3-mavzu: ta’lim samaradorligini oshirishga zamonaviy yondashuvlar (2 soat amaliy mashg‘ulot). Reja


Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni bir necha turga bo‘lish mumkin



Yüklə 28,44 Kb.
səhifə3/6
tarix08.04.2022
ölçüsü28,44 Kb.
#54993
1   2   3   4   5   6
3-mavzu matni

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni bir necha turga bo‘lish mumkin:

  1. Muammoli ta’lim texnologiyalari.

  2. Didaktik- o‘yinlarga asoslangan texnologiyalar.

  3. Hamkorlik texnologiyalari.

  4. Modulli texnologiyalar.

Modulli texnologiyalar- eng zamonaviy texnologiya bo‘lib, modul bloklaridan tashkil topgan axborotni tizimli ravishda qayta ishlash va tahlil qilishga, o‘quvchining mustaqil faoliyatiga asoslangan, B.K.M. diagnostikasida turli shakllaridan foydalangan holda tashkil etiluvchi yaxlit jarayon.

Modul - mazmuniy va mantiqiy yakunga ega bo‘lgan, didaktik jihatdan ishlab chiqilgan, natijaga qaratilgan, kirish va chiqish nazoratlaridan iborat bo‘lgan birlikdir.

Modul dastur - bir fan doirasidagi modul bloklarining yig‘indisi bo‘lib, erishish lozim bo‘lgan didaktik maqsad, qo‘llaniladigan usullar va vositalar yig‘indisidir.

O‘quv moduli – nisbatan mustaqil , mantiqiy yakunga ega bo‘lgan o‘quv kursining bo‘lagidir. U o‘quv metodik ta’minotdan nazariy va amaliy qismlardan, topshiriq va joriy hamda yakuniy nazorat kabi qismlardan iborat. Modulli texnologiyalar mustaqil faoliyat asosida o‘quvchilarda bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish, ularda rejalashtirish, o‘z-o‘zini boshqarish va nazorat qilish, o‘zlashtirish bo‘yicha samarali natijani ta’minlashga qaratilgan eng samarali yondashuvlardan biri bo‘lib qolmoqda. Modul bu shunday maqsadgsha yo‘naltirilgan bog‘lamki, u o‘zida o‘rganiladigan mazmunni va uni o‘zlashtirish texnologiyasini aks ettiradi.

Ta'limni integratsiyalashning asosiy maqsadi — boshlang‘ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qo‘yishi va ularning rivojlanishi qonunlariga o‘z munosabatini shakllantirishdir. Mana shuning uchun kichik maktab o‘quvchisi predmet yoki voqealik hodisalarning bir necha tomondan ko‘rish muhimdir: mantiqiy va emotsional tomondan, badiiy asarda va ilmiy ommabop maqolada, biolog, so‘z ustasi, rassom, musiqachi nuqtayi nazardan va boshqalar.

Asosiy fanlarni o‘zlashtirish va olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarini o‘raatish ta’limni integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir. Bunga turh darslar tushunchalariga ko‘p marta qaytish, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli bo‘lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib, yaxshi shakllangan tuzihsh va o‘tkazish tartibiga ega bo‘lgan, tarkibiga shu o‘quv predmetiga tegishli bo‘lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin.

Lekin integratsiyalangan darsga boshqa fanlar, boshqa o‘quv predmetlari bilan bog‘h'q tushunchalar tahlil qilinishining natijalari kiritiladi. Masalan, «qish», «sovuq», «bo‘ron», kabi tushunchalar o‘qish, rus tili, tabiatshunoslik musiqa, tasviriy san'at dars-liirida ko‘rib chiqiladi. Tushunchalarning tahlil qilinishi boshqa (t'quv darslarida o‘zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan d;irslar integratsiyalangan hisoblanadi. Dars ijodiy, erkin bo‘lisbi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket, o‘ziga xos o‘tish metodikasiga ega bo‘ladi.

Umumiy ta’limning poydevorini qo‘yadigan boshlang‘ich maktabdagi ko‘p tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa, tasviriy san'at va boshqalar uchun umumiydir. Hozirgi kunda bir qator o‘quv predmetlari uchun umumiy bo‘lgan tushunchalar orasidagi aloqalarni o‘rnatish psixologik va metodik asos bo‘lgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish lozim. Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida o‘rgatilishi va zarur o‘qitish vositalari bilan ta'minlanishi kerak.

Tekshirish davomida o‘quv predmetlarini integratsiyalash jarayonida faol aqliy faoliyatga yordam beruvchi omillar — integratsiyalash uchun fanlarning ma'qul birlashishi, o‘qituvchi va o‘quvchi harakatlarining mos kelishi, bolalarning yosh imkoniyatlarini hisohga olgan holda mazmun, metod, usullarni tanlashdan iborat.

Avvalo, qaysi darslar integratsiyalash uchun mos kelishini aniq-lah olish kerak. Bunday darslarning negizi — turli fanlar asosiy mavzulari mazmunining yaqinligi va mantiqiy aloqalari.




Yüklə 28,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin