3-amaliy ish. Hisoblashlarni grafik vizuallashtirish Ishni bajarishdan maqsad



Yüklə 7,64 Kb.
səhifə1/2
tarix12.10.2023
ölçüsü7,64 Kb.
#154196
  1   2
3-amaliy ish. Hisoblashlarni grafik vizuallashtirish Ishni bajar-hozir.org


3-amaliy ish. Hisoblashlarni grafik vizuallashtirish Ishni bajarishdan maqsad




3-amaliy ish. 
Hisoblashlarni grafik vizuallashtirish
Ishni bajarishdan maqsad.
MATLAB tizimida grafik qurish imrjniyatlari
bilan tanishish.
MATLAB tizimida grafik qurish uchun plot komandasining shakllarining
biridan foydalanishimiz mumkin:
plot(a1,f1,a2,f2,a3,f3,…).
bu erda al, a2, aZ,…, — funksiya argumentlarining vektorlari, f1, f2, f3,… —
grafiklari yagona oynada qurilayotgan funksiyalar qiymatlarining vektorlari.
MATLAB sin(x)/x kabi bartaraf qilinishi mumkin bo‘lgan noaniqliklarga ega
funksiyalarning ham grafiklarini qurish vositalariga ega. Bunday vosita bo‘lib fplot
grafik komandasi hisoblanadi:
fplot('f(x)', [xmin, xmax])
u x argumentning belgilanmagan o‘zgarish qadamlari uchun xmin dan xmax gacha
bo‘lgan intervalda simvol ko‘rinishda berilgan funksiyaning grafigini qurish
imkoniyatini beradi
Qiymatlari keng chegaralarda o‘zgaradigan funksiyalar uchun logarifmik
masshtablardan foydalaniladi, loglog(...) — sintaksisi plot(...). komandasining
sintaksisiga o‘xshash.
YArim logarifmik masshtabda

grafik qurish uchun quyidagi komandalar


ishlatiladi:
semilogx(…) — funksiyaning grafigini X o‘qi bo‘yicha logarifmik
masshtabda (asosi 10) va Y o‘qi bo‘yicha chiziqli masshtabda quradi
;
semilogu (…) — funksiyaning grafigini Y o‘qi bo‘yicha logarifmik
masshtabda va X o‘qi bo‘yicha chiziqli masshtabda quradi
.
YArim logarifmik masshtabda 
grafik qurish komandalarining parametrlarini
yozish plot(...) komandasinikiga o‘xshash.
Interaktiv grafik funksiyalar kalkulyatoridan foydalanish 

Interaktiv grafik funksiyalar kalkulyatori fuhtool simvolli funksiyalar bilan


ishlash uchun mo‘ljallangan. U x o‘zgaruvchining ikkita (f(x) va g(x))
funksiyasini tezlik bilan qurish imkoniyatini beradi.
MATLAB ning komandalar oynasida funtool buyrug‘ini terilib Enter
klavishasi bosilsa ekranda kalkulyatorning uchta avtonom oynasi hosil bo‘ladi.
Ularning ikkitasi grafik va uchinchisi esa boshqaruvchi oynadir:
-
grafiklar sarlavhaga ega bo‘lgan oynalarda aks ettiriladi;
-
boshqaruvchi oyna quyidagilarga ega:

funksiyalarni kiritish uchun ikkita maydon (f va g);

x o‘zgaruvchining o‘zgarish chegaralarini [min,max] formatda kiritish
maydoni;
• masshtablovchi a koeffitsientni kiritish maydoni;



- boshqarish 4-qatorda joylashgan tugmalar orqali amalga oshiriladi:



birinchi qator- f(x) funksiyani simvolli o‘zgartirish turi;

ikkinchi qator- f(x) funksiyani simvolli mastshtablash turi: f+a, f-a, f*a, f/a,
f^a, f(x+a), f(x*a);

uchinchi qator- f(x) funksiyani f(x) va g(x) funksiyalarning kombinatsiyasi
bilan almashtirish turi;

To‘rtinchi qator-boshqarish amallari:
→ Insert - f(x) funksiyani biriktirilgan funksiyalar bibliotekasiga kiritish;
→ Cycle - f(x) funksiyalarni biriktirilgan funksiyalar bibliotekasidan siklik
ravishda chiqarish;
→ Delete - f(x) funksiyani biriktirilgan funksiyalar bibliotekasidan o‘chirib
tashlash;
→ Reset – boshlang‘ich holatga qaytish;
→ Help – yordamni chaqirish;
→ Demo – funksiyalar kalkulyatoridan foydalanishni namoyish qilish;
→ Close - yopish.



Yüklə 7,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin