4-Amaliy mashg’ulot. Hujayralarning mitotik va hayotiy sikli. Hujayra poliferasiyasi O‘quv jihozlari


Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar



Yüklə 38,3 Kb.
səhifə2/2
tarix22.12.2023
ölçüsü38,3 Kb.
#190633
1   2
4-Amaliy mash Hujayralarning mitotik sikli .Hujayra polferasiyasi

Mustaqil tayyorlanish uchun topshiriqlar.
I. Mavzuni o‘ rganib, quyidagi savollarga javob toping:
1. Hujayra sikli va mitoz sikli tushunchalarini izohlab bering.
2. Interfaza davrlarida kechadigan jarayonlarni tushuntiring.
3. Mitoz va meyozga kirishayotgan hujayrada xromosomalar va
DNK miqdori qancha bo‘ ladi?
4. Mitozda kariokinez va sitokinez, sitototomiya jarayonlarini
tushuntiring.
5. Reduksion va ekvatsion b o ‘ linishi tushunchalarini izohlab
bering.
6 . Mitoz, 1- meyoz, 2- meyoz metafazalari orasidagi farqlarni
bilasizmi?
7. Anafazada xromosomalarning qutblarga siljishi mexanizmlarini
tushuntirib bering.



Mitozning ahamiyati. Mitoz tufayli — 1. Hujayrada irsiy moddaning yangi hujayralarga o‘tkazilishi; 2. Irsiy moddalarning yangi hujayralarga teng taqsimlanishi; 3. Organizmlar o'sishi, rivojlanish, regeneratsiyalanishi ta’minlanadi.
Meyoz jinsiy hujayralarning yetilish usulidir. Meyoz natijasida qiz hujayralarda xromosomalarning gaploid to‘plami hosil bo‘ladi. Meyozda ham bo‘linuvchi hujayralar avval interfazadan o‘tadilar. Meyoz ikkita ketma-ket keluvchi (1- meyoz, 2- meyoz) jarayonlardan iborat. Ularning birinchisini reduksion bo'linish, ikkinchisi esa ekvatsion bo‘linish deb yuritiladi (10- rasm).
Asosiy o‘zgarishlar 1- meyozda va lining /- profazasida kuzati- ladi. 1- profaza 5 ta (leptotena, zigotena, paxitena, diplotena, diakinez) bosqichdan iborat. Bu bosqichlarda gomolog xromo- somalar yaqinlashib (konyugatsiya), ular bir birlarining o‘xshash qismlari bilan almashinishadi (krossingover). I- metafazada ekvatorga bivalentlar (tetradalar) holida ikki qator bo‘lib joylashadi. 1- anafazada gomolog xromosomalar bntunligicha qutblarga ajrala boshlaydi. 1- telofazada esa xromosomalari gaploid, DNK miqdori esa 2c bo‘lgan hujayralar hosil bo‘ladi. I meyoz va 2 meyoz orasida interfaza kuzatilmaydi. Qisqa interkinezdan keyin 2- profaza boshlanadi. 2- metafazada ayrim xromosomalar ekvatorga bir qator joylashadi. 2- anafazada xromosomalar xromatidalarga ajralib, qutblarga siljishni boshlaydi. 2- telofazada esa xromosomalar gaploid to‘plainiga (n), DNK gaploid miqdoriga (c) ega hujayralar hosil bo'ladi.
Meyozning biologik ahamiyati.

  1. Meyoz natijasida gaploid to‘plamli hujayralar hosil bo‘lganligi sababli, har bir turda xromosomalar soni doimiyligi qonuni saqlanadi.

  2. Meyoz vaqtidagi gomologik xromosomalar orasidagi krossingover jarayoni natijasida kombinativ o‘zgaruvchanlik kelib chiqadi, tabiiy tanlash uchun esa moddiy asos yaratiladi.

Yüklə 38,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin