4-mavzu. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari Reja



Yüklə 198,08 Kb.
səhifə1/19
tarix22.12.2023
ölçüsü198,08 Kb.
#189960
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
M4-5


4-mavzu. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari
Reja
4.1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining iqtisodiy mazmuni va ahamiyati
4.2. Asosiy fondlarning amortizatsiya va emirilishi.
4.3. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish ko’rsatkichlari
4.4. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash yo‘nalishlari


4.1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining iqtisodiy mazmuni va ahamiyati
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish samaradorligini oshirish alohida o’rin tutadi. Korxonaning soha ishlab chiqarishdagi o’rni, uning moliyaviy holati, bozordagi raqobat bardoshligi ham yuqoridagilarga bog’liq bo’ladi.
Hozirgi milliy iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish sharoitida mulk shaklidan qat’iy nazar xar bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt oldida turgan birlamchi va bosh vazifa – mavjud resurs va imkoniyatlardan foydalanish, hamda ularni o’z vaqtida muntazam raqobatbardoshliligini ta’minlash asosida o’zgartirib borishdan iborat.
Mamlakatning qudrati, iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini to’laroq qondirish shu mamlakat resurslari, ayniqsa, asosiy va aylanma fondlarining miqdori va sifati bilan belgilanadi. Mamlakat va uning soha, boshqa tarmoqlari, korxona (firma)lari qanchalik ko’p resurslarga ega bo’lsa, u shunchalik qudratli va rivojlangan bo’ladi. Agar u ana shu resurslardan to’la-to’kis, oqilona foydalana olsa, albatta buyuk davlatga aylanadi.
Soha ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o’rni bor. CHunki ularsiz birorta ishni bajarish, xizmat ko’rsatish va mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) va inson mehnati ishtirok etadi.
Asosiy fondlar deb – hisob amaliyotida va O’zbekiston Respublikasi Makroiktisodiyot va statistika Vazirligi ko’rsatmasiga asosan qiymati 15 minimal maosh miqdoridan ortiq bo’lgan, 1 yildan ortiq xizmat qiluvchi, o’z kiymatini tayyor mahsulotga amortizatsiya shaklida o’tkazib boradigan va ishlab chiqarish jarayoni oxiriga kelib natural shaklini saqlab qoluvchi moddiy boyliklarga aytiladi.
Boshqacha qilib aytganda, asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ishlab chiqarish jarayonida uzoq davr bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etadigan hamda tabiiy shaklini saqlagan holda o’z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga asta-sekin, ekspluatatsiya jarayonida eskirishi(tuzishi)ga qarab o’tkazib boradigan mehnat vositalariga ham aytiladi. Ular ish bajarishda, xizmat ko’rsatishda va mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadilar. Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun sharoit yaratadilar. Mehnat buyumlari ishlab chiqarish jarayonida asosiy fondlarning har bir elementi roli, ularning jismoniy va ma’naviy o’zgarishlari, ulardan foydalanishga ta’sir etuvchi omillar haqida aniq tassavurga ega bo’lgan holda asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish samaradorligini oshirishga imkon beruvchi, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va mehnat unumdorligini ko’tarishni usul va yo’nalishlarni aniqlash mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonida korxona ishchilari mehnat vositalari yordamida mehnat predmetlariga ta’sir o’tkazib ularni tayyor mahsulotga aylantiradilar.
Mehnat vositalari (mashina, jihoz, bino, transport vositalari) mehnat predmetlari (xomashyo, materiallar, yarimtayyor mahsulotlar, yoqilg’i) bilan birgalikda ishlab chiqarish vositalari tashkil etadilar, bularning puldagi ifodasi korxonaning ishlab chiqarish fondlaridir. Ular ishlab chiqarish jarayonida ishlashi, o’z qiymatini tayyor mahsulotga o’tkazish usuli va mehnat vositalarining takror ishlab chiqarish harakteriga qarab, asosiy va aylanma fondlarga bo’linadi.
Asosiy fondlar – korxona ishlab chiqarish vositalarini bir qismi bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat ishtirok etadi, o’z natural shaklini yo’qotmay, o’z qiymatini asta sekinlik bilan, qisman, foydalanish sari tayyor mahsulotga o’tkazib boradi. U kapital qo’yilmalar hisobidan to’ldirib boriladi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlari ham mavjud bo’lib unga – turar joylar, bolalar va sport maydonlari va boshqa aholiga xizmat ko’rsatadigan korxona balansida turadigan madaniy-maishiy ob’ektlar kiradi. Bular ishlab chiqarish fondlaridan farqli o’laroq, ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydilar va o’z qiymatlarini mahsulotga o’tkazmaydilar. Ular qiymati iste’molda yo’qoladi. Ularni takror ishlab chiqarish milliy daromad hisobida amalga oshiriladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari – jamoa ishlab chiqarishining moddiy-texnikaviy bazasi hisoblanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati va texnika bilan qurollanganlik darajasi uning hajmiga bog’liq bo’ladi. Asosiy fondlar yig’ilishi va mehnatning texnika bilan qurollanishning oshishirish jarayonini boyitadi, mehnatga ijodiy tus beradi, jamiyatning moddiy-texnik darajasini oshiradi.
Iqtisodiyot uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda yoki xizmat turlarini takdim etishda mehnat vositalari va mehnat buyumlarining o’rni kattadir. Mehnat vositalari deb, mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishda bevosita qatnashadigan mehnat qurollari hamda shu ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan, lekin uning uchun ma’lum sharoitlar yaratib, uni tashkil qilishga uzoq muddat xizmat qiladigan mulklarga aytiladi. Ularga imoratlar, inshootlar, uzatuvchi moslamalar, mashinalar, asbob - uskunalar, transport vositalari, uy-joy binolari, xo’jalik inventarlari va xokazolar kiradi va uzoq muddatli aktivlar hisoblanadi.
Asosiy vositalar jismoniy tabiiy ko’rniishga ega bo’lgan, uzoq muddatda foydalaniladigan, aktivlar; yerlar, binolar, inshootlar, uskunalar, tabiiy resurslar va shunga o’xshashlardir.
Ushbu aktivlarni ham o’z navbatida uchta guruxga bo’lish mumkin:

  • amortizatsiya qilinishga tegishli bo’lgan moddiy aktivlar, masalan, binolar, inshootlar, uskunalar, mebellar, qurilmalar;

  • emirilishga tegishli bo’lmaganlari, masalan foydali kazilmalar, urmon boyliklari va shunga o’xshashlar;

  • amortizatsiya yoki yemirilishga tegishli bo’lmaganlari, masalan yer;

Mehnat vositalarining asosiy xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ular ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat xizmat qiladi va shu bilan birga o’zining jismoniy ko’rniishini saqlab qoladi. Lekin ular mahsulot ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratib berishda uzoq muddat qatnashadi hamda asta-sekin eskirib boradi va eskirgan qismi ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ish yoki xizmatning tannarxiga qisman o’tkazilib boriladi. Sub’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyati jarayonida asosiy vositalar sub’ektga olinadi va foydalanishga beriladi, eskiradi, ta’mirlanadi, bir bo’limdan ikkinchi bo’limga o’tkaziladi, eskirishi, sotilishi va tekinga berilishi natijasida sub’ektning hisobidan chiqariladi, vaholanki doimo harakatda bo’ladi.
Sub’ektlar asosiy vositalarga egalik qilish, ulardan foydalanish, boshqa sub’ektga sotish, tekinga berish, almashtirish, ijaraga berish, vaqtincha tekinga foydalanishga berish va hisobdan chiqarish huquqlariga egadirlar.
Ushbu huquqlardan faqatgina dastlabki hujjatlarni o’z vaqtida va to’g’ri tulgazish natijasidagina samarali foydalanishi mumkin.
Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalaridan biri mavjud asosiy vositalarni to’g’ri hisobga olish va ularni mulk sifatida saqlash, ta’mir qilish, asosiy vositalarning kelishini, chiqib ketishini va sub’ektning ichidagi harakatini tegishli hujjatlarga asosan hisob registrlarida to’g’ri aks ettirib borishdan iborat.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tuzilmasini yaxshilanishiga quyidagilar imkon beradi:

  • jihozlarni yangilash va modernizatsiyalash;

  • progressiv dastgox va mashinalar, ayniqsa oxirgi jarayonlarni bajaruvchi dastgoxlar, avtomatik va yarim-avtomatik dastgoxlar, universal agregatli dastgoxlar, avtomatik liniyalar, raqamli dastur boshqaruvili dastgoxlar salmog’ini oshirish hisobida jihozlar tuzilmasini takomillashtirish;

  • bino va inshootlar, ochiq maydondagi qo’shimcha o’rnatilgan jihozlardan yaxshi foydalanish;

  • korxona qurilishi loyihalarini to’g’ri tuzish va uni yuqori sifatli qilib bajarish;

  • ortiq va kam ishlatuvchi jihozlarni tugatish va alohida guruhlar orasidagi mutanosiblikni ta’minlovchi jihozlarni o’rnatish.

Asosiy fondlarning aniq belgili tomonlari bu qiymatining yuqoriligi va xizmat muddati uzoqligidir. Bundan tashqari bir vaqtning o’zida ilmiy texnika taraqqiyotiga va texnik daraja o’sishiga faol ta’sir etadi.
Yuqorida sanab o’tilgan guruxlarning nisbiy taqsimlanishi korxona ishlab chiqarish va texnik tuzilishini tashkil etadi.
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab ishlab chiqarishga oid bo’lgan va ishlab chiqarishga oid bo’lmagan asosiy fondlarga bo’linadi(4.1.1 – Rasm).


Yüklə 198,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin