3- §. Hayotning hujayrasiz shakllari



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix21.10.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#158923
GULHAYO



BAKTERIYA XUJAYRASI SHAKILLARI
222-GURUH TALABASI
UMAROVA GULHAYO



1892- yilda rus olimi D.I. 
Ivanovskiy tamaki o‘simligida
uchraydigan tamaki mozaikasi
deb ataluvchi kasallik
qo‘zg‘atuvchisining o‘ziga xos
xususiyatlarini aniqladi. Ushbu
kasallik qo‘zg‘atuvchi viruslar
bakteriali filtr dan o‘ta olish
xususiyatiga ega.
D.I. Ivanovskiy



Natijada sog‘lom tamaki o‘simligini filtr dan o‘tgan suyuqlik bilan
zararlash mumkin. oradan bir necha yil o‘tgach F.Leffler va P.Froshlar
uy hayvonlarida uchraydigan oqsil kasalligini qo‘zg‘atuvchilar ham 
bakteriali filtrdan o‘tib ketar ekan, degan xulosaga keldilar.
F.Leffler
P.Frosh



Nihoyat, 1917- yil kanadalik
bakteriolog F. de Errel
bakteriyalarni zararlovchi
bakteriofag-virusni kashf etdi. 
Shunday qilib, o‘simlik, hayvon
va mikroorganizmlarda viruslar
kashf etildi. Ushbu kashfiyotlar
hayotning hujayrasiz shakllari
ya’ni, yangi fan sohasi —
virusologiyani (viruslarni
o‘rganuvchi) ochib berdi.
F. de Errel



Viruslar inson hayotiga katta xavf soladi .Ular bir necha
yuqumli kasalliklar (gripp, quturish, sariq kasalligi, ensefalit, 
qizilcha va boshqalar)ningqo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi. 
Viruslar faqat hujayralarda yashaydi. Ular hujayra ichi
parazitlaridir. Viruslar hujayradan tashqarida erkin va faol
holatda uchramaydi, ko‘payish xususiyatiga ham ega
emas



Hujayraviy tuzilishdagi organizmlarda DNK va RNK kabi nuklein
kislotalar bo‘lib, viruslarda ularning faqat biri uchrashi mumkin. 
Shunga ko‘ra viruslar DNK yoki RNK saqlovchi guruhlarga ajratiladi.



Viruslarning hujayra bilan o‘zaro ta’siri.
Hujayra oralig‘i
muhitidagi suyuqlikdan hosil bo‘lgan pinotsitoz vakuolalar
orqali tasodifan hujayra ichiga virus kirishi mumkin. Ammo 
odatda hujayraga virusning kirishidan avval hujayra sirtidagi
maxsus oqsil-retseptor bilan bog‘lanish sodir bo‘ladi. Ushbu
bog‘lanish virus yuzasida maxsus oqsillar orqali amalga
oshiriladi. Ular hujayra sirtidagi sezgir ma’lum retseptorni «tanib
olish» xususiyatiga ega. Virus bilan bog‘langan hujayraning
qismi sitoplazmaga birlashib, vakuolaga aylanadi. 
Sitoplazmatik membranadan tashkil topgan vakuola qobig‘i
boshqa vakuola yoki yadro bilan qo‘shiladi. Ana shunday yo‘l
bilan virus hujayraning barcha qismiga tarqalishi mumkin.



Virusning hujayraga kirib borishi yuqumlilik xususiyatini keltirib
chiqaradi. Sariq kasalligini qo‘zg‘atuvchi A va B viruslar faqat
jigar hujayralariga kirishi mumkin va ularda ko‘paya oladi.



Virus zarrachalarining to‘planishi ularning hujayradan chiqib ket
ishiga olib keladi. Ushbu jarayon ba’zi bir viruslarda «portlash» 
tarzida ro‘y beradi. Natijada hujayra nobud bo‘ladi. Boshqa
turdagi viruslar kurtaklanishga o‘xshash yo‘lbilan ajraladi. Bunda
organizmning hujayralari hayotchanligini uzoq vaqtgacha saqlab
qoladi.


Viruslar


Bakteriya virusi — bakteriofaglarning hujayraga kirishi biroz
boshqacharoq. Bakteriyalarning qalin hujayra qobig‘i hayvon
hujayralaridek oqsil-retseptorli va unga birikkan virus bilan
birgalikda sitoplazmaga kirib borishiga imkon bermaydi. Shuning
uchun bakteriofag hujayrasiga ichi kovak tayoqcha yordamida
uning boshchasida joylashgan DNK (yoki RNK) itarib kiritiladi. 
Bakteriofagning genomi sitoplazmaga tushadi, kapsid esa
tashqa rida qoladi. Bakteriya hujayrasi sitoplazmasida
bakteriofagning genomi reduplikatsiyasi boshlanadi hamda oqsil
sintezlanib uning kapsidi shaklla nadi. oradan ma’lum vaqt
o‘tgandan so‘ng bakteriya hujayrasi nobud bo‘ladi. Yetilgan fag
zarrachalari esa tashqariga chiqadi.




Viruslarning kelib chiqishi
.Viruslar avtonom genetik tuzilmalar
bo‘lib, hujayradan tashqarida rivojlana olmaydi . Taxminlarga
ko‘ra viruslar va bakteriofaglar hayotning hujayraviy shakllari
bilan birgalikda rivojlangan hujayraning maxsus irsiy elementlari
hisoblanadi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin