1-rasm. ЕТСНГ bo‘yicha “Мука пшеничная высшего сорта”ni kodi
“Мука пшеничная высшего сорта” 50-guruh, 501-pozitsiyadagi yuklarga mansub bo‘lib, mazkur pozitsiyadagi yuk nomeri 01.
Прейскурант 10-01 [10] ning V bo‘limi yoki “ЕТСНГ НПУП” faylidan “Мука пшеничная высшего сорта” ning pozitsiya nomeri – 501 bo‘yicha, Yuklarning reja va ortishni hisobga olish nomenklaturasi bo‘yicha qaysi nomenklatura guruhiga mansub ekanligini va shifrini aniqlaymiz.
Yuklarning reja va ortishni hisobga olish nomenklaturasi bo‘yicha “Muka pshenichnaya vыsshego sorta” “Продукты перемола” nomenklatura guruhiga mansub bo‘lib “ГЗ” deb shifrlanadi.
“Мука пшеничная высшего сорта” kodi nazorat sonini tekshirish uchun, uning kodini birinchi beshta raqami 50101 ni 1 2 3 4 5 vazn qatoriga ko‘paytiramiz:
5 0 1 0 1
×
1 2 3 4 5
5 0 3 0 5
Ko‘paytma natijalarini jamlaymiz va yig‘indini 11 ga bo‘lamiz, ya’ni, 5 + 0 + 3 + 0 + 5 = 13; 13 : 11 = 1 (2). Bo‘lishdan keyingi qoldiq 2 kodning nazorat soni hisoblanadi. Yukning halaqitdan himoyalash kodi 501012 bo‘ladi.
Agarda yuk kodini uzatishda xatolikka yo‘l qo‘yilsa, masalan 2 va 3 raqamlarning o‘rni almashib qolsa, tekshirishda quyidagi nazorat soni aniqlanadi:
5 1 0 0 1
×
1 2 3 4 5
5 2 0 0 5
Ko‘paytma natijalarini jamlaymiz va yig‘indini 11 ga bo‘lamiz ya’ni, 5 + 2 + 0 + 0 + 5 = 12; 12 : 11= 1 (1), qoldiq son 1 ≠ 2 , yuk kodini uzatishda xatolikka yo‘l qo‘yilganligidan dalolat beradi.
3.1-misol: “Уголь каменный марки К-коксовый” ni ЕТСНГ bo‘yicha kodi, yuklarni reja va ortishni hisobga olish nomenklaturasida qaysi nomenklatura guruhiga mansubligi va shifri hamda nazorat soni aniqlansin.
Dostları ilə paylaş: |