Atmosfera bosimi Havo tufayli yuzaga keladigan bosim atmosfera bosimi deb aytiladi. Dengiz satxidan past joylarda bu bosim ortib borsa, yuqoriga ko`tarilgan sayin kamayib boradi. Havo bosimi me`yorda 760 mm simob ustiniga teng. Shuning uchun ham g’ovvoslik ishlarida kesson kasalligi, 3500-5000 m. balandlikga ko`tarilish natijasida esa tog’ kasaligi yuzaga kelishi mumkin. Balandlik kasalligi charchoqlik, bo`shashish, uyquchanlik, muskullarning tobora susayib borishi, bosh aylanishi, ko`ngil aynishi, qayt qilish, naqasning tezlashuvi va burun, xiqildoq hamda ichaklardan qon ketishi, es-xush yo`qolishi bilan namoyon bo`ladi.
1-jadval
Bofort shkalasi
Bofort ballari
Shamol tezligi m/sek
Shamol xarakteristikasi
Shamol ta`siri
0
0-0,5
Shtil
(sukunat)
Mutlaqo shamol yo`q. Trubalardan tutun tik yuqoriga
ko`tariladi.
Barglar va mayda novdalar qimirlab turadi. Engil
bayroqlar xilpiraydi.
4
5,3-7,4
O`rtacha
shamol
Daraxtlarning ingichka shoxlari qimirlab turadi. Chang va qog’oz parchalarini shamol uchiradi.
5
7,5-9,8
Sovuqqina
shamol
Katta-katta shoxlar qimirlab turadi. Suvda to`lqinlar paydo bo`ladi.
6
9,9-12,4
Kuchli
shamol
Yo`g’on shoxlar qimirlaydi. Telefon simlari guvillaydi.
7
12,5-15,2
Qattiq shamol
Kichikroq daraxt tanalari tebranib turadi.dengizda
ko`piklanadigan to`lqinlar paydo bo`ladi.
8
15,3-18,2
Juda qattiq
shamol
Daraxt shoxlari sinib tushadi.shamol qarshisiga yurish
qiyin bo`ladi.
9
18,3-21,5
Dovul
Bir oz shikast etkazadi.tutun trubalari va cherepitsa
uzilib tushadi.
10
21,6-25,1
Kuchli dovul
Kattagina shikast etkazadi.daraxtlar ildizi bilan qulaydi.
11
25,2-29,0
Juda qattiq
dovul
Katta-katta shikast etkazadi.
12
29 dan ortiq
To`fon
Joylarni harob qiladi.
Havoning kimyoviy tarkibi Atmosfera havosining tarkibini doimiy, o`zgarmas deb hisoblamoq kerak. Havoning tarkibiga 21 % atrofida kislorod, 78 % atrofida azot, 0,04 % atrofida karbonat angidridi, o`zgarib turadigan miqdorda suv bug’lari va bundan tashqari, protsentning yuzdan bir ulushlari miqdorida ozon, vodorod, geliy, neon, kripton, ksenon va radon kiradi. Nafasdan chiqadigan havoda esa kislorod 15,5 - 18%, karbonat angidridi 2,5-5% ni tashkil etadi.
Mavzuga oid nazorat savollari 1. Xavoning bevosita va bilvosita ta`sirlari to`g’risida gapirib bering?
2. Xavoning gigienik xarakteristikasi qanday o`rsatkichlar yig’indisidan iborat?
3. Organizmning issiqlik muvozanati xolati deb nimaga aytiladi?
4. Organizmning fizikaviy va kimyoviy termoregulyatsiyalari to`g’risida tushuncha bering?
5. Absolyut, maksimal va nisbiy xavo namliklari to`g’risida gapirib bering?
6. Havo namligi sportchilar organizmiga qanday ta`sir ko`rsatadi?
7. Shamol deb nimaga aytiladi va Bofort shkalasi to`g’risida gapirib bering?
8. Atmosfera bosimi to`g’risida gapiring?
9. Nafasga olinayotgan va chiqarilayotgan xavo qanday kimyoviy tarkibga ega?
Asosiy adabiyotlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar
№
Muallif
Adabiyot nomi
Adabiyot turi
Nashr yili
1
Almatov K.T.
Ulg‘ayish fiziologiyasi
o‘quv qo‘llanma
M.Ulug‘bek nomidagi UzMU bosmaxonasi. T.2004.
2
Sodiqov B.A
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi
o‘quv qo‘llanma
Yangi asr avlodi 2009
3
Zayniddinov T, Sodiqov A, Iminjonov
Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslar (Jismoniy tarbiya gigiyenasi)
o‘quv qo‘llanma
TDPU nashriyoti 2019 yil
Qo‘shimcha adabiyotlar 1. D.J.Sharipov “Salomatlik – barchaning va har bir kishining ishi” T., 2001 y.
2. Dubrovskiy V.I – Lechebnaya fizicheskaya kultura. Moskva, Vlados 1999 g
3. Zimkin N.V – Fiziologicheskie osnovы fizicheskoy kulturы i sporta
1995 g
4. Azimov I.G, Sobitov Sh - «Sport fiziologiyasi», Toshkent , 1993 y