Taqdimot muharrirlari va ularda ishlash
REJA:
1.
Taqdimotlar muxarrirlari, ularning vazifasi va imkoniyatlari.
2.
Standart shablonlar asosida taqdimotlarni yaratish.
3.
Slaydlar ustida amallar (o‘zgartirish, yangi slaydlar qo‘shish, bekitish va
ko‘rsatish).
4.
Taqdimot slaydlarida ob’ektlardan foydalanish (rasm, diagramma, jadval,
tovush va videoklip).
5.
Animasiya effektlari. Taqdimot namoyishini boshqarish.
Microsoft Power Point -
univyersal, imkoniyatlari kyeng bo‘lgan,
ko‘rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma,
grafiklar, animatsiya effyektlari, ovoz, vidyeorolik va boshqalardan tashkil topgan
slayd va taqdimotlarni yaratish imkonini byeradi.
Slayd -
ma’lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlari hisoblanadi.
Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elyemyentlari joylanadi.
Taqdimot –
slaydlar to‘plamidan iborat, to‘liq ma’lumotni o‘zida jamlagan,
animatsiya effektlari qo‘llanilgan namoyish elementi.
Slaydlar kyetma-kyetligidan iborat tayyor ko‘rgazmani kompyutyer
ekranida, vidyeomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin.
Ko‘rgazmani tashkil qilish - slaydlar kyetma-kyetligini loyixalash va
jixozlash dyemakdir.
Taqdim etish axborot tyexnologiyasining samaradorligi ko‘p jixatdan taqdim
etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va boshqalarga
bog‘liq ekanligini ham unutmaslik lozim.
PowerPoint dasturi MICROSOFT firmasining WINDOWS qobig‘i ostida
yaratilgan bo‘lib, ushbu dastur pryezyentatsiyalar (taqdimot qilish, ya’ni
tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qo‘lay bo‘lgan dasturiy vositalardan biridir.
Bu dastur orqali barcha ko‘rgazmali qurollarni yaratish va ba’zi joylarda esa
ma’lumotlar bazasi sifatida ham qo‘llash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan
multimyedia vositalarini boshqarish va ularni qo‘llab, namoyish etuvchi
qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin.
Dasturdagi asosiy tushunchalar bu - slayd va pryezyentatsiya
tushunchalaridir
. Pryezyentatsiya (taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va
uni namoyish etish uchun byeriladigan fayl nomi. Masalan: Pryezyentatsiya1 -
PowerPoint dasturi ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo‘lib, yaratilgan yoki
yaratilayotgan taqdimotning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni
kyeyinchalik o‘z hohishingizga ko‘ra almashtirishingiz mumkin.
PowerPoint dasturini ishga tushirish. WINDOWS ish stolidan quyidagi
buyruqlarni bajarish orqali dastur ishga tushiriladi (1-rasm):
"Pusk"
→
"Program"
→
"Microsoft Office"
→
"Microsoft Power Point"
1-rasm 2-rasm
Eslatma:
yo‘qoridagi buyruqlarni bajarish sichqonchaning chap tugmasini
bosish orqali amalga oshiriladi.
PowerPoint ishga tushirilganda ekranda 2-rasmda ko‘rsatilgan taqdimot
yaratish muloqot darchasini ko‘rish mumkin. Bu orqali taqdimot yaratish turini
tanlab olish mumkin bo‘ladi. Rasmda quyidagi 5 ta asosiy bo‘lim byerilgan,
ularning har biri haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
➢
«Novaya prezentasiya» (yangi taqdimot) yoki «Pustuyu prezentasiyu»
(bo‘sh taqdimot) — bu bo‘sh taqdimot orqali mustaqil ravishda yangi
taqdimot yaratish imkonini byeradi.
|