12-misol 60 + 40 = 100 50 + 50 = 100 62 + 20 = 82 80 + 20 = 100
83 + 10 = 93 46 + 54 = 100 56 + 44 = 100 87 + 13 = 100
Bugungi darsda o’tilgan mavzu yana bir bor eslatiladi, uyga vazifa tushuntiriladi va dars davomida qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
-dars
Mavzu: 100 dan bir xonali sonni ayirish
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:raqamlar,tartib son,matematik amallar Soatlar soni: 1 soat
Mavzuning qisqacha ta’rifi: O’quvchilarga 100 dan bir xonali sonlarni ayirish bo’yicha misol va masalalar mavzusini hayot bilan bog’lagan holda tushuntirish va misol- masalalar yechish malakasini mustahkamlash
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: Metod: Bahs-munozara,blits so’rov,”Aqliy hujum ”usuli, taqdimot, tushuntirish, savol - javob. Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun. Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar. Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi. Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
Darsning maqsadi
Maqsadlar: Ta’limiy:. O’quvchilarga 100 dan bir xonali sonlarni ayirish bo’yicha misol va masalalar mavzusini hayot bilan bog’lagan holda tushuntirish va misol- masalalar yechish malakasini mustahkamlash Tarbiyaviy:O’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash,komil inson sifatida voyaga yetishiga hissa qo’shish.Ajdodlarimiz buyuk merosi bilan o’quvchilarni tanishtirish.