4-mavzu. 1-mashg’ulot. Polimer materiallar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə2/4
tarix03.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#107093
1   2   3   4
AYQMvaICH 4-mavzu.

NAZORAT SAVOLLARI.
1.Pоlimеr mоddаlаr хоmаshyosi
2.Mаydа-tuyilgаn to`ldirgiSh pоlimеr sаrfini kаmаytirish.
3. Plаstmаssаlаrni kаmshiligi.

2-mashg’ulot. Metall materiallar va mahsulotlar
Reja:
1.Metallar haqida umumiy ma’lumot. Metallarning tuzilishi, turlari va xossalari.
2.Po‘latning qurilishda ishlatilishi.
3.Po‘latni termik qayta ishlash.
4.Po‘lat armaturalar va ularning xossalari.
5.Metallarni qayta ishlash usullari.
6.Metallar korroziyasi va ularni himoyalash usullari.
Tayanch iboralar: Qora metallar, rangli metallardan, po‘lat,cho’yan,qalayi,mis,alyuminiy,bronza.

Xalq ho‘jaligining turli sohalarida, shu jumladan, qurilishda ham metallar keng ko‘lamda ishlatiladi. Masalan, sanoat va fuqaro binolarining sinchlarini, ko‘priklarning qulochli qurilmalarini barpo etishda po‘lat prokatdan, temir-betonda esa po‘lat armaturadan foydalaniladi; po‘lat va cho‘yan quvurlar, tomga yopiladigan tunuka va boshqa metall buyumlar ham qo‘llaniladi. Buning uchun metallarning qator muhim texnik xossalari qulaylik beradi. Metallarning bu xossalari ularning boshqa qurilish metallaridan afzalliklarini ko‘rsatadi, jumladan yuqori mustahkam va bosim ostida plastik ishlov beriladi (prokatka qilinadi, shtamplanadi va boshqalar). Afzalliklari bilan bir qatorda metallarning muhim kamchiliklari ham bor: nihoyatda zich, turli gaz va nam ta’sir qilganda kuchli zanglaydi, yuqori haroratlarda esa ancha shakli o‘zgaradi. Metallar ikkita asosiy guruxga: qora va rangli metallarga bo‘linadi.


Qora metallar temirning uglerod bilan qotishmasidan iboratdir. Bundan tashqari, ularning tarkibida oz yoki ko‘p miqdorda boshqa kimyoviy elementlar (kremniy, marganets, oltingugut, fosfor) ham bo‘lishi mumkin. Qora metallga xos bo‘lgan xususiyatlar berish uchun ularning tarkibiga yaxshilovchi yoki legirlovchi qo‘shimchalar (nikel, xrom, mis va boshqalar) kiritiladi. Tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab qora metallar cho‘yanlar va po‘latlarga bo‘linadi.
CHo‘yan – tarkibida 2-4,3% uglerod bo‘lgan temir uglerodli qotishmadir. Vazifasiga qarab cho‘yanlar quyiluvchan, qayta ishlanadigan va maxsus cho‘yanlarga bo‘linadi. Quyiluvchan cho‘yanlar turli qurilish detallarini quyish uchun qo‘llaniladi. Qayta ishlanadigan cho‘yanlardan po‘lat ishlab chiqarish uchun, maxsus cho‘yanlardan esa po‘lat va maxsus ishlarga mo‘ljallangan cho‘yan quymalarini ishlab chiqarishda qo‘shimcha sifatida foydalaniladi. CHo‘yan tarkibida marganets, kremniy, fosfor, shuningdek legirlovchi qo‘shimchalar-nikel, xrom, magniy va boshqalar bo‘lishi tufayli cho‘yan yuqori mexanik xossalarga ega bo‘ladi va olovbardosh hamda zanglashga bardoshli bo‘ladi. Nikel, xrom, magniy va boshqa elementlar qo‘shilgan cho‘yanlar legirlangan cho‘yanlar deb ataladi. YUqori mustahkam cho‘yanlar suyuq cho‘yanni Si,Ca va boshqa qo‘shilmalar bilan o‘zgartirib olinadi.
Po‘lat-tarkibida uglerod miqdori 2% gacha bo‘lgan temir va uglerodning bog‘lanuvchan qotishmasidir. Olish usuliga qarab, po‘latlar, marten, konvertor va elektr po‘latlariga bo‘linadi. Qotishma tarkibiga kiradigan kimyoviy elementlarga qarab po‘latlar kimyoviy tarkibi bo‘yicha uglerodli va legirlangan bo‘ladi. Uglerodli po‘latlar temir bilan uglerod va marganets, kremniy, oltingugut va fosfor aralashmalari qotishmalaridan iborat. Turli usullarda olingan uglerodli po‘latning qotishiga ko‘ra sokin, yarim sokin va qaynaydigan po‘latlarga bo‘lish qabul qilingan. Legirlangan deb, tarkibida legirlovchi qo‘shimchalar (nikel, xrom, volfram, molibden, mis, alyuminiy va boshqalar) mavjud bo‘lgan po‘latga aytiladi. Tarkibiga kiritilgan legirlovchi qo‘shilmalarga qarab po‘lat xrom-marganetsli, marganets-nikel-misli po‘lat va hokazolar deb aytiladi. Bundan tashqari, tarkibidagi jami qo‘shilmalarga ko‘ra po‘latlar kam legirlangan (tarkibidagi legirlovchi qo‘shilmalar miqdori 2,5% gacha bo‘lgan), o‘rtacha legirlangan (tarkibidagi legirlovchi qo‘shilmalar miqdori 2,5 dan 10% gacha bo‘lgan) va ko‘p legirlangan (tarkibidagi legirlovchi qo‘shilmalar 10% dan ortiq) po‘latlarga bo‘linadi.
Vazifasiga ko‘ra po‘latlar quyidagi guruxlarga bo‘linadi: konstruksion po‘latlar, bular turli qurilish qurilmalari va mashinalar detallarini tayyorlash uchun ishlatiladi; maxsus po‘latlar – bular yuqori olovbardosh va eyilishga chidamli, shuningdek zanglashga chidamliligi bilan tavsiflanadi; nihoyat, asbobsozlik po‘latlari va hokazo.
Sifatiga ko‘ra po‘latlar, odatda, oddiy, sifatli, yuqori sifatli va alohida yuqori sifatli po‘latlarga bo‘linadi.
Rangli metallardan sof holda qurilishda kamdan – kam foydalaniladi. Rangli metallarning qotishmalari ancha tez-tez ishlatiladi. Ular haqiqiy zichligi bo‘yicha engil va og‘ir qotishmalarga bo‘linadi.
Engil qotishmalar alyuminiy yoki magniy asosida olinadi. Eng ko‘p tarqalgan engil qotishmalar alyuminiy-marganetsli, alyuminiy-kremniy ikki oksidli, alyuminiy-magniyli va dyuralyuminiy qotishmalaridir. Ulardan bino va inshootlarning ustunlari (ferma va boshqalar) hamda ihotalovchi (deraza panjaralari va boshqalar) qurilmalarda foydalaniladi.
Og‘ir qotishmalar mis, qalay, rux va qo‘rg‘oshin asosida olinadi. Qurilishda og‘ir qotishmalar ichida bronza (mis bilan qalay yoki misning alyuminiy, temir va marganets bilan qotishmasi) hamda latun (misning rux bilan qotishmasi) ishlatiladi. Bu qotishmalardan me’morchilik detallari va sanitariya-texnika armaturalari tayyorlanadi.
Asosan siquvchi kuch ta’sirida bo‘ladigan buyumlar(ustunlar, tayanch yostiqlar, suv oqava quvurlari va bohqalar) quyma kulrang cho‘yandan yasaladi. Qurilishda yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan va legirlangan(legirlash- metallga boshqa metall qo‘shib fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilash) cho‘yanlardan kam foydalaniladi.
Zamonaviy turar joy, sanoat, qishloq xo‘jaligi va transport qurilishida cho‘yan buyumlardan keng foydalaniladi. Ular qatoriga birinchi navbatda sanitariya-texnika buyumlari va asbob-uskunalar masalan, isitish radiatorlari, vannalar, yuvish qurilmalari va jo‘mraklarni kiritish mumkin. CHo‘yan quvurlar sanitariya-texnika kabinalari, suv oqava tarmoqlari ustunlari uchun, sanoat suvlarini chiqarib yuborish uchun ishlatiladi va hokazo.
Qurilish qurilmalarida ishlatiladigan po‘latlar bir necha turlarga bo‘linadi va shartli belgilar bilan markalanadi. SHartli belgilarda po‘latning tarkibi va vazifasi, mexanik va kimyoviy xossalari, tayyorlash va oksidsizlantirish usullari aks ettiriladi.
Po‘latni markalash. Standartga ko‘ra sifati oddiy uglerodli po‘latning markasi St harflari va 0 dan 7 gacha raqamlar bilan belgilanadi. Sifatli uglerodli po‘latlar ikki xonali raqamlar bilan markalanadi, markalarda uglerod foizning yuzdan bir ulushlarida (0,8; 25 va hokazo) ko‘rsatiladi. Qaynaydigan po‘lat markasining belgisida «kp», yarim qaynaydigan po‘latnikida – «ps» (poluspokoyno‘y), qaynamaydigan po‘latnikida – «sp» harflari qo‘shiladi, masalan Ct3sp, St5ps, St2kp.
Uglerodli po‘latlarni markalashdan farqli o‘laroq kam legirlangan po‘latlar markasidagi harflar po‘lat tarkibida legirlovchi aralashmalarning borligini, raqamlar esa ularning o‘rtacha miqdorini foizlar hisobida ko‘rsatadi; harflardan oldingi raqamlar po‘lat tarkibidagi uglerod miqdorini foizning yuzdan bir ulushida ko‘rsatadi. Po‘latni markalash uchun har bir legirlovchi elementga ma’lum harf beriladi: kremniy – S, marganets – G, xrom - X, nikel – N, molibden – M, volfram, - V, alyuminiy – YU, mis – D, kobalt – K va hokazo. Markadagi birinchi raqamlar uglerodning o‘rtacha miqdorini (asbobsozlik va zanglamaydigan po‘latlar uchun foizning yuzdan bir ulushlarida) bildiradi; so‘ngra harf bilan legirlovchi element va keyingi raqamlar bilan legirlovchi elementning o‘rtacha miqdori ko‘rsatiladi, masalan po‘lat 3x13 ning tarkibida 0,3%S va 13% Sg, 2x17N2 markada - 0,2% S% Sg va 2% Ni bor. Po‘lat tarkibida legirlovchi element miqdori 1,5% dan kam bo‘lsa, tegishli harfdan keyin raqamlar yozilmaydi: 1G2S, 12xNZA. Marka belgisining oxiridagi A harfi po‘lat yuqori sifatli ekanligini, SH harfi ayniqsa yuqori sifatli ekanligini ko‘rsatadi. Masalan, 112S markali kam legirlangan konstruksion po‘lat tarkibida 0,1% uglerod, 2% marganets va 1% kremniy borligini ifodalaydi.
Uglerodli po‘latlar. Oddiy sifatli uglerodli po‘lat – temirning uglerod bilan qotishmasidir. Uning tarkibida quyidagi aralashmalardan ham biroz bo‘ladi: kremniy, marganets, fosfor va oltingugut va hokazo, Ulardan har biri po‘latning mexanik xossalariga ma’lum darajada ta’sir qiladi. Qurilishda ishlatiladigan oddiy sifatli po‘latlar tarkibida uglerod miqdori 0,06-0,62% bo‘ladi. Tarkibidagi uglerod miqdori oz bo‘lgan po‘latlar yuqori plastikligi va zarb qovushoqligi bilan ajralib turadi. Uglerod miqdori ortiq bo‘lsa, po‘lat mo‘rtlashadi va qattiq bo‘ladi.
Uglerodli po‘lat sifatining asosiy tafsilotlari- cho‘zilishda oquvchanlik va mustahkamlik chegaralari, shuningdek nisbiy uzayish kattaligidir (11-jadval).
Oddiy sifatli uglerodli po‘latlarning mexanik xossalari 11- jadval.

A guruxdagi po‘lat markalari

CHo‘zilishga mustahkamlik chegarasi,MPa

Oquvchanlik chegarasi, MPa

Nisbiy uzayishi,%

StO

Kamida 31

-

20-23

St1

320-420

-

31-34

St2

340-440

200-230

29-32

St3

380-490

210-250

23-26

St4

420-540

240-270

21-24

St5

460-600

260-290

17-20

St6

Kamida 600

300-320

12-15

Qurilishda St3 markali po‘latdan keng ko‘lamda foydalaniladi. Bu po‘latdan fuqaro va sanoat binolari hamda inshootlarining metal qurilmalari,elektr uzatish liniyalarining, rezervuarlar va quvur yo‘llarining tayanchlari, shuningdek temir-beton armaturalari tayorlanadi. Sifatli konstruksion uglerodli po‘latlar, odatda, mashinasozlikda, uglerodli asbobsozlik po‘latlari esa har xil qirquvchi asboblarni tayorlash uchun ishlatiladi.
Legirlangan po‘latlar. Kam legirlangan po‘latlar qurilishda ko‘p qo‘llaniladi. Bu po‘latlar tarkibida uglerod miqdori 0,2% dan ortiq bo‘lmasligi kerak, chunki shundan ortishi po‘latning plastikligi va zanglashga bardoshligini pasaytiradi, shuningdek payvandlanishi yomonlashadi. Legirlovchi qo‘shimchalar po‘lat xossasiga quyidagi tarzda ta’sir qiladi: marganets po‘latning mustahkamligi, qattiqligi va eyilishga qarshiligini oshiradi; kremniy va xrom mustahkamligi va olovbardoshligini, mis esa po‘latni yog‘in-sochindan zanglashga chidamliligini oshiradi; nikel po‘latning mustahkamligini pasaytirmagan holda uni qovushoqligining yaxshilanishiga yordam beradi. Kam legirlangan po‘latlar kam uglerodli po‘latlarga nisbatan yuqori mexanik xossalarga ega bo‘ladi. Tarkibidagi nikel, xrom va mis bo‘lgan po‘latlar yuqori plastik bo‘ladi, yaxshi payvandlanadi, ulardan sanoat va fuqaro binolarining payvandlangan hamda parchinlangan qurilmalarida, ko‘priklar, neft rezervuarlari, quvurlarning qulochli qurilmalari va boshqa shu kabilarda muvaffaqiyatli foydalaniladi.
Metall qurilmalarni tayyorlash uchun qurilishda 10XSND, 15XSND, 10G2SD va boshqa markali kam legirlangan po‘latlar juda ko‘p qo‘llaniladi.
O‘rtacha legirlangan va ko‘p legirlangan po‘latlar qurilishda qurilmalarning zanglashga chidamliligini oshirish uchun ishlatiladi. Buning uchun qurilmalar maxsus zanglamaydigan po‘latdan masalan, xromnikelli va xrom- nikel-marganetsli po‘latdan tayyorlanadi.
Po‘latning fizik xossalari. Po‘latning fizik xossalari ichida haqiqiy zichligi, suyuqlanish harorati, issiqlik sig‘imi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, haroratdan kengayish koeffitsienti katta ahamiyatga ega.
Suyuqlanish harorati – po‘lat qattiq holatdan suyuq holatga o‘tadigan haroratdir. Temirning suyuqlanish harorati 15350S, lekin uning tarkibiga uglerod va boshqa elementlar kiritilganda bu harorat o‘zgaradi. Masalan, tarkibida 4,3% uglerod bo‘lgan cho‘yan 11300S da suyuqlanadi.
Haroratdan kengayish koeffitsien-ti – harorat 10S ga ortganda po‘lat namunani nisbiy uzayish ko‘rsatkichi, u (11-11,9) 10-60S ga teng.
Po‘latning mexanik xossalari. Po‘latning mexanik xossalari cho‘zilishga mustahkamlik chegarasi, oquvchanlik chegarasi, nisbiy uzayishi, qattiqligi va zarbga qovushoqligi bilan belgilanadi.


41-расм. Пўлатни чўзилиш диаграммаси

Po‘latning egiluvchanligini baholab, yumaloq yoki to‘g‘ri burchak kesimli sterjen shaklidagi namunalarning cho‘zilishi sinab ko‘riladi. Buning uchun namunaning cho‘zilish diagrammasini qayd etuvchi moslama bilan jihozlangan uzatish mashinalaridan foydalaniladi. Diagrammaning tik o‘qiga (41-rasm) cho‘zuvchi kuch qo‘yiladi, gorizontal o‘qda esa namuna uzunligining tegishli orttirmasi ajratiladi.
CHo‘zilish diagrammasidagi to‘g‘ri chiziqli qism (koordinatalar boshidan 1-nuqtagacha) sinalayotgan namunaning uzayishi Dl qo‘yilgan kuch R1 ga to‘g‘ri proporsionalligini ko‘rsatadi. Namunaning uzayishi va qo‘yilgan kuch orasida to‘g‘ri proporsionallik saqlanib qoladigan eng ko‘p kuchlanish proporsionallik chegarasi deb ataladi. Namunani kuchlanish proporsionallik chegarasidan ortmaganda shaklining o‘zgarishi elastik shakl o‘zgarishi hisoblanadi, kuch olinganda namunaning dastlabki uzunligi tiklanadi. Kuch biroz – R2 gacha (nuqta 2) ortganda, kuch o‘zgarmasdan qolishiga qaramasdan namuna cho‘zila boshlaydi (po‘lat "oqadi"), bu esa diagrammadagi gorizontal maydonchaga mos keladi. Po‘latning oqadigan kuchlanishi oquvchanlik chegarasi deb ataladi. Namunaning o‘zgarmagan qoldig‘i, ya’ni kuch olingandan keyin namuna shakli ma’lum darajada o‘zgarmay qoladi.
Kuch yanada oshirilib R gacha etkazilsa, namuna uziladi (nuqta 3). Bunda namunaga berilgan eng ko‘p kuch po‘latning mustahkamlik chegarasi (MPa) deb ataladi va u quyidagi ifoda bo‘yicha hisoblab topiladi:

bu erda P- eng katta yuk, N; F0- namuna ko‘ndalang kesimining dastlabki yuzasi, mm2.
Namunaning uzilishga qarshiligini sinashda nisbiy uzayishi po‘latning plastikligini, ya’ni uzilmasdan va darz ketmasdan shaklini saqlab qolish hususiyatini ko‘rsatadi. Nisbiy uzayish quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi (%):

bu erda lo-namunaning xisobiy (dastlabki) uzunligi, mm;
l1-namunaning uzilgandan keyingi uzunligi, mm.
Qurilishda ishlatiladigan po‘latning mexanik xossalarini baholashda cho‘zilishga qarshiligini sinash asosiy hisoblanadi.
Qattiqligi – po‘latning boshqa, ancha qattiq jismlarni, masalan, olmos konus yoki po‘lat sharchaning botib kirishga qarshilik ko‘rsatish xususiyatlaridir.
Zarbiy qovushoqligi- po‘latning dinamik (zarb) kuchlarga qarshilik ko‘rsatish hossasidir. Uning kattaligi po‘lat namunani mayatnikli kopyorda emirish uchun zarur bo‘lgan ish miqdori bilan aniqlanadi.
Po‘latning kimyoviy xossalari ichida eng muhimi zanglashga chidamliligi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich po‘latlarni atrofdagi muhitning emirish ta’siriga qarshilik ko‘rsata olish xususiyatini belgilaydi.
Texnologik xossalari esa po‘latga bosim ostida ishlov berish, qirqib, quyib, payvandlab va boshqa usullarda ishlov berishga chidamligi va qulaylik xususiyatidir.
Termik ishlash po‘latning fizik-mexanik xossalarini yaxshilaydi. Po‘latni termik ishlashni quyidagi: toblash, bo‘shatish, yumshatish, me’yorlash kabi turlari bor.
Toblash po‘latni 800-9000S gacha qizdirish, suv yoki moyda tez sovitishdan iborat. Po‘lat toblanganda uning mustahkamligi va qattiqligi ortadi, lekin zarbiy qovushoqligi pasayadi. Toblangan po‘latni bo‘shatish 200-3500S gacha asta-sekin qizdirish, bu haroratda saqlab turish va keyin havoda asta sekin sovutishdir. Po‘lat bo‘shatilganda uning qattiqligi pasayadi, lekin qovushoqligi ortadi. YUmshatish-po‘latni ma’lum haroratgacha qizdirish, bu haroratda saqlab turish va o‘choqda sekin sovitishdir. Po‘lat qattiqligini pasaytirish va qovushoqligini oshirish uchun yumshatiladi Po‘latni me’yorlash - yumshatishning bir turi bo‘lib, uning toblanish haroratidan past haroratgacha qizdirish, bu haroratda saqlab turish va havoda sovitishdan iboratdir. Po‘lat me’yorlashtirilganda uning qattiqligi, mustahkamligi va zarbga qovushoqligi ortadi. Po‘lat buyumlar sirt qatlamlarining mustahkamligi va qattiqligini oshirish uchun sirti yuqori chastotali tok bilan toblanadi, shuningdek, sementatsiya(po‘latning sirtiga uglerod singdirib qattiq qilish) qilinadi.
Po‘lat buyumlar tayyorlashda suyuqlantirilgan po‘lat qoliplarga quyib chiqiladi. Ulardan chiqarib olingan po‘lat quymalar bosim bilan ishlanadi. Bosim bilan ishlash po‘latning yuqori plastik xossalariga asoslangan, bunda po‘lat quymaning shakligina emas, balki uning xossalari ham o‘zgaradi. Po‘lat quymalarni bosim bilan ishlashning: prokatlash, cho‘zish, bolg‘alash, shtamplash va zichlash kabi usullari mavjud.
Prokatlash-profillangan po‘lat buyumlarni tayyorlashda ko‘p qo‘llaniladi. Prokatlashda po‘lat quyma prokat stanining aylanayotgan jo‘valari orasidan o‘tkaziladi, buning natijasida namuna siqiladi, cho‘ziladi va prokat jo‘valarning profiliga qarab kerakli shaklga (profilga) kiradi. Po‘lat sovuq holatda chig‘irlanadi. Issiqlayin chig‘irlanadigan po‘lat sortamenti – yumaloq, kvadrat, tengyoqli yoki oyoqlari teng bo‘lmagan burchaklik po‘lat, shveller, qo‘shtavr balkalar, shpunt sepoya, quvur, profili takrorlanadigan po‘lat armatura va boshqalardir.
CHo‘zishda namuna o‘lchamidan kichik teshiklardan ketma –ket o‘tkazib ingichkalanadi, buning natijasida namuna siqiladi va cho‘ziladi. CHo‘zish jarayonida po‘lat qattiqligini oshiradigan va puxtalanish (naklyop) deb ataladigan narsa paydo bo‘ladi. Po‘lat odatda sovuq holatda cho‘ziladi, bunda buyumlar toza va silliq yuzali aniq profilga ega bo‘ladi. CHo‘zish usulida sim, kichik diametrli quvur, shuningdek yumaloq, kvadrat va olti burchakli chiviqlar tayyorlanadi.
Bolg‘alash-cho‘g‘langan po‘lat zagotovkani kerakli shaklga keltirish uchun bolg‘a zarblari bilan ishlashdir. Bolg‘alab turli po‘lat detallar (bolt, zulfin, halqa va hokazo) tayyorlanadi.
SHtamplash – bolg‘alashning bir turi bo‘lib, bunda po‘lat bolg‘a zarblari ostida cho‘zilib, shtamp shaklini oladi. Detallarni issiq va sovuq holida shtamplash mumkin. Bu usulda juda aniq o‘lchamli buyumlar tayyorlanadi.
Presslash - konteynerdagi po‘latni matritsadagi chiqish teshigi orqali siqib chiqarish jarayonidan iborat. Presslash uchun quyma yoki prokatka qilingan po‘latlar dastlabki material bo‘lib xizmat qiladi. Bunday usulda har xil kesimli profillar, shu jumladan diametri katta bo‘lmagan va turli-tuman fason profillar olish mumkin.
Suyuqlayin profillash – taxta yoki yumaloq po‘latni prokat stanlarida shaklini o‘zgartirish jarayonidir. Taxta po‘latdan ko‘ndalangiga har xil shaklli egilgan profillar, yumaloq sterjenlardan esa sovuqlayin profillaydigan stanoklarda yassilash yo‘li bilan sovuqlayin yassilangan mustahkam armatura olinadi.
Metall ishlash sanoati keng turdagi turli po‘lat buyumlar chiqaradi (42-rasm).
CHig‘irlangan burchakli po‘lat teng yonli va teng yonli bo‘lmagan burchak ko‘rinishida tokchalarning kengligi 20-250mm ga teng qilib chiqariladi; shveller balandligi 50-400mm va tokchalarning kengligi 32-115mm; oddiy va keng tokchali qo‘shtavrlar chiqariladi. Oddiy qo‘shtavrlarning balandligi 100-700mm, keng tokchaligi 1000mm gacha bo‘ladi. Tokchalari kengligining balandligiga nisbati 1:2 dan (balandligi kichik bo‘lganda) 1:3 gacha (balandligi katta bo‘lganda) o‘zgaradi.
Profil po‘lat turli-tuman qurilish qurilmalarini (sanoat va fuqaro binolarining sinchlari va fermalari, ko‘priklarning qulochli qurilmalari, tom sarrovlari, elektr uzatish liniyalarining tayanchlari, binolarni yoritish chiroqlari va hokazo ) payvandlash yoki parchinlash yordamida tayyorlash uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari maxsus profilli chig‘irlangan va shtamplangan po‘latdan sanoat va jamoat binolarining deraza panjaralari tayyorlanadi.







42-rasm. CHig‘irlangan po‘latlar sortamenti
a-tengyonli burchaklik; b-yoqlari turli burchaklik; v-shveller; g-qo‘shtavr; d-kran yuradigan rels; e-yumaloq; j-kvadrat; z-tasma; i-tirnoqli;k-taxta; l-taram-taram; m-to‘lqinsimon

43-rasm. Po‘lat armatura turlari
a-silliq sterjen; b-takrorlanuvchi profilli issiqlayin chig‘irlangan, sinf A-II; v-sinf A-III shuning o‘zi; g-to‘rt tomondan sovuqlayin yassilangan; d-shuning o‘zi, ikki tomondan; e-buralma.
Kvadrat kesimli chig‘irlangan, shuningdek yo‘lli po‘latdan qurilishda turli maqsadlarda foydalaniladi. YUmaloq po‘lat, asosan, temir-beton uchun armatura sifatida ishlatiladi.
CHig‘irlangan taxta po‘latning quyidagi turlari mavjud: eni 600-3800 va qalinligi 4-160mm chig‘irlangan qalin taxta po‘lat; eni 600-1400 va qalinligi 0,5-4mm chig‘irlangan yupqa taxta po‘lat; eni 510-1500 va qalinligi 0,5-2mm taxta tunuka, shu jumladan, ruxlangan tunuka, shuningdek qat-qat(gofrirovka) qilingan va taram-taram taxta po‘lat.
Tirnoqli sepoya uchun chig‘irlangan po‘lat turli profilli qilib chiqariladi; u gidrotexnika qurilishida keng ishlatiladi.
Diametri 50-1620mm bo‘lgan butunligicha cho‘zib va payvandlab yasalgan po‘lat quvurlardan gaz va neft quvurlarining asosiy tarmoqlarida, suv bilan ta’minlash, isitish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Po‘lat armaturalar temir-betonning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi va u buyum yoki qurilmalarni beton bilan birgalikda uzoq vaqt ishlash davrida o‘z mustahkamligini yo‘qotmasligi lozim. Armatura, asosan, buyum va qurilmaning cho‘zuvchi kuchlar ta’sir qiladigan joylarida o‘rnatiladi va u bu kuchlarga bardosh berishi kerak.
Armatura po‘lati tayyorlash usuli sterjenlar profili va ishlatiladigan sohasi bo‘yicha turlarga bo‘linadi. Armatura po‘lati issiqlayin chig‘irlanib, sterjen va sovuqlayin chig‘irlangan sim tayyorlanadi. Sterjenlarning profiliga qarab (sirtining qandayligiga qarab) sterjen va sim armatura ko‘rinishi silliq va profilli bo‘ladi. Ishlatilish sharoitlariga qarab armatura po‘lati taranglanadigan va taranglanmaydigan, ya’ni oddiy va oldindan taranglangan temir-beton qurilma armaturalariga bo‘linadi (43-rasm).
Sterjenli armatura, odatdagidek, issiqlayin prokatka qilinib, sovuq holatda cho‘zib mustahkamlab va termik mustahkamlab chiqariladi.
Mexanik xossalarga qarab sterjen armatura shartli belgi A bilan sinflarga bo‘linadi. Issiqlayin chig‘irlangan armatura po‘lati sinflarining shartli belgilari: A-I, A-II, A-III, A-IV va boshqalardir. Termik mustahkamlangan armatura po‘latining sinfini belgilashda "t" indeksi qo‘shiladi, masalan At-III. CHo‘zib mustahkamlangan po‘lat dastlabki issiqlayin chig‘irlangan po‘lat sinfi bo‘yicha belgilanadi, lekin bunda qo‘shimcha ravishda "v" indeksi qo‘shiladi, masalan Av-III.
Issiqlayin chig‘irlangan va cho‘zib mustahkamlangan armaturaning asosiy mexanik xossalari oquvchanlik chegarasi, cho‘zilishga mustahkamlik chegarasi va cho‘zilishga sinab aniqlanadigan nisbiy uzayishidir. Bundan tashqari, sovuq holatda armaturaning egilishga qarshiligi sinaladi. Armatura po‘latining sinflar bo‘yicha mexanik xossalari 12-jadvalda keltirilgan.
Sterjenli armaturaning mexanik xossalari 12-jadval.

Armatura po‘latining sinfi

Sterjenlar diametri, mm

Oquvchan-lik chegarasi,
MPa

CHo‘zilishga mustahkamlik chegarasi,
MPa

Nisbiy uzayi-shi,%

Sovuq holatda egilish burchagi, grad: S-opravka qalinligi,d- ster-jen diametri

kamida

A-I
A-II
A-III
A-IV
A-V
A-VI

6-40
8-80
6-40
10-32
10-32

235
295
390
590
785
980

375
490
590
885
1030
1225

25
19
14
8
7
6

1800; S=0,5
1800; S=3d
900; S= 3d
450; C=5d
450; S=5d
450; S=5d

At-IV
At-V
At-VI
At-VII

10-28
10-28
10-28
10-28



590
785
980
1180



785
1030
1200
1400

9
7
6
5

450; S=5d
450; S=5d
450; S=5d
450; S=5d

Izox: Opravka - qisqich bo‘lib, u kesuvchi asbobni yoki ishlanayotgan detalni qisib qo‘yiladigan moslama hisoblanadi.
A-I sinfidagi armatura po‘lati St3, St3ps va St3kp markali uglerodli po‘latdan, diametri 10-40mm A-II sinfidagi – St5 markali uglerodli po‘latdan, diametri 40-90mm bo‘lgan armatura 18G2S markali kam ligerlangan po‘latdan, diametri 6-8mm – 18G2S markali kam legirlangan po‘latdan; A-III sinfidagi 6-40mm – 25G2S markali kam legirlangan po‘latdan; A-IV sinfidagi armatura – 20XG2S markali kam legirlangan po‘latdan (taranglangan armaturali qurilmalar uchun) tayyorlanadi. A-I sinfidagi armatura po‘latidan qilingan sterjenlar yumaloq holda, A-II, A-III, A-IV sinfidagi sterjenlar takrorlanadigan profilli qilib etkazib beriladi.
SHuningdek, armatura simi va armatura sim buyumlari ham ishlab chiqariladi. Armatura simi taranglanmaydigan V-I sinfda, sovuqlayin chig‘irlangan (kam uglerodli) va taranglanadigan armatura esa (uglerodli) V-II sinfda bo‘lishi mumkin. Bu armatura 3-8mm diametrli qilib silliq holatda (V-I va V-II sinf) va takrorlanadigan profilli holatda (Vr-I va Vr-II sinf) ishlab chiqariladi. Takrorlanadigan profil bitta diametrli tekislikda simning silindrik yuzasidan tez-tez takrorlanadigan o‘yiqlar hisobiga hosil qilinadi. Silliq armatura simining mexanik xossalari: cho‘zilishga mustahkamlik chegarasi 8 mm diametrli sim uchun 1400 MPa va diametri 3mm bo‘lgan sim uchun 1900 MPa; oquvchanlik chegarasi tegishlicha 1120 va 1520 MPa.
Diametri 10mm dan kichik armatura po‘lati o‘ramlar (kalavalar) tarzida diametri 10mm va undan ortiq armatura po‘lati uzunligi 6-12m bo‘lgan chiviq tarzida chiqariladi. Armatura simi kalavalar tarzida (bunda har bir kalava bitta bo‘lakdan iborat bo‘lishi kerak), eshilmagan armatura esa o‘ramlar yoki g‘altaklarga o‘rab chiqariladi. Hozirgi zamon qurilishida rangli metallar sof holda kamdan-kam ishlatiladi. Asosan, ba’zi rangli metallarning qotishmalaridan, masalan, alyuminiy, mis, rux, qo‘rg‘oshin, qalay, marganets qotishmalaridan foydalaniladi. Ular zichligi kamligi, plastikligi va zanglashga bardoshliligi, shuningdek, manzaraliligi bilan ajralib turadi.
Alyuminiy va uning qotishmalari. Alyuminiy zichligi 2,7 g/sm3 bo‘lgan kumushsimon-oq rangli engil metalldir. U plastik, yaxshi chig‘irlanadi va quyiladi, suyuqlanish harorati 6570S. Alyuminiy sirtidan himoyalovchi oksid pardasining hosil bo‘lishi hisobiga havoda zanglashga yuqori darajada chidamli bo‘ladi. Qurilishda alyuminiy sof holda qism(detal)lar quyib tayyorlashda, alyuminiy bo‘yoqlarda foydalaniladigan juda nozik kukun ko‘rinishidagi folga tayyorlash uchun, shuningdek, g‘ovak betonlarda gaz hosil qiluvchi sifatida ishlatiladi.
Alyuminiy qotishmalari alyuminiyga mis, marganets, magniy, kremniy qo‘shib olinadi. Bu qotishmalar alyuminiyga nisbatan yuqori mustahkamlik va plastiklikka ega hamda zanglashga bardoshlidir. Qurilishda alyuminiy qotishmalarning ichida alyuminiy-marganetsli, alyuminiy-magniyli, dyuralyuminiyli [alyuminiyning mis (5,5% gacha), magniy (0,8% gacha), kremniy (0,8%) va marganets (0,8%) bilan qotishmasi] qotishmalari va dyuralyuminiy qotishmada mavjud bo‘lgan qo‘shimchalarning nisbati bir oz boshqacha bo‘ladigan alivil ko‘p ishlatiladi.
Alyuminiy qotishmalaridan chig‘irlangan(prokatlangan) buyumlarning har xil turlari tayyorlanadi: burchaklik, shveller, qo‘shtavr, yassi va nova(gofrlangan) qilingan taxtalar, quvurlar va hokazo. Hozirgi vaqtda alyuminiy qotishmalari ishlatiladigan soha ancha kengaygan. Ulardan katta qulochli inshootlar, ishqorli muhitli ximiya korxonalarining qurilmalari, yig‘iladigan va qismlarga ajraladigan engil qurilmalar, vitrina hamda deraza panjaralari uchun, shuningdek ixotalovchi qurilmalar uchun, masalan, alyuminiy qotishmalari bilan qoplangan va o‘rtadagi qatlami issiqlik o‘tkazmaydigan materialdan qilingan uch qatlamli osma panel yopiladigan panel, osma shiplar va balkonlarni ixotalash uchun foydalanish tavsiya qilinadi.
Qurilmalarning alyuminiy qotishmalaridan yasalgan qismlari parchinlab, boltlar bilan, shuningdek, payvandlash yoki elimlash yordamida biriktiriladi.
Mis va uning qotishmalari. Mis - qizg‘ish rangli yumshoq, plastik metall bo‘lib, zichligi 8,9 g/sm3, suyuqlanish harorati 10830S va cho‘zilishga mustahkamlik chegarasi 200 MPa ga teng. Misning issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi yuqori. Qurilishda sof holda amalda undan foydalanilmaydi, lekin turli qotishmalarda u asosiy tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi.
Misning rux (40% gacha) bilan qotishmasi latun deb ataladi. Bu qotishmaning mexanik xossalari yuqori, issiq va sovuq holida yaxshi ishlanadi. Qurilishda latundan taxta, chiviq, sim, quvur, shuningdek bino intererlarining me’moriy bezaklari uchun buyumlar tayyorlanadi.
Misning qalay, alyuminiy, marganets yoki nikel bilan qotishmasi bronza deb ataladi. Bronza yuqori mexanik, quyma, manzarali xossalarga ega va zanglashga chidamli. Qurilishda bronzadan binoning ichki uskunalari uchun [sanitariya-texnika armaturalari, furnitura(yordamchi material) va boshqalar] uchun foydalaniladi.
Rux - ko‘kimtir-oq rangli metalldir. Uning zanglashga bardoshligi yuqori, shu sababli har xil po‘lat buyumlarni (tunuka, ichida qoldiriladigan detallar, boltlar va boshqalar) ruxlash uchun ishlatiladi.
Qo‘rg‘oshin- Kulrang-ko‘k rangli og‘ir metalldir. U yaxshi quyiladi va chig‘irlanadi, sulfat kislota va xlorid kislota ta’siriga turg‘un, rentgen nurlaridan himoyalanishda yuqori xossalarga ega. Qurilishda qo‘rg‘oshindan maxsus quvurlar, quvurlar, zanglashga chidamli qoplamalar, namdan himoyalashning alohida turlari [metropoliten tunnellari tyubing(tunnel qurilishida ishlatiladigan cho‘yan halqa)lari] tayyorlanadi.
Qurilishda so‘nggi yillarda ba’zi rangli metallar va ularning qotishmalari o‘rnida plastmassa, shisha, kimyoviy usulda ishlov berilgan taxta-yog‘och va boshqa arzon, ko‘p uchraydigan materiallar ishlatilmoqda.

Metallar korroziyasi va ularni himoyalash usullari.Zаmоnаviy qurilishni mеtаll mаtеriаllаrsiz tаsаvvur etib bo`lmаydi. Mеtаllаr binо vа inShооtlаrning kоnstruktiv qismlаridа-pоydеvоr, dеvоr, tоm, kаrkаs vа Sh.k. kuShаytiriShdа, yuk ko`tаrаdigаn kоnstruksiyalаr, tеmirbеtоn tаyuorlаShdа, qоplаmа mаtеriаllаr, binоlаrni iShki vа tаShqi tоmоndаn bеzаShdа iShlаtilаdi. Mеtаllаr bоShqа mаtеriаllаrgа nisbаtаn yuqоri mustаhkаmligi, plаstikligi, tеrmik vа kimyoviy iShlоv bеriShimkоniyati bilаn аjrаlib turаdi. Mеtаllаr yuqоri plаstiklik, еtаrli bo`lmаgаn mustаhkаmlik vа qаttiqlikkа egа bo`lmаgаni uchun tоzа хоldа iShlаtilmаydi. Mеtаllаr аsоsаn bоShqа mеtаllаr vа nоmеtаllаr bilаn qоtiShmа hоldа iShlаtilаdi.


Mеtаllаr qоrа vа rаngli mеtаllаrgа bo`linаdi. Qоrа mеtаllаr-po`lаt vа Cho’yantеmir vа uglеrоdning qоtiShmаsidir. Аgаr tеmir tаrkibigа uglеrоd 2% gаchа kiritilsа po`lаt, 2% ko`p kiritilsа Cho’yanhоsil bo`lаdi.
Rаngli mеtаllаrgа mis, аlyuminiy, mаgniy, titаn, nikеl, ruh qаlаy, qo`rg`оShin vа bоShqаlаr kirаdi. Rаngli mеtаllаr еr yuzidа kаm uShrаydi vа mеtаll ishlаb shiqаriShni 5% tаShkil etаdi.
Qurilishdа rаngli mеtаll vа qоtiShmаlаrdаn еngil vа kimyoviy muhitlаrgа shidаmli kоnstruksiоn elеmеntlаr, bеzаk buyumlаri vа bоShqа mаtеriаllаr vа qismlаr tаyuorlаnаdi. Qurilishdа аrхitеkturа qismlаri аsоsаn аlyuminiy mеtаlli vа uning qоtiShmаlаridаn tаyuorlаnаdi.
Qоrа mеtаllаr

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin