3-mavzu. Jahon tajribasida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyaTI


Rivojlangan Sharq mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotini modernizatsiyalashda fuqarolik jamiyati instutlarining o‘rni



Yüklə 33,11 Kb.
səhifə4/5
tarix21.05.2022
ölçüsü33,11 Kb.
#58899
1   2   3   4   5
3-МАВЗУ-22

3.Rivojlangan Sharq mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotini modernizatsiyalashda fuqarolik jamiyati instutlarining o‘rni
Yaponiyada fuqarolik jamiyatini aniq belgilarini namoyon etuvchi qarashlar asosan XIX asrning oxirlaridan boshlab ilgari surilgan. Yaponiyada fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati asosan 1960 yildan boshlab rivojlangan bo‘lsada aynan 2006 yildan boshlab rivojlangan G‘arb davlatlaridan farq qiladigan o‘ziga xos fuqarolik jamiyati modelini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Yaponiyada rivojlantirilayotgan fuqarolik jamiyati ― ongli va mas’uliyatli faoliyat yuritish tamoyiliga asoslangan. Shuningdek, ― davlat iqtisod (bozor) - fuqarolik jamiyati modeli ustuvor ahamiyat kasb etadi. Yaponiyada joylardagi davlat hokimiyati organlari NNTlar orasida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etishga qaratilgan turli dastur va loyihalarni e’lon qilishni ko‘zda tutuvchi tanlovlarni o‘tkazish huquqiga ega. (O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”gi Konunning 2 moddasiga asosan nodavlat notijorat tashkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir Toshkent sh.,1999 yil 14 aprel,763-I-son).
Hozirgi davrda Yaponiyada fuqarolik jamiyati institutlari asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Ijtimoiy sarmoyalarni shakllantirish va ko‘paytirish;
2. Aholiga nisbatan qo‘llanilayotgan ijtimoiy xizmatlarni
kengaytirishni qo‘llab quvvatlash;
3. Jamiyatdagi turli maqsadli faoliyat bilan shug‘ullanayotgan muayyan guruhlarni qo‘llab quvvatlash va mehnat uyushmalari faoliyatini kengaytirish;
4. Yaponiyada hududiy assotsiatsiyalar faoliyatini kuchaytirish va ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga erishish;
5. Yaponiyada mavjud siyosiy tizim va partiyalar faoliyatini takomillashtirish;
6. Davlat va bozor munosabatlaridan mustaqil bo‘lgan iste’molchilar jamiyatini rivojlantirishga erishish;
7. Atrof-muhitni muxofaza qilish, axoli salomatligini yaxshilash va mavjud demografik muammolarni oqilona hal etish;
8. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va ekologik muammolarni tadqiq etuvchi muassasalar faoliyatini takomillashtirish va h.k.
Yaponiyadan farqli ravishda Xitoyda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning retrospektiv xususiyatlari va siyosiy islohotlar tadriji bu hududa yashovchi insonlarni fuqarolik madaniyatini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bu yerda eng muhim narsa shuki Xitoyda fuqarolik jamiyati tizimida "bozor" va "ijtimoiy" sohani o‘zaro aloqadorlikda bosqichma-bosqich rivojlanishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Xitoyda davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish asosan 1949 yildan boshlab asosiy bosqichni bosib o‘tgan bo‘lsada, avvalo fuqarolik jamiyati institutlarining dastlabki tuzilmalari faoliyati asosida Xitoy ma’muriy tizimini mustahkamlashga e’tibor qaratilgan. 1989 yildan boshlab Xitoyda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati keng miqyosda tashkil etilgan.
Xitoyda fuqarolik jamiyatining rivojlanishida bir qancha to‘siqlar mavjud, ulardan biri – xitoy madaniyatida fuqarolik jamiyati an’analarining oldin mavjud bo‘lmaganligi. Buning yechimi, kaliti Xitoy ―xalq jamiyatini ―fuqarolik jamiyatiga – ―xalqni ―fuqaroga almashtirish kerak. Xitoyning siyosiy jihatdan rivojlanishi fuqarolarda fuqaroviy ong va fuqarolik madaniyatini tarbiyalash, siyosiy tizimni isloh qilish va demokratiyani rivojlantirish bilan xarakterlanadi. Xitoy sotsiologlarining fuqarolik jamiyati tushunchasiga munosabati ham o‘ziga xosdir. Chunki bu mamlakatda fuqarolik jamiyati nodavlat va davlatdan tashqari tashkilotlar sifatida jamoaviy o‘z-o‘zini boshqarish asosni tashkil qiladi. Ularning fikricha, fuqarolik jamiyati – asta-sekin qudratli davlatning bozor va ijtimoiy munosabatlar sohasidan chetlashtirilishi, fuqarolik jamiyatining muhim komponentlaridan biri fuqaroviy-ijtimoiy tashkilotlar kabi shakllarinishi va rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Xitoyda fuqarolik jamiyati shakllanishi tarixi – buyuk va qudratli davlatning iqtisod va ijtimoiy munosabatlar sohasidan chetlashishi, fuqarolik jamiyatining yana bir muhim komponenti, fuqaroviy-ijtimoiy tashkilotlarning paydo bo‘lishi va rivoji bilan bog‘liq. Shu sababli, bugungi xitoy olimlari Xitoyda siyosat va ma’muriy boshqaruvda yangi tendentsiyalarni shahar va qishloq joylariga tadbiq qilish orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirish mumkinligini alohida
Yüklə 33,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin