3-Mavzu: Sotsiogenezning boshlanishi. Ruhiyat Reja Sotsiogenezning umumiy tavsifi. Ishchi farazlar



Yüklə 43,5 Kb.
səhifə1/3
tarix08.04.2023
ölçüsü43,5 Kb.
#95128
  1   2   3
3-mavzu


3-Mavzu: Sotsiogenezning boshlanishi. Ruhiyat


Reja
1.Sotsiogenezning umumiy tavsifi.
2.Ishchi farazlar
3.Ruhiyat.
4.Tafakkur,tanlov va til

Antropogenez nazariyalaridan ko’rinadiki, ularda insonning kelib chiqishida aniqlanmagan va tushuntirilmagan jihatlar anchagina. Insondek murakkab mavjudot tadrijini izohlashda, balki bu tabiiy holdir. Shunga ko’ra, bu nazariyalar bir-birini to’ldiradi, deb hisoblash mumkin. Ulardan mantiqan o’zini oqlaganlaridan (masalan, qurolsozlik, mehnat nazariyalaridan) ishchi nazariya sifatida foydalanish tavsiya etiladi. Insonning kelib chiqishida tabiiy jarayonlarning o’rni alohida bo’lsa-da, boshqa jihatlarni ham inkor etib bo’maydi.


Antropogenez jarayoni sotsiogenez (lotinchada socialis umumiy-ijtimoiy va genesis — kelib chiqish) jarayoni bilan to‘ldirilganda xiyla oqilona tushuntirilishi mumkin.
Insonning sotsiogenezi haqidagi farazlar antropogenezni izohlaydigan ta’limotlardan anchagina ortiqligi bilan ajralib turadi. Antropogenez tabiatshunoslik, birinchi navbatda, biologiyaviy fanlar bilan izohlansa, sotsiogenez kishilik hayoti turlicha tashkil etilganligini o‘rganadigan ijtimoiy-gumanitar bilimlar orqali tushuntiriladi. Bu bilimlar tabiatidagi o‘ziga xosliklardan kelib chiqilsa, sotsiogenezning bayoni qanchalik murakkabligi ravshanlashadi. Shunga ko‘ra, sotsiogenez nazariyalarida ko‘p jihatlardan formal mantiq kuchiga tayanishga to‘g‘ri keladi.
Oldingi bobda aytilganidek, antropogenez tarixi bir necha million yil avval boshlangan bo‘lib, bu davrda yashagan primatlar qurollar bilan ishlash faoliyatiga ega bo‘lmagan. Bular tayoqlar va toshlardan faqat himoya va hujum vositasi sifatida foydalanganlar.
Inson tadrijining sotsiogenezi (bu jarayon 2 million yildan beri davom etadi) kishilarning sotsiumga mansub zotlar bo‘lib shakllanishini anglatadi. Bunday shakllanish kishilarning muayyan vaqtda muayyan hududdagi turli-tuman munosabatlaridan tashkil topgan turmush faoliyatini ifodalashi aniq.
Insonning kelib chiqishi sotsiogenez jihatdan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
—birinchidan, qaysi ijtimoiy omillar kishilarning kelib chiqishiga ko‘mak beradi?
— ikkinchidan, inson qaysi tadrijiy bosqichlarni bosib o‘tdi?
uchinchidan, insonning ijtimoiy shakllanishi mexanizmi qanday kechdi?
— to‘rtinchidan, Yer yuzi mintaqalarida kishilar tarqalishining shart-sharoitlari nimalardan iborat va uning mexanizmi qanday bo‘lgan?
Ayni vaqtda bu savollar sotsium kelib chiqishining asosiy masalalarini ham o‘z ichiga oladi.
ta’limotlarning ko‘pchiligida Homo sapiens (Mohir odam) bosqichidan boshlab sodda tosh qurollar yarata boshlandi, deb ta’kidlanadi. Garchi yuqorida ko‘p o‘rinlarda ta’kidlanganidek, antropogenezning ham, sotsiogenezning ham qurol yaratish, undan foydalanish omillari bilan bog‘liqligi yagona asos bo‘lmasada, har holda dastlabki faraz sifatida ancha-muncha masalalarni oydinlashtirishga yordam beradi. Shuning uchun sotsiogenezda qurolsozlik faoliyati nazariyasiga ko‘proq tayaniladi.
Mohir odamlarning paleontologik qoldiqlari tasdiqlashicha, ular miyasining tegishli qismlarida qurollar yasash ko‘nikmalari qayd etila boshlangan. Lekin insonning bevosita qurol yasash faolligi anglaganligi, maqsadga yo‘naltirilganligi keyinroq yuz bergan.
Shakllanayotgan inson davri pitekantroplardan boshlangan. Ularda nisbatan yuksakroq birdamlik, marhumlarni ko‘mish va hokazolar mavjud bo‘lgan. O‘z navbatida bular hayvonlar hamjamoalaridan tubdan farq qilgan yangi holatga o‘tishni bildirar edi. Bu holat esa ajdodlarimiz turmushini ta’minlovchi turmush ehtiyojlarini o‘zaro muvofiqlashtirib qondirishni anglatgan.
Antropogenezni tushuntiradigan ta’limotlarning ko‘pchiligida inson avlodlari hayot faoliyatining muhim jihati qurollar yasash ekanligi aytilgan edi. Antropogenezning markscha tushuntiradigan ta’limotining bunday shaklida hayvondan insonga o‘tishning bosh bo‘g‘ini tarzida qarash mavjud. Bu, albatta — o‘zining mavhumligi bilan ba’zi chalkashliklarga olib kelishi mumkin. Chunki insonning hayvon ajdodlaridagi sodda qurollarni yasash va ulardan foydalanishi to‘laligicha antrobiologik instinktivlikdan iborat bo‘lgan. Bunda birinchi navbatda bu ajdodlarning hayot faoliyati uchun yordamchi vosita bo‘lib hisoblangan va, nihoyat, faoliyat orqali hayvonlar tashqi muhitga instinktiv moslashgan. Hayvonlarda instinktiv qurollar yasash faoliyati shakllarining kelib chiqishi gominidlardan insonga o‘tishni amalga oshirishning asosi bo‘lib xizmat qilgan.
Gominidlar rivojlanishida insoniylikning boshlang‘ich davri bo‘lib qurolsozlik faoliyati va undan instinktiv yordamchi vosita sifatida foydalanishning asta-sekin inson hayot faoliyatining o‘ziga xos usuliga o‘tishi hisoblanadi. O‘ziga xoslik esa mehnat qurollarini yasash, ishlab chiqarish alohida ehtiyojga aylanishidan iboratki, busiz inson hayotining o‘zi ham amalda bo‘lmas edi.
Qurolsozlik faoliyati tufayli ishlab chiqarishda mehnat taqsimoti kabi zaruriy munosabatlarning kurtaklari qaror topadi. Ya’ni ibtidoiy jamoaning har bir a’zosi hayot kechirishni ta’minlash vositasining o‘ziga tegishli qismini bajargan. Qurollar murakkablashib brogan sari jamoa a’zolarining o‘zaro bir-birlariga bog‘liqligi ham shunga muvofiq ortib borgan. Ayni vaqtda bu holat individual qobiliyatlarni namoyon etish shart-sharoitlarini yaratib, birgalikda kechadigan faoliyatning unumdorligini oshirgan.
Insondagi bu mehnat taqsimoti eng tipik ko‘rinishda bamisoli asalarilar oilasidagi tabiat tomonidan instinktiv belgilangan dasturlarni eslatadi.

Yüklə 43,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin