4-mavzu: rukn va bahr tushunchalari haqida umumiy ma’lumot reja


mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun



Yüklə 106,5 Kb.
səhifə2/2
tarix12.05.2023
ölçüsü106,5 Kb.
#112615
1   2
4-mavzu Rukn va bahr

mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun
mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun

Vasl hodisasi
Ko'plab g'azallarning vaznini aniqlashda vasl hodisasiga duch kelamiz. Xo'sh, aruzdagi vasl nima? Vasl arabcha so'z bo'lib, o'zbek tilida «ulanish» ma’nosini anglatadi. G'azal baytidagi bir so'zning o'zidan keyin kelayotgan unli harf bilan boshlangan so'zga qo'shib o'qilishi vasl deyiladi. Buni yaxshiroq tushu- nish uchun bir baytni olib tahlil qilib ko'raylik:

Tun, oqshom bo'ldi-yu, kelmas mening sham’i shabistonim,


Bu anduh o‘tidin har dam kuyar parvonadek jonim.
Birinchi misradagi tun so'zini biz qoida bo'yicha cho'ziq deb olamiz, shunda ikkala misradagi qolgan so'zlarning ham hijolarini aniqlasak, quyidagi manzara paydo bo'ladi:
- - - -/ V - - - / V - - - / V - - -
V - - -/ V - - - / V - - - / V - - -
Bir qaraganda, hazaji musammani solim vaznidagi she’r. Lekin bi­rinchi misradagi ilk hijo nega cho'ziq? U qisqa bo'lishi kerak emasmi? Ha, bu hijo qisqa bo'lishi kerak, shuning uchun tun so'zini o'zidan keyin kelayotgan oqshom so'ziga qo'shib o'qiymiz:
Tunooshom bo'ldi-yu, kelmas mening sham’i shabistonim.
Bo'g'inga ajratsak, tu-noq-shom deb ajratamiz va o'qiymiz. Ayni shu hodisani vasl deb ataymiz. Vasl hodisasi mumtoz adabiyotimiz janrlarida yozilgan juda ko'plab she’rlarda uchraydi va buni bilish she’ming vaznini lo'g'ri aniqlab o'qishda, ayniqsa, muhimdir.
Vasl hodisasi ko'pincha baytda o'ta cho'ziq hijoni oddiy cho'ziq hijoga aylantirishi ham mumkin. Masalan, quyidagi taqtiga e’tibor qaratsak:



Me

ni

men

Is

ta

gan

o'z

suh

ba

ti

g'a

ar

ju

mand(i)

et

mas

V

-

-

-

V

-

-

-

V

-

-

-

V

-V

-

-

Me

ni

is

tar

ki

shi

Ning

suh

ba

tin

ko'ng

lim

Pi

sand(i)

et

Mas

V

-

-




V

-

-

-

V

-

-




V

-V

-

-

Ushbu bayt hijolarini cho'ziq va qisqaga ajratganimizda arjumand va pisand so'zlarini o'ta cho'ziq hijo deb qabul qilganligimiz uchun yuqorida o'rgangan qoidamiz bo'yicha arjumand(i) hamda pisand(i) deb o'qishimiz va shunga mos tarzda o‘ta cho'ziq qilib belgilashimiz kerak. Lekin bu tarzda belgilasak, to'rtinchi ruknda ikkita qisqa bo'g'in bo'lib qoladi va ruknlar orasidagi mutanosiblikka putur yetadi, shu sababli arjumand va pisand so'zlarini o'zidan keyin kelayotgan etmas so'ziga qo'shib o'qiymiz. Shunda aruzga xos ohang ham, vazn ham to'g'ri saqlanadi:



Me

ni

men

is

Ta

Gan

o‘z

suh

ba

ti

g'a

ar

ju

man

det

Mas

V

-

-

-

V

-

-

-

V

-

-

-

V

-

-

-

Me

ni

is

tar

Ki

shi

Ning

suh

ba

tin

ko'ng

lim

Pi

san

det

Mas

V

-

-

-

V

-

-

-

V

-

-

-

V




-

-

Demak, ko'rinyaptiki, ushbu bayt hazaj bahrining hazaji musammani solim vaznida yozilgan ekan.


Savol va topshiriqlar:

  1. Rukn nima?

  2. Bahr nima?

  3. Aruz tizimida nechta bahr mavjud va ularning qaysilari turkiy adabi- yotda keng qo'llanadi?

  4. Vaznlarni qanday qoida asosida nomlaymiz?

  5. «Mahzuf» so'zining ma’nosi nima va u qanday ahamiyat kasb etadi?

  6. «Solim» so'zi qanday ma’no anglatadi?

  7. Quyidagi baytni tahlil qiling va nomlang:

Manga ne manzil-u ma’vo ayon, ne xonumon paydo,
Ne jonimdin asarzohir, ne ko‘nglumdin nishon paydo.

  1. «Vasl» hodisasini tushuntirib bering.

  2. Vasl hodisasi bayt vaznini aniqlashda qanday ahamiyatga ega?

  3. Quyidagi baytning vaznini aniqlang:

Ki: Ey zori jafokash oshiqim, mensiz nechuktursen?
Men o'ldum lol-u, ayta olmadim mayli javob aylab.


Foydalanish uchun adabiyotlar
Asosiy adabiyotlar

1. Alisher Navoiy. Asarlar (O’n besh tomlik), 14-tom (nashrga tayyorlovchi Izzat Sulton). - T., Davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 1965.


2. Z.M.Bobur. Muxtasar (nashrga tayyorlovchi: Saidbek Hasan). - T., “Fan”, 1971.
3. Hojiahmedov A. O’zbek aruzi lugati. - T., Sharq, 1998.
4. Hojiahmedov A. Maktabda aruz vaznini o’rganish. - T., “O’qituvchi”, 1978.


Qo’shimcha adabiyotlar

1. Hojiahmedov А. Aruz vaznidagi asarlarni ifodali o’qish. - T., Toshkent viloyati pedagogik xodimlar malakasini oshirish instituti, 1999.


2. Hojiahmedov A. Navoiy aruzi nafosati. - T., “Fan”, 2006.
3. Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati.–Toshkent: Yangi asr avlodi,
2008
4. Yusupova D. Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari. - T., Ta’lim-media, 2019.
5. Rustamov A. Aruz haqida suhbatlar. – T.: Fan, 1972.
6. Hasanov S. Boburning “Aruz risolasi” asari. – T.: Fan, 1981.
7. To’ychiyev U. O’zbek poeziyasida aruz sistemasi. – T.: Fan, 1985.
Yüklə 106,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin