4-ma’ruza. Shifrator va deshifratorlar. Ularning turlari, tuzilishi va ishlash printsiplari



Yüklə 2,12 Kb.
tarix11.10.2023
ölçüsü2,12 Kb.
#153502
4-ma’ruza. Shifrator va deshifratorlar. Ularning turlari, tuzili-genderi.org


4-ma’ruza. Shifrator va deshifratorlar. Ularning turlari, tuzilishi va ishlash printsiplari

4-MA’RUZA. SHIFRATOR Va DESHIFRATORLAR. ULARNING TURLARI, TUZILISHI VA ISHLASH PRINTSIPLARI
Ma’ruzachi: F.S.Irisqulov
Dars rejasi:


Tayanch iboralar: Shifratorlar, deshifratorlar, CD-coder, DC-decoder, to‘liq emas va to‘liq kombinatsion mantiqiy qurilmalar, yetti segmentli yorug‘lik indikatori, ikkilik-o‘nlik kodni yetti segmentli kodga o‘zgartirish, ikkilik-o‘nlik kodni yetti segmentli indikatorda akslanishi
Shifratorlar va ularning ishlash printsiplari
Shifrator (CD- coder) - kirish yo`lidagi birlik signalni n razryadli ikkilik kodga aylantiradigan EHM ning aniq uzelidir.
Boshqacha qilib aytganda shifrator 10-lik kodni 2-lik kodga aylantirib berish uchun xizmat qiladigan operatsion elementdir. Shuning uchun shifratorlar raqamli texnikaning va EHMlarning kiritish qurilmalarida o‘nlik kodlarni ikkilik kodlarga o‘zgartirishda keng qo‘llaniladi.
Shifratorning kirish va chiqish yo‘llari soni m=2n munosabat bilan belgilanadi.
Shifrator m ta kirish va n ta chiqishga ega bo‘lib, kirishlardan biriga berilgan signalni chiqishda n – razryadli parallel kodga o‘zgartiradi. Agar shifrator n ta chiqishga ega bo‘lsa, u holda uning kirishlari soni 2 n dan kam bo‘lmasligi kerak. 2n kirish va chiqishga ega bo‘lgan shifrator to‘liq shifrator, agar shifrator kirishlari soni 2 n dan kam bo‘lsa, u to‘liq emas bo‘lgan shifratorlar deb ataladi.
Shifrator chiqishlari soni doim kirishlari sonidan kam bo‘lganligi sababli, aloqa liniyalari cheklangan hollarda turli qurilmalar o‘rtasida ma’lumot almashish uchun ham qo‘llaniladi.
http://genderi.org
Yüklə 2,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin