36 – mavzu: Dunyo mamlakatlarida demografik siyosat Reja: Demografik siyosatning mazmuni va uni o‘tkazish uslublari



Yüklə 406,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix19.04.2023
ölçüsü406,68 Kb.
#100755
1   2   3   4   5   6
Lecture - 36

Soliq imtiyozlari. Soliq imtiyozlari xilma-xil bo'lib, ularni qo‘llash tajribasi 
mamlakatlar bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. 


Soliq imtiyozlarini qo'liashning umumiy belgilariga quyida- gilarni kiritish 
mumkin: 
• 
er va xotinning daromadlarini alohida hisobga olish; 
• 
oilaviy nafaqalar (kamdan kam holatlarni hisobga olmaganda) soliqqa 
tortiladigan daromad miqdoriga kiritilmaydi; 
• 
yashash minimumi soliqqa tortilmaydi; 
• 
oilaning uy-joy sharoitini yaxshilash uchun sarflanadigan xarajatlari qisman 
yoki to‘liq soliqdan ozod qilinadi; 
• 
qator hollarda uy-joy solig'i kamaytiriladi (masalan, Ger- maniyada har bir 
farzandga 10 foizdan); 
• 
oilada boquvchining zimmasiga to‘g‘ri keladigan har bir oila a’zosining 
(boqimanda)ning hisobidan kelib chiqqan holda soliq stavkalarini kamaytirish. 
Uy-joy sotib olish uchun kreditlar. Tug'ilishni barqarorlashtirish yoki 
rag'batlantirish siyosatini olib boruvchi mamlakatlarning ko‘pchiligida uy-joyni 
kreditlashning maxsus dasturlari mavjud emas. Oilalarga uy-joy krediti berilgan 
hollarda ham bu kreditlash asl demografik maqsadlarni emas, balki oilaning 
tarkibiga, undagi farzandlarga bog‘Iiq bo'lmagan holda, oilaning yashash sharoitini 
yaxshilashni ko‘z!ab amalga oshiriladi. Daniya davlati bundan mustasno bo‘lib, bu 
yerda farzandli oilalarning uy-joy sharoiti aholining boshqa qismiga nisbatan 
yaxshiroq, mamlakatda uy- joyni ijaraga olish uchun subsidiyalar maksimal 15 
foizgacha, qo'shimcha subsidiya har bir farzandga 15 foiz miqdorda ajratiladi. 
Shunday qilib, ikki nafar farzandi bor oilaga ajratiladigan subsidiya miqdori 
45 foizni tashkil etadi. 
Qonunga ko'ra, hozirgi davrda har bir yetarli daromad darajasiga ega bo'lgan 
oila omonat banki yoki boshqa tijorat bankidan ma’lum foiz hisobida kredit olishi 
mumkin. Mavjud uy-joy kreditlash tizimini ipoteka krediti misolida ko'rib chiqsak. 
Kreditning asosiy shartlari: 
• 
kredit oluvchida sotib olinayotgan uy-joyning 20-30 foizidan kam bo'lmagan 
pul mablag'larining mavjud bo'lishi; 


• 
kreditni oyma-oy oila budjetining 40 foizidan ortiq bo'lmagan miqdorda 
to'lash imkoniyati; 
• 
kredit oluvchi tomonidan zayomning ta’minlanishi. 
Ipoteka krediti miqdori 17 000 dollardan 20 000 dollargacha 
bo'lib, 15 foiz ustama bilan 10-15 yil muddatga beriladi. Kredit miqdoridan qat’iy 
nazar kreditni reallashtirish uchun ketadigan xarajat taxminan 2,5 ming dollarni 
tashkil qiladi.. Ko'rinib turibdiki, kreditlashning bunday sxemasida ko'pchilik 
salohiyatli istemol- chilar bozordan uzilib qoladi. Sababi, yosh oilalar ham, ko'p 
bolali oilalarda ham kreditni ko'pgina shartlarini bajarish, ayniqsa, birinchi kredit 
uchun mablag'ni to'lash va garovga mulk qo'yish imkoniyati yo'q. 
Tug'ilishning turg'unligini ta’minlash va uni rag'batlan- tirishning turli chora-
tadbirlarini amalda qo'llagan turli mamlakatlarning tajribalari shuni ko'rsatadiki, bu 
borada aniq muvafaqqiyatga olib keluvchi universal strategiya mavjud emas. 
Demografik siyosat investitsiyalari samaradorligini kamayishining asosiy sababi 
oiladagi farzandlar soni va ularning tug'ilish muddatlari masalasida individual 
qabul qilinish lozim bo'lgan qarorlarga tashqaridan ta’sir qilishga nisbatan 
jamoatchilik fikrining o'zgarishidir. 
2. 
Tug‘ilishning iqtisodiy rag‘batlashtirishi miqyoslarini aniqlashda uchta fikr-
mulohazadan kelib chiqish lozim. Birinchidan, bolali oilalarga beriladigan 
nafaqalarning miqdori farzandlarni boqishga ketadigan real xarajatlar miqdoriga 
mos kelmaydi va hech bo'lmaganda rag'batlantiruvchi natijaga erishish uchun 
nafaqalarni printsipial oshirish lozim. Mutaxassislaming fikricha, jamiyatining 
hisobiga emas, aksincha ularning qiziqishlari yo'Iida amalga oshirilsagina 
strategiya samarali bo'lishi mumkin. Bu siyosat deklaratsiya emas, biroq real 
faoliyatning zamonaviy ta’minotidir. Bu faoliyat natijasida rivojlangan 
mamlakatlarda ilgari ham, hozirda ham inson kapitalini rivojlantirishga anchagina 
mablag'larning investitsiyasi davom etib kelmoqda. Buni sog'liqni saqlash 
strategiyasida qo'llanilganda eng kamida quyidagi asosiy tamoyillarga amal 
qilishni anglatadi. 


Sog'liq huquqini insonning eng muhim huquqlaridan biri deb tan olinishi. Davlat 
har bir insonning qadrini, shuningdek salomatlik borasida barcha insonlarning 
huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarining tengligini tan oladi va tasdiqlaydi. 
Salomatlik va uni muhofaza qilish masalasida adolatlilik. Salomatlik va uni 
muhofaza qilish ikkita asosiy jihatni o'z ichiga oladi: kambag'allik va u bilan 
bog'liq salomatlik va xavf soluvchi amallami qisqartirishga yo'naltirilgan ijtimoiy-
iqtisodiy siyosat olib borish; alohida ehtiyojlarga ega bo'lgan (sog'Iig'idagi 
muammolar, ijtimoiy va iqtisodiy holatga ko'ra) aholi guruhlarini izolyatsiyadan 
himoyalash va ularga kerakli tibbiy-sanitar yordamni olishlari uchun imkon 
yaratish. 
Alohida insonlar, aholi guruhlari, tashkilotlar va jamoat sektorlarining 
sog'liqni saqlash faoliyatidagi ishtiroki va javobgarligi. Bu tamoyil salomatlik 
fenomenining multifaktor tabiatini tushunishga asoslangan va ikkita asosiy 
elementdan: barcha sektorlar salomatlik uchun javobgarlikni tan olishlari va ularni 
sog'liqni saqlash faoliyatiga jalb qilishining samarali mexanizmlarini ishlab chiqish 
hamda sog'liqni saqlash masalalariga tegishii siyosatni ishlab chiqilishi va amalga 
oshirilishida aholining ishtirokidan iborat. 
Salomatlikni mustahkamlash va o'limni kamaytirish sohasidagi siyosatni 
ishlab chiqishda epidemiologik o'tish tarixi va epidemiologik jarayonlarning 
hozirgi holatini hisobga olish inson hayotini, uning faol va sog'lom davrini 
maksimal uzaytirish singari uzoq muddatli ulkan maqsadlar bilan bir qatorda real 
holatda adekvat bo'lgan maqsad va vazifalarni o'z oldiga qo'yishni nazarda tutadi. 
Bunday masalalar jumlasiga aholining ba’zi yosh-jins guruhlari, ijtimoiy xavf 
yuqori (ishsizlar, nogironlar. yolg'iz qariyalar va hokazo) guruhlari orasidan o'lim 
va kasallanishning alohida sabablari dinamikasidagi salbiy tendentsiyalarni 
yengish zaruriyati kiradi. Bu maqsadlar doirasida amalga oshiriladigan dasturlar 
ko'p jihatdan shoshilinch tavsifga ega bo'lsa-da, kishi- larning hayoti va 
salomatligini saqlash uchun kurashlarning bosh strategiyasiga qarshilik qilmaydi. 
Bundan tashqari, salomatlik va o'lim trendlarining ko'pchilik salbiy o'zgarishlari 
ushbu sohadagi ijtimoiy siyosatning kontseptual va taktik kamchiliklari natijasida 


yuzaga kelganligi sababli, inqirozga qarshi dasturlar bosh stra- tegiyaning asosiy 
to'g'rilovchi dastagi bo'lib xizmat qiladi. 
Kambag'allik va qashshoqlikning ko'payib ketishi alohida bir muammolar 
guruhini vujudga keltiradi. Tibbiy yordam va dori- darmonlarning qimmatlashuvi, 
bepul yordamning kamayishi va uning sifati pasayishi sog'liqni saqlash sohasida 
ijtimoiy tartib- sizlikka olib keladi hamda xatarni kuchaytiradi. Shunday guruh- 
lardan biri qariyalar o'lim ko'rsatkichining o'sib borishida ko'rinadi. Kam 
ta’minlangan, ko'pbolali va notugal oilalarda ham shunday 
holat uchraydi. 
Kelib chiqqan holatni, muammoni yechishga qaratilgan 
masalalar quyidagilardan iborat: 
• 
yosh bolalar va o'smirlarning sog'lig'ini mustahkamlash va jarohatlanish, 
zaharlanish, chekish, spirtli ichimliklarni va narkotiklarni iste’mol qilishdan 
saqlash; 
• 
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish; 
• 
aholi salomatligini nazorat qilish va tibbiy yordamni kuchay- 
tirish; 
• 
aholining salomatligini, birinchi navbatda, ish yurita oladigan yoshdagilarda 
jarohat zaharlanish oldini olish va qon aylanish tizimi kasalliklarini hamda 
yuqumli patalogiyalarning nuqsonlarini 
bilib olish; 
• 
keksalarning sog'lig'ini saqlash, onkologik, endokrin va 
yuqumli kasalliklarning oldini olish. 
Aholining ko'p qismi doimiy stress holatida bo'lishi, tibbiy yordamning 
dolzarblik ahamiyatini oshiradi. Shu o'rinda aytish kerakki, tibbiy yordamni 
nafaqat davlat tashkilotlari, balki nodavlat tashkilotlar ham ko‘rsatsa maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Bu esa, o'z navbatida, aholi salomatligini mustahkamlashgava 
o'lim holatlarini kamaytirishga yordam beradi. 

Yüklə 406,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin