81
Schyotlar rejasidagi schyotlar kodlaridan tashqari nomiga ham ega. Schyotning
nomi - bu tub mahnoda schyotning o’zidzrr. CHunoychi-,har bir shaxsning familiyasi
uning o’zining ramzi bo’lganidek schyotning nomi o’zini anglatadi. Schyotlar bilan
ish olib borganda, asosan ularning tayinlanishi va foydalanish tamoyillarini bilish
zarur.
Hisob subhektlari tomonidan qo’llaniladigan schyotlarning to’liq ro’yxati
schyotlar rejasidir. Ayrim subhektlar tomonidan qo’llaniladigan schyotlar ro’yxatida
farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar rejasini taqozo etadi: birinchisi - namunali,
qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasi, ikkinchisi - buxgalteriya hisobining
ish (rabochiy) schyotlar rejasi.
Har bir korxona umumiy qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasiga
asosan o’z ish schyotlar rejasini tuzib olishlari kerak. Ish schyotlar rejasida tanlab
olingan schyotlar mig’kdori xo’jalik faoliyati turiga qarab barcha qo’llaniladigan
xo’jalik muomalalari hisobini ta’minlashi kerak.
Hisobning barcha subhektlari namunali schyotlar rejasidan foydalanishga
majbur. Schyotlar rejasida ko’rsatilmagan schyotlarni qo’llash faqat O’zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobining milliy andozasi «Xo’jalik yurituvchi subhektlarning
moliya - xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha
yo’riqnoma»ga ilova qilingan schyotlar rejasini keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: