II BOB. 1-4-SINF O‘QUVCHILARIDA MA’NAVIY TARBIYA INDIKATORLARINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI, AMALIY SHAKL, USUL VA VOSITALARI 2.1-§. 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarni shakllantirish omillarining amaliy shakl, usul va vositalari. Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari. Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari deganda, o‘quvchilarning axloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga, ularda madaniy xulq va ijobiy munosabatlarni, shaxsning axloqiy his-tuyg‘ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usullari yig'indisidir. Ma’naviy tarbiyada turli metod va usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA METODLARI Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlarini shartli ravishda quyidagicha tasnif etish mumkin (1-rasm):