4-mavzu. Psixologik tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi Reja



Yüklə 63,04 Kb.
səhifə2/10
tarix11.07.2023
ölçüsü63,04 Kb.
#136365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Obyektiv yondoshuv - diagnostika faoliyatni bajarish samaradorligiga qarab amalga oshiriladi.
Subyektiv yondashuv - sinaluvchining o‘zi haqida bergan ma'lumotlari, o‘z- o‘zini tavsiflash va baholash asosida diagnostika qilinadi.
Proyektiv yondashuv - tashqi jihatdan neytral, noaniq stimul bilan o‘zaro ta'sirni tahlil qilish asosida diagnostika qilinadi.
Akimova M.K., Gurevich K.M. bo‘yicha hozirgi zamon psixodiagnostikasida mavjud bo‘lgan vositalarni sifat darajasiga ko‘ra ikki guruhga bo‘lish mumkin:
  • Formallashgan metodikalar.


  • Kam formallashgan metodikalar.

Formallashgan metodikalar - aniq shakldagi qoidalarga qat'iy amal qilishni talab qiluvchi metodikalar.
Kam formallashgan metodikalar - bu qo‘llashning qat'iy, aniq qoidalariga ega bo‘lmagan metodikalar bo‘lib, ko‘proq psixodiagnostning psixik intuitsiyasi va kasbiy tajribasiga bog‘liq metodikalar.

Birinchi guruh metodikalariga quyidagilarni kiritish mumkin:


Ushbu metodikalar uchun xarakterli jihatlar:

  • Aniq reglamentatsiya.

>Tadqiqot yoki tekshiruv jarayonining obyektivizatsiyasi (ko‘rsatmaga to‘g‘ ri amal qilish, stimul materialini namoyish qilishning qat'iy usullari, sinaluvchi faoliyatiga tadqiqotchining aralashmasligi).

  • Standartlashtirish (ya'ni, diagnostik eksperiment natijalarini qayta ishlash va taqdim etishning qabul qilingan tartibini joriy etilishi).

>Ishonchlilik.
>Validlik.
Ushbu merodikalar nisbatan qisqa vaqt ichida diagnostik axborotni qo‘lga kiritish hamda individlarni o‘zaro miqdor va va sifat jihatdan taqqoslash imkoniga ega.
Kam formallashgan metodikalarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Kuzatish.

  • Suhbat.

  • Faoliyat mahsulini tahlil qilish.

Kuzatish metodi mustaqil ilmiy tadqiqot metodi bo‘lishi bilan bir qatorda boshqa metodlar bilan hamohang qo‘llanilishi mumkin.1 Kam formallashgan metodikalar guruhga kiruvchi metodikalar sinaluvchi haqida qimmatli ma'lumotlarni qo‘lga kiritish imkonini beradi.
Ayniqsa buni tadqiqot predmeti obyektivlashtirish mumkin bo‘lmagan psixik jarayonlar va holatlar bo‘lganida yaqqol sezish mumkin. Masalan, yaxshi anglanilmaydigan subyektiv kechinmalar yoki mazmun jihatdan juda o‘zgaruvchan psixik jarayon va holatlar - maqsad, kayfiyat, holatlar dinamikasi.
Shuni inobatga olish va ta'kidlash zarurki, kam formallashgan metodikalarni o‘tkazish katta mehnatni talab etadi (masalan, sinaluvchini kuzatish ba'zida oylab davom etishi mumkin) va ko‘p jihatdan psixodiagnostning psixologik tayyorgarligi va professional tajribasiga asoslanadi. Psixologik suhbat, kuzatuvlarning yuksak madaniy darajada o‘tkazilishi tekshiruv natijalariga tasodifiy omillar ta'siridan saqlashi mumkin.
Kam formallashgan diagnostik metodikalarni formallashgan metodikalarga qarshi qo‘yish mumkin emas. Odatda ular o‘zaro bir- birini to‘ldiradi. To‘laqonli diagnostik tadqiqotda ikkala turdagi metodikalarni uyg‘un holda qo‘llash darkor. Masalan, test yordamida ma'lumot to‘plashdan avval sinaluvchi bilan tanishish (tarjimai holi, moyilliklari, faoliyat motivatsiyasi haqidagi axborot) bosqichi o‘tkaziladi. Bunda intervyu, suhbat, kuzatishdan foydalaniladi



1 Glynis M.Breakwell, Sean Hammond, Chris Fife-Schaw and Jonathan A.Smith. Research methods in psychology. SAGE. 2010 (pp-126)

  1. Yüklə 63,04 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin