3-maruza. Identifikatorlar, literallar, o‘zgaruvchilar va berilganlar turlari. Reja



Yüklə 29,94 Kb.
səhifə2/8
tarix05.12.2023
ölçüsü29,94 Kb.
#174044
1   2   3   4   5   6   7   8
3-maruza. Identifikatorlar, literallar, o‘zgaruvchilar va berilg-www.hozir.org

WriteLine (parametri - satr) – satrni ekranga chiqarish oqimini joylashtiradi. Satrlar simvollari ketma-ketligi o’qilgandan keyin, kursorni bitta pastki qatorga tushirib ekranning chap birinchi satriga joylashtiradi.
Write (parametri - satr) - satrni ekranga chiqarish oqimini joylashtiradi. Oldingidan farqi u simvollar ketma-ketligini o’qigandan so’ng, kursorni joyida qoldiradi.
ReadLine() – Klaviaturadan ma’lumot kiritishni ta’minlaydi. Kiritilgan ma’lumot dasturchi tomonidan tanlangan o’zgaruvchiga yoziladi.
Read() – Klaviaturadan bitta simvolni kiritish. Kiritilgan ma’lumot dasturchi tomonidan tanlangan o’zgaruvchiga yoziladi.

O’ZGARUVCHILAR

Istalgan dasturda dasturchi obyektlarni nomlaydi. Bu nomlangan obyektlar o’zgaruvchilar deb ataladi. O’zgaruvchi tushunchasi dasturlashda juda katta ahamiyat kasb etadi. O’zgruvchi atamasi juda keng qo’llaniladi. O’zgaruvchi xotiradan maxsus joy egallaydi va u albatta biror tipga tegishli bo’ladi.

C# tilida ikki ko’rinishdagi ma’lumotlar tiplari bilan ishlanadi:

  1. bazali tiplar


  2. bazali bo’lmagan, dasturchi tomonidan yaratilgan tiplar (ularga strukturalar, sinflar, obyektlar kiradi).


Quyida biz C# tilida mavjud bazali tiplar haqida so’z yuritamiz:



Butun qiymatli tiplar



2.1-jadval. Butun qiymatli tiplar



Tip nomi


O’lchami
(bayt)


Qiymatlar oralig’i


Qanday foydalaniladi (e’lon qilish va initsializatsiya)


sbyte

1

-128...128



sbyte sb=12;


byte

1

0...255



byte b=12;


short

2

-32 768…32 767



short si=-12;


ushort

2

0...65535



ushort us=12;


int

4

-2 147 483 648...2 147 483 647



int i=-14;


uint

4

0...4 294 967 295



uint ui=14;


long

8

–9 223 372 036 854 775 808
...9 223 372 036 854 775 807



long lg=-14;


ulong

8

0...18 446 744 073 709 551 615



ulong ul=14;

Ba’zi bir tiplarning oldiga qo’yilgan “u” belgisi bu tipga faqat musbat qiymatlar kirishini bildiradi. “u” – unsigned (“musbat”) so’zining birinchi harfi. O’zgaruvchi e’lon qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:


O’zgaruvchi nomi boshqa o’zgaruvchi nomi bilan, operator nomi bilan, sinf nomi bilan va umuman C# tilidagi qo’laniladigan so’z nomi bilan ustma-ust tushmasligi, ya’ni bir xil bo’lmasligi lozim.


C# tilida o’zgaruvchiga dastlabki qiymatni berish mumkin. Bu jarayon initsializatsiyalashtirish deb ataladi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi:
int a = 20;

“=”-ta’minlash operatori deb ataladi, ya’ni tenglik belgisi emas. Ta’minlash operatori va tenglik belgisining farqini shartli operatorlarni ko’rib chiqqanda bilib olamiz.



Qo’zg’aluvchi nuqtali tiplar

Yuqorida faqat butun qiymatli tiplar bilan tanishib o’tdik. Ammo dasturlashda faqatgina butun qiymatlar emas, balki haqiqiy tipdagi qiymatlar ham ishlatiladi. Haqiqiy sonlar to’plami – suzuvchi (qo’zg’aluvchi) nuqtali sonlar deb ataladi. Suzuvchi nuqtali sonlar quyidagi tartibda yoziladi.

Mantissa ishorasi – mantissa – tartib ishorasi – tartibi
Masalan, . Bu yerda 0.1255 sonning mantissasi, 3-tartibi. Mantissa va tartibning ishorasi “+”(musbat).
C# tilida ma’lumotlarning bu tiplari ikki xil kalit so’z bilan ifodalanadi: float va double. Float tipidagi sonlar xotiradan 8 bayt joy egallasa, double tipidagi sonlar 16-bayt joy egallaydi.
Yuqoridagi ko’rsatilgan tiplardan foydalanishga doir misol 2-listingda berilgan.



Yüklə 29,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin