3-sinf matematikadan dars ishlanmalar 1-dars: 3-sinfda o‘tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish Darsning maqsadi



Yüklə 461,5 Kb.
səhifə2/6
tarix02.01.2022
ölçüsü461,5 Kb.
#44327
1   2   3   4   5   6
3-sinf matematikadan dars ishlanmalar 1-dars 3-sinfda o tilgan

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

Salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish. Mustaqillik bayrami haqida suhbat o‘tkazish.



II. O‘tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish:

Yangi mavzuni ekran orqali topshiriqlarni bajarish orqali tushuntiriladi.

Yuzliklar kvadrat bilan, o‘nliklar uchburchak bilan, birliklar doira bilan beriladi. O‘quvchilardan berilgan shakllarga qarab, sonlarni topish talab etiladi. Topilgan sonlar ajratilgan darchaga klaviatura orqali yoziladi. To‘g‘ri topilsa qarsak ovozi, noto‘g‘ri topilsa maxsus ovoz eshitiladi.

756, 980, 302, 444, 271, 900, 628, 832, 285, 1000

Masalan: 756 sonini olsak, 7 ta kvadrat, 5 ta uchburchak, 6 ta doira rasmi beriladi.


+ + =756


1-topshiriqda har bir qatordagi cho‘plarning soni so‘raladi.

O‘qituvchi o‘quvchilardan cho‘plarning miqdoriga qarab har bir qatordagi cho‘plarning sonini aytishi so‘raladi.

2-topshiriqni guruhlarda bajariladi. Guruhlarga teng miqdorda misollar tarqatiladi.

756, 980, 302, 444, 271, 900, 1000.

Bu sonlarda nechta yuzlik, nechta o‘nlik va nechta birlik bor?

Bu sonlar ichida nechta qaysi biri katta, qaysi biri kichik?

Berilgan sonlarni dastlab o‘sish tartibida so‘ngra kamayish tartibida joylashtiring.

Berilgan sonlardagi har bir raqam nimani anglatadi? –kabi savollar beriladi. Savollarga berilgan javoblarni o‘qituvchi tomonidan tekshirib boriladi.

3-topshiriqni guruhlarda yuqoridagi topshiriq kabi bajariladi.

4-masala dastlab qisqa sharti yoziladi so‘ngra yechiladi.



Berilgan:

7 ta ko‘ylak - 21 m,

9 ta ko‘ylak -? m.


Yechish.

  1. 21:7= 3 (m) bitta ko‘ylakka sarflangan mato.

  2. 9*3=27 (m) mato sarflandi.

Javob: 9 ta ko‘ylakka 27 m mato sarflandi.


Yüklə 461,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin