandalar qatoriga kiritilgan
komandalarni qayta ishlaydi. Yuqori sath dasturlash tili sifatida shell scripts nomli
faylda saqlanuvchi buyruqlarni qayta ishlaydi. Boshqa tillar kabi shell
o‘zgaruvchilar va oqimni boshqarish buyruqlariga ega(masalan, for sikllari va if
shart operatori). Shellni buyruqlar qatori interpretatori sifatida foydalanilganda
ishlaydigan muhitingizni sozlashingiz mumkin. Siz o‘z displeyingizda joriy
katalog nomini, funksiya yaratishni yoki cp psevdonimini qo‘yishingiz, aspektlarni
o‘zgartirish uchun kalitso‘zlardan foydalanish va boshqalarni amalga oshirish
mumkin. Siz bundan tashqari hisobotlar to‘plamini ishga tushuruvchi uzun script
uchun qiyin buyruqni saqlovchi ish bajarilgandan so‘ng sizga chop etishni va
yuborishni eslatishdan iborat shell ssenariysini yozishingiz mumkin. Boshqa
ssenariylar dasturlar hisoblanib, ular faqatgina dasturni ishga tushurmaydi.
Ko‘pchilik shell ssenariylari Bourne Again Shell ostida ishga tushurilish uchun
yozilgan. Bir foydalanuvchili rejimda tizim yuklanishini yoki tizimga texnik
xizmat ko‘rsatishni, ma‘murlashni yoki ta‘mirlash ishlarini amalga oshirish shell
bilan tanishishni eng yaxshi usuli hisobalandi.
Sarlavha
Bourne Again Shell Bell Labarotories dagi AT&T xodimi Stiv Born
tominidan yozilgan Bourne Shell ga asoslangan. Ko‘plab yillar davomida haqiqiy
Bourne Shell kengaytirilib kelindi, ammo haligacha bazaviy shell bilan ko‘plab
UNIX tizimlari ta‘minlangan. O‘zining uzoq va muvaffaqiyatli tarixi davomida
11
A Practical Guide to Fedora and Red Hat Enterprise Linux, fifth edition, Mark G. Sobell,
U.S. Corporate and Government Sales, pages 279-298.



original shell UNIX tizimini boshqarish uchun yordam beruvchi skriptlar yozishda
foydalanilingan. Linux tizimida ba‘zi bir skriptlar Bourne Again Shell ssenariysi
ko‘rinishida paydo bo‘lmoqda. Bourne Again Shell original Shell da bo‘lmagan
ko‘plab kengaytmalar va funksiyalarni o‘zida jamlasa ham original shell bilan
moslik mavjud, shuning uchun ham ssenariylarni bash qobig‘i ostida ishga
tushurish mumkin. UNIX tizimlarida haqiqiy Bourne Shell sh deb nomlangan.
Linux tizimlarida sh bashni ta‘minlash uchun Bourne Shell ishlab turishini talab
etuvchi havola bo‘lib xizmat qiladi. sh chaqirilganda Bourne Shellni
emulyatsiyalash uchun barcha imkoniyatni ishga soladi. V Unix tizimi Devid korn
tomonidan yozilgan Korn Shell(ksh)ni namoyish etdi. Bu qobiq ko‘plab original
Bourne Shell funksiyalar bilan kengaytirilib, qo‘shimcha imkoniyatlar qo‘shildi.
Bourne Again Shell ba‘zi buyruqlar psevdonimi va buyruqlar qatorini tahrirlash
imkoniyati xususiyatlari Korn Shell o‘xshash tomonlariga asoslangan. POSIX
oilasiga mansub standartlar PASC komiteti tomonidan ishlab chiqiladi.
POSIX 1003.2 qobiqning standart funksionalligini izohlaydi. Bourne Again
Shell POSIX standartining talablarga mos funksiyalar bilan ta‘minlaydi. Buni
bajarish uchun to‘liq kuch bilan harakat qilinadi. Bashni chaqirayotganingizda
--posix shaklida amalga oshirilish POSIX standartiga to‘liq moslikni ta‘minlaydi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin