329 конференциялари технологияларига асосланади. Компьютер коммуникация технологиялари баҳслар, моделлаштириш, ақлий ҳужум, Дельфи методи



Yüklə 73,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix16.12.2023
ölçüsü73,73 Kb.
#181978
1   2   3   4   5   6
NamDPI Tezis 10.10.2023

 
ADABIYOTLAR TAHLILI: 
Ilmiy tadqiqotlarda xavfli holatlarda to’g’ri harakatlanish va ularning oldini 
olishga oid ishlar keng o’rganilib, o’quv va faoliyat jarayonlardagi muammolarga 
to’xtalib o’tilgan.
Mamlakatimizda pedagog olimlaridan, S.I.Xusanova, X.M.Akramov., 
A.B.Nabiyev va boshqalarning ta’lim muassasalarini boshqarish, ta’lim 
jarayonlarini tashkil etish va boshqarish muammolari bo’yicha ilmiy tadqiqotlarni 
amalga oshirganlar [5. 6. 7]. 
Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan 
L.A.Sorokina, V.F.Kupetskova tadqiqot ishlarida favqulodda vaziyatlarda 
talabalarni harakat qilish ko’nimalari shakllantirish tatbiq etilgan [3. 4]. 
TADQIQOT METODOLOGIYASI. 
Maqolada oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini baholash tizimi 
muhokama 
qilinadi. Uning asosiy tarkibiy omillari va qismlari tavsiflanadi. O‘zbekistonda oliy 
ta'lim muassasalarini reytingini aniqlash mezonlari tahlili qilindi va rivojlangan 
davlatlar mezonlari bilan solishtirildi. Oliy ta'lim sifatini baholash bo‘yicha 
yondashuvlar o‘rganildi. 
TAHLILLAR VA NATIJALAR 
“Aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida”gi [1] va “Fuqaro muhofazasi 
to’g’risida”gi [2], O’zbekiston Respublikasi Qonunlarida aholini favqulodda 
vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni eng muhim vazifa sifatida belgilaydi. 
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi 
“Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini 
tubdan oshirish chora-tadbirlar to’g’risida”gi 5066-sonli Farmonida favqulodda 
vaziyatlarni oldini olishdagi bir qator muammolarga to’xtalib o’tilgan [3]. 
Jumladan, “... aholi va hududlarni tabiiy ofatlar va texnogen avariyalar xavfidan 
muhofaza qilish bo’yicha muammolarni hal qilishda respublikaning ilmiy-tadqiqot 
salohiyatidan amalda to’liq foydalanilmayotgani” va “.... aholi va hududlarni 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash, qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi zamonaviy talablarga javob 
bermasligi”dagi muammolarni keltirilgan [2]. 
Xorijiy tadqiqotchilar tomonidan favqulodda vaziyatlarda to’g’ri 
harakatlanish ko’nikmalarini rivojlantirishda bir qator tahlillar o’tkazgan. 
Jumladan, V.F.Kupetskova o’zining tadqiqotida umumta’lim muassasalarida 
kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga xavfsiz xulq-atvor ko’nikmalarini 
rivojlantirishga e’tibor qaratgan. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarini 


332 
maktabdan tashqari mashg’ulotlarda xavfsiz xulq-atvorni shakllantirishni 3 
bosqichda amalga oshirishni tadqiq qilgan va modelini ishlab chiqqan: 
1-bosqich-axborot, ya’ni kichik yoshdagi o’quvchilarni xavf-xatarlar 
tushunchasi, ularni oldini olish va bartaraf etish bo’yicha bilimga ega bo’lishlari; 
2-bosqichda-motivatsion, xavfsiz xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish 
uchun motivatsiya beriladi; 
3-bosqichda-trening, xavfsiz xulq-atvor ko’nikmalarini qo’llash bo’yicha 
mashqlarni o’z ichiga olishni nazarda tutadi[3].
L.A.Sorokina o’zining tadqiqotida xavfli holatda to’g’ri harakatlanish 
ko’nikmalarini rivojlantirishda quyidagilarni amalga oshirgan: 
Xavfsizlik ko’nikmalarini rivojlantirishda kompleks diognostik baholash yani 
motvatsion-qiymat, kognitiv, operativ-faoliyat, tartibga soluvchi va refleksiv 
kompenentlarini e’tibor qaratgan[4]. 
SHuningdek mamlakatimiz olimlari S.I.Xusanova tomonidan esa uzluksiz 
ta’limda xavfsiz tizimini shakllantirishga alohida e’tibor qaratgan[5]. 
Talabalarni favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilish ko’nikmalarini 
rivojlantirishda tinglovchilarni ta’lim jarayonida xavfsiz harakatlanishini tizimili 
rivojlantirish uchun ta’lim tizimini anglagan holda: 
-
talabalarni xavfsizligini ta’minlash ko’nikmalarini rivojlantirish 
tizimini aniqlash; 
-
talabalar xavfsizligini ta’minlash tizimini ta’lim maqsadlari mazmuni, 
vosita va metodlarni belgilab olish va rivojlantirish; 
-
talabalar 
favqulodda 
vaziyatlarda 
xavfsizligini 
ta’minlash 
ko’nikmasini rivojlantirish tizimini pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish hamda 
takomillashtirish; 
-
OTM talabalarini xavfli vaziyatlarda xavfsizligini ta’minlash 
amaliyotini takomillashtirib borish uchun ilmiy asoslangan o’quv materiallar va 
qo’llanmalarni ishlab chiqish hamda pedagogik amaliyotga joriy etish dolzarb 
pedagogik muammo ekanligini ko’rishimiz kerak bo’ladi. 
Albatta, yuqoridagi omillar favqulodda vaziyatlarda talabalarni va aholini 
xavflardan 
muhofazalaydi. 
Demak, 
talabalarni 
favqulodda 
vaziyatlarda 
ko’nikmalarini rivojlantirish natijasida, biz xavfli holatlarni yuzaga kelishini va 
yuz bergan holda esa talafatlar miqdorini kamaytirish erishishimiz mumkin 
bo’ladi. 

Yüklə 73,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin