4 Mavzu: Aholi yosh-jins tarkibi, mehnat resurslari va demografik siyasat Reja


 Aholining keksayishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix05.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#124898
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Lecture - 4

3 Aholining keksayishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari 
Aholining keksayishi hozirgi davrda zamonaviy demografik hodisa 
hisoblanib, garchi uning rivojlanish intensivligi turlicha bo‘lsa-da, barcha 
mamlakatlar uchun xos bo‘lmoqda. Aholining keksayishi aholi umumiy sonida 
ulug‘ yoshdagilar ulushining ortishi, yoshlar salmog‘ining kamayishi, shu bilan 
bir vaqtda o‘rta yoshdagi aholi sonining ko‘payishida o'z ifodasini topadi. 
Ta’kidlash joizki, aholining keksayishi deganda, nafaqat bu yosh guruhidagi 
kishilar salmog‘ining, balki mutlaq sonining ham ortishi tushuniladi. 
O‘zbekistonda ham bugungi kunda jamiyat ijtimoiy- iqtisodiy hayotida sodir 
bo‘layotgan o‘zgarishlar demografik jarayonlarga sezilarli darajada ta’sir 
ko‘rsatdi: tug'ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari keskin kamaydi, tug'ilganda 
kutilayotgan hayot davomiyligi uzaydi. Buning natijasida aholining «keksayishi» 
jarayoni tezlashdi. 
Fanda keksalik, uning dastlabki ko‘rinishlari, keksalik yoshi va uning 
chegaralari kabi masalalar atrofida bahs-munozaralar anchadan beri olib boriladi, 
lekin so‘nggi yillardagina bu masalalar iqtisodiyot, demografiya, sotsiologiya, 
gerontologiya kabi fanlarning jiddiy tadqiqot ob’yektiga aylandi. Chunki, 
aholining keksayish jarayoni bilan bir vaqtda keksa kishilarning ijtimoiy
fiziologik va biologik xarakteristikasida tub o’zgarishlar ro‘y beradi. Bu 
o‘zgarishlarning silliqroq kechishi nafaqat sog’liqni saqlash tizimiga, balki 
jamiyatning boshqa tuzilmalariga - iqtisodiy, ishlab chiqarish, rekreatsiya, ijtimoiy 
ta’minot, oila va boshqalarga ham bog’liqdir. 
Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qarilikni insonning hayoti davomida 
kechadigan o‘zgarishlarni belgilovchi fiziologik jarayon, deb hisoblashni taklif 
qilgan
4
. Shu bilan birga, keksalikni kasallik bilan tenglashtiruvchi fikrlar ham 
4
Abdurahmonov Q., Abduramanov H. Demografiya. T.: Noshir, 2011. 93 b


13 
keng tarqalgan. Biz bu fikrni to‘g‘ri emas, deb hisoblovchilar fikriga qo‘shilamiz. 
Bizningcha, keksalik kishida namoyon bo‘lgach, ular surunkali kasalliklarga tez-
tez yo‘liqadigan aholi guruhini tashkil etadilar, xolos. Chunki, inson 
organizmining jismonan qarishi oqibatida kishining tashqi o‘zgarishlar va noqulay 
holatlarga moslashishi susayadi va u tez-tez kasalliklarga chalinadigan bo‘lib 
qoladi. Keksa kishi mehnatga layoqatsiz va o‘zgalar yordamiga muhtoj bo‘ladi. 
Odatda, mehnatga layoqatli yoshdan katta bo‘lgan aholi pensiya yoshidagi 
aholi hisoblanadi. Bu yosh chegarasidan boshlab insonda jismoniy quvvatning 
zaiflashuvi, ish qobiliyatining susayishi ro‘y beradi, uning ijtimoiy-iqtisodiy, 
jamiyat va oiladagi mavqeida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham 
iqtisodchilar aholining bu guruhini qariyalar guruhiga kiritadi. 
Inson organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar: jismoniy quvvatning 
zaiflashuvi, ish qobiliyatining susayishi, tashqi ta’sirlarga moslashish va javob 
reaktsiyalarining sekinlashuvi va boshqalar 55-60 yosh chegarasidan yuzaga chiqa 
boshlaydi. 
Demak, 
keksalik 
davrining 
boshlanishiga 
shartli 
ravishda 
O‘zbekistonda belgilangan mehnatga layoqatli yoshning eng yuqori chegarasini 
asos sifatida olishni va mehnatga layoqatli yoshdan katta bo‘lgan aholi - 55 va 
undan yuqori yoshdagi ayollar, 60 va undan yuqori yoshdagi erkaklarni qariyalar 
guruhiga kiritish mumkin, deb hisoblaymiz, 
So‘nggi yillarda inson umrining keksalik davrini tasniflash bo‘yicha xilma-
xil yondoshuvlar paydo bo'ldi. Masalan, gerontologlar tasnifiga ko‘ra, 60-74 
yoshdagilar - qariyalar, 75-84 yoshdagilar - keksalar, 85 va undan yuqori 
yoshdagilar - juda keksalardir, Butunjahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti tasnificha, 
60-74 yoshdagilar - qariyalar, 75-89 yoshdagilar - keksalar, 90 va undan yuqori 
yoshdagilar - uzoq umr ko'ruvchilar, deb hisoblanadi. 
Bizningcha, bu mezonlarni dunyodagi barcha mamlakatlar aholisi uchun 
tadbiq etib bo’lmaydi. Keksalik yoshini bunday davrlarga bo’lishda har bir 
davlatdagi tug‘ilganda kutilayotgan hayot davomiyligi asos qilib olinishi lozim. 
Chunki, hozirda aholisi o‘rta hisobda 35- 40 yil umr ko‘radigan mamlakatlar ham 
bor. Masalan, dunyoda o‘rtacha umr davomiyligi 67 yil bo’lsa, Mozambikda - 40 


14 
yil, Afg‘onistonda - 43 yil, Zambiyada - 35 yil, O‘zbekistonda - 71,8 yil, 
Norvegiyada - 80 yil, Yaponiyada - 82 yildan iboratdir. 
XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida aholining yosh tarkibida sodir 
bo‘lgan o‘zgarishlar shuni ko‘rsatadiki, bu davr dunyoda, shu jumladan, 
O‘zbekistonda ham aholi tarkibida bolalar ulushining kamayib, aksincha qariyalar 
ulushining ortib borishi bilan tavsiflanadi. Bu hol, o‘z navbatida, aholining 
keksayish jarayoni boshlanganligini ko‘rsatmoqda. 
Demograf olimlar tomonidan aholining keksayish darajasini «qarish indeksi» 
yordamida baholash taklif etilgan. «Qarish indeksi» tushunchasi fanga taniqli 
demograf A.Sovi tomonidan kiritilgan. Fransuz demografi qarish indeksini 
mehnatga layoqatli yoshdan katta bo‘lgan aholi (qariyalar) sonining mehnatga 
layoqatli yoshgacha bo‘lgan aholi (bolalar) soniga foizlarda hisoblangan nisbati 
orqali aniqlashni va aholining keksayish darajasini baholashda hozirda jahonning 
ko‘pchilik mamlakatlarida foydalanilayotgan quyidagi demografik mezonni taklif 
qildi (6-jadval). 
6-jadval 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin