3-Mavzu: Kimyo faning o’rganish metodlari Reja



Yüklə 40 Kb.
tarix24.05.2020
ölçüsü40 Kb.
3-Mavzu: Kimyo faning o’rganish metodlari

Reja:

1. Maruza darslarida kimyo fanining o’rgatishda qo’llaniladigan metodlar

2. Amaliy mashg’ulot va seminar darslarida kimyo fanining o’rgatishda qo’llaniladigan metodlar

3. Laboro’toriya darslarini o’tishda qo’llaniladigan metod turlari.

O`qituvchining o’quv materialini bayon etish metodlariga, bunda so’zlab berish, ma’ruza, suhbatlar, ekskursiyalar, demonstratsion tajribalar va ko’rsatmali o’qitishning boshqa vositalaridan foydalanish

Monologik metodlar- so’zlab berish, ma’ruzalarga, bo`linib, o`quv materiali mazmunini o`qituvchining o`zi tushintiradi. Bu metodda o`quvchilar faktlar, eksprement orqali kuzatib o`rganadilar: fandagi ma`lum bilimlar atrof muhit himoyasi, element va moddalarning sodir bo`lishi tarzida ko`rgazmali holda ifodalanadi.

Tushuntirish metodi qo`llanganda o`quvchilarga nazariy bilimlar mohiyati ochib beriladi. Moddalar massasining saqlanish qonuni atom - molekulyar nuqtai - nazaridan tushuntirilganda yoki elementlar xossalarining davriy ravishda takrorlanish kabi holatlar tushintirilganda tushunchalar ketma - ket ochilib umumlashtiriladi.



Ma`ruza - metodi ancha vaqt olinadigan monoton metod bo`lib hisoblanadi. Maktab ma`ruzasi 30 minutdan ko`proq vaqtni olib asosan yuqori sinf o’quvchilari va talabalar uchun qo’lay. Monoton metodda o`qituvchi o`zining nutqi ravonligiga katta e`tibor beradi.

O`qituvchi nutq ravonligi, sofligi, mazmunli holda materialni izohlash bilan o`quvchilar diqqatini o`ziga torta bilishi kerak.



Diologik metodlar- bularga har xil suhbatlar, seminarlar, misol bo`lib o`qituvchi va o`quvchi orasida bog`lanishli nutq tarzida olib boriladi.

Suhbat - bu o`quvchi va o`qituvchi orasidagi diolog bo`lib hisoblanadi.

O`qituvchining savollariga o`quvchi javob beradi yoki aksincha. Maktab amaliyotiga keyingi vaqtlarda Yangi pedagogik texnologiya tarzida seminar darslari kirib keldi. Masalan, uglevodorodlarning xossalari ularning tuzilishiga bog`liqligi kabi mavzulari seminar tarzida o`rganilsa, o`quvchilarda tafakkur qirralari o`sib tayanch bilimlarni qo`llash orqali rivojlanish bo`ladi. Bu metod ko`proq yuqori sinflarda olib boriladi.

2. Mustaqil ishlash metodlari- laboratoriya ishlari, amaliy mashg’ulotlar, kimyodan masalalar yechish va adabiyotlar bilan ishlash.

Kimyo o`qitishda ko`rsatiladigan eksperimentlardan foydalanish eng muhim metod sanaladi. Kimyo o`quv predmetining o`ziga xos xususiyati ham shu nazariy mazmunning bir vaqtning o`zida mavhum holda emas, isbotiy bo`lishi bilan ahamiyatlidir. Demonstransion eksperimentni o`qituvchi, laborant yoki talaba ko`rsatib turishi va o`qituvchi izohlab borishi mumkin. Kurs boshida hali o`quvchilarda kimyoviy tajribalarni bajarish ko`nikma va malakalar rivojlanmaganda o`qituvchi o`zi yoki laborant o`tkazadi. Demonstrasion tajribalar ayniqsa foydali holat kasb etganda katta qiziqish orttiradi. Masalan, CO 2 bilan o`t o`chirishni ko`rsatish;



Ko`rgazmalilik - shunday olib borish kerakki bajarilayotgan tajribalarni o`quvchilar hammasi ko`ra olsin. Ko`rgazmalilikdan kadoskop va boshqa TCO dan unumli foydalanish lozim.

O`quvchilarga ko`rsatiladigan tajribalar oddiy, xavfsiz, ishonchli tarzda bo`lishi shart. O`tkazilayotgan eksperiment tafsilotlarini albatta izohlab borish lozim.

Tajribalar o`tkazilayotganda quyidagi metodlarga amal qilish tavsiya etiladi:

1. Tajribaning maqsadini qo`ya bilish: o`quvchilar nima sababdan tajriba o`tkazilishini tushinishi kerak.

2. Tajribalar o`tkazilayotgan priborlarning chizmalarini chizish; sharoitni belgilash, (reaksiya qanday sharoit va muhitda olib boriladi.)

3. O`quvchilarning kuzata bilishini tashkil etish. (Nima bo`layapti-yu, natija nima bo`ladi anglab yetish)

4. Nazariy xulosalar chiqara bilish; eksperimentning rivojlantiruvchi funksiyasi, o`qituvchining so`zi bilan amalga oshadi. Ular:

1) Tajribaning o`zidan bilimlar paydo bo`lishi.

2) O`qituvchining so`zi izohlari kuzatishini to`ldirib borishi.

O`quvchi eksperimenti maqsadi, uni kelgusi mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat. O`quvchi eksperimenti laboratoriya tajribalari va amaliy mashg’ulotlarga bo`linadi.

Ular didaktik maqsadlar bilan farq qiladi.

Laboratoriya tajribalari - yangi bilimlar olish, yangi materialni o`rganish bo`lib hisoblanadi.

O`quvchi eksperimenti quyidagi bosqichlarda amalga oshadi:

1) Tajribani maqsadini tushuntirish;

2) Moddalarni o`rganish;

3) Priborni yig`ish yoki tayyorlashdan foydalana bilish;

4) Tajribani bajarish;

5) Natijalar tahlili va xulosalar chiqarish;

6) Olingan natijalarni izohlash va kimyoviy tenglamalar tuzish.

7) Hisobot yoza olish.

O`quvchi o`z oldiga qo’ygan muammoning yechimini tushunib yetishi kerak.

Kimyo fanidan o`quvchilarning laboratoriya tajribalari yakka, guruh, jamoa holda amalga oshadi.



Laboratoriya mashg`ulot joylari oldindan o`quvchiga ajratib qo’yiladi. Laboratoriya tajribalari yangi material mazmunini tushuntirish jarayonida olib boriladi.

Amaliy mashg’ulotlar - ma`lum mavzular o`rganilgach, ularning oxirida olingan bilimlarni mustahkamlash, takomillashtirish, konspektlash hamda ko`nikma va malakalarni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Kimyodan amaliy mashg’ulotlar- o’quvchi va talabalarning bilim ko`nikmalarini shakllantirishning asosiy omilidir. Amaliy mashg`ulotlarda ko`nikma va malakalar shakllanishiga katta e`tibor beradi. Amaliy mashg`ulot VII sinfdan boshlab o`tkazila boshlaydi. Har bir amaliy mashg`ulotni o`tkazishda reaktiv, pribor va kimyoviy asbob-uskunalar bilan ishlashning texnik qoidalari, muomila qilish ko`nikmalariga alohida ahamiyat berish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish talab etiladi. Amaliy mashg`ulotlar ikki xil ko`rinishda bo`ladi: berilgan instruksiya asosida o`tkaziladigan mashg`ulotlar va eksperimental masalalar yechish bilan bog`liq tajribalar.

Поделитесь с Вашими друзьями:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə