4-Mavzu. Maktabgacha ta’lim muassasalari va ularni tashkil etish


Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish



Yüklə 20,45 Kb.
səhifə3/3
tarix25.12.2023
ölçüsü20,45 Kb.
#194943
1   2   3
4-Mavzu. Maktabgacha ta’lim muassasalari va ularni tashkil etish-fayllar.org

4.3 Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish faoliyatini tartibga soladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalari
Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o‘rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.
Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
bola shaxsini sog‘lom va etuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
bolaning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‘rishida, eshitishida) engil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq muassasa shaklida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo‘lishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Muassasa o‘z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada bo‘lish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning ovqatlanishi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko‘rsatish shtatdagi yoki sog‘liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ta’limning uzluksizligini ta’minlash maqsadida shartnoma asosida o‘z faoliyatini umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.
Maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari joriy etiladi.
Nodavlat ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar qonun hujjatlariga muvofiq olingan litsenziya asosida muassis qarori bilan tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda moddiy-texnik va kadrlar ta’minoti muassis tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida qisqa muddatli guruhlarni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassisning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Nazorat uchun savollar:
1. Maktabgacha ta’lim muassasalari qanday maqsadlarda tashkil etiladi?

2.Davlat va nodavlat MTMlar faoliyatidagi ijobiy va salbiy jihatlarini izohlang.


http://fayllar.org
Yüklə 20,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin