36 – mavzu: Dunyo mamlakatlarida demografik siyosat Reja: Demografik siyosatning mazmuni va uni o‘tkazish uslublari



Yüklə 406,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix19.04.2023
ölçüsü406,68 Kb.
#100755
  1   2   3   4   5   6
Lecture - 36



36 – mavzu: Dunyo mamlakatlarida demografik siyosat 
Reja: 
1. Demografik siyosatning mazmuni va uni o‘tkazish uslublari 
2. Tug‘ilish va oila sohasidagi demografik siyosat 
 
Demografik siyosat deganda, hozirgi davr hamda uzoq muddatli istiqbol uchun 
aholining takror barpo bo'lishi va dinamikasi sohasida muayyan bir sifat va 
miqdorga erishishni nazarda tutuvchi birlashgan vositalar va fikrlar birligining 
davlat miqyosida qabul qilingan tizimi tushuniladi. 
Demografik siyosatni o'tkazish quyidagi shart-sharoitlarga rioya qilishni talab 
etadi: 
• 
siyosatning maqsadini tavsiflovchi vazifa va vaqtini belgilovchi 
konsepsiyaning mavjudligi; 
• 
qabul qilingan konsepsiya doirasida siyosatning barcha tadbirlarini 
moliyalashtirishga sarflanishi zarur bo'lgan resurslar; 
• 
o'tkazilayotgan siyosatning asosiy strategik fikrlarini qo'llovchi o'zaro 
mutanosib fikrlar. 
Aytish joizki, demografik siyosatni o'tkazish uchun iqtisodiy, ma’inuriy-
huquqiy va ijtimoiy-psixologik uslublardan foydalaniladi. 
Iqtisodiy uslub asosan tug'ilish darajasi aholi ko'payishini ta’minlay olmagan 
hollarda qo'llaniladi. Bu uslubda davlat tomonidan homilador ayollarga farzand 
ko'rgandan keyin va farzandi 2-3 yoshga to‘lnunga qadar maxsus nafaqalar 
ajratiladi hamda turli imtiyozlar beriladi. 
Ma’muriy-huquqiy uslubda aholining takror barpo bo'lishiga qonun 
hujjatlari orqali ta’sir ko'rsatiladi. Masalan, bu uslub abortlarni qonun yo'li bilan 
ta’qiqlash, nikohga kirish yoshini ko'tarish, aholining migratsion harakatini 
cheklash yoki rivojlantirish, er-xotin ajrashganda ona va bola huquqlarini himoya 
qilish, homilador ayolni ishga qabul qilishda yoki bo'shatishda ularning 
huquqlarini himoyasi va boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi. 


Demografik siyosat o‘tkazishning ijtimoiy-psixologik uslubi aholini 
«demografik tarbiyaiash» deb ham ataladi. Aholini demografik tarbiyalash orqali 
yosh avlodning oilaga, oilada kutilayotgan farzandlar soniga boMgan munosabatini 
davlat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga, aholi salomatligiga mos ravishda 
shakllantiriladi. Bunda oila asosiy tarbiya o‘chog‘i hisoblanadi. Shuning uchun 
ham ota-onalarning «demografik savodxonligi»ga katta e’tibor beriladi. 
Demografik tarbiyaning yana bir muhim o'chog'i omma- viy axborot vositalari 
orqali aholining demografik mayliga ta’sir o'tkazish hisoblanadi. 
Demografik siyosatning istalgan strategiyasi doirasida davlat o'zining 
ijtimoiy jarayonlarini boshqarish huquqini amalga oshiradi. Shu bilan bir vaqtda, 
davlat tomonidan olib borilayotgan demografik siyosatning maqsad va vazifalari 
oqimida borayotgan aholi qismining xarajatlarini qoplash ham davlat zimmasida 
bo'ladi. Bunday siyosat turli ijtimoiy-demografik guruhlar, hududiy va etnik 
jamoalaming hayotiy qiziqishlari va qadriyatlariga mos ravishda maksimal 
differentsiallashgan bo'lishi lozim. Shundagina demografik dasturning u yoki bu 
jihatiga qiziquvchilaming soni kamayib, dasturlarni amalga oshirish xarajatlarining 
samaradorligi oshishi mumkin. 
Shu bilan bir qatorda, siyosatchilar tug'ilish darajasining kamayishi bilan 
bog'liq bo'lgan demografik rivojlanishning salbiy tendentsiyalariga qaramay
demografik siyosatni olib borishda to'g'ri chiziqli qarorlarni qabul qilish, ya’ni 
konkret tordoiradagi demografik maqsadlarni ilgari surishni xohlaydi. Bunda 
ijtimoiy rivojlanishning global dasturlarida demografik yoki an’anaviy integratsiya 
siyosatiga ahamiyat beriladi. Demografik dasturlarga nisbatan bunday 
ehtiyotkorona munosabatalarni shakllantiruvchi asosiy sabablar quyidagilardan 
iborat: 
• 
ong va xulqning individuallashuvi davlatning bu yo'nalishdagi har qanday 
harakatlarini ommalashtirmaydi; 
• 
demografik investitsiyalar tez va muhim ijobiy natijalarga erishish imkonini 
bermasligi sababli davlat arboblarining siyosiy imidjini oshirmaydi; 


• 
demografik dasturlar xarajatlarni talab etadi. Masalan, bir marta erishilgan 
tug'ilish va o'lim darajasini bir maromda ushlab turish uchun ketadigan xarajatlar 
vaqt o'tishi bilan rasmiy ravishda oshirilib borishi lozim. Buning hisobiga 
demografik dasturlar, umuman jamiyatga foyda keltirmaydigandek bo'lib ko'rinadi. 
Bundan tashqari, aholi taklif qilingan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga 
tezda moslashib, keyinchalik ularga e’tibor qilmay qo'yadi. 
Shunday qilib, demografik siyosat aholi siyosatining uzviy qismi hisoblanib, u 
orqali kutilgan, istalgan aholining takror barpo bo'lish turiga erishish mumkin. 

Yüklə 406,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin