27- mavzu. Bank axborot tizimi


Bankning avtomatlashtirilgan axborot tizimining texnik ta’minoti



Yüklə 38,29 Kb.
səhifə4/4
tarix17.03.2023
ölçüsü38,29 Kb.
#88492
1   2   3   4
27- mavzu. Bank axborot tizimi

Bankning avtomatlashtirilgan axborot tizimining texnik ta’minoti
BnAATni texnik ta’minlash jarayonlarida bank tex­nologiyalari apparat vositalari arxitekturasi zamonaviy talablar asosida qurilishlari kerak. Ularga: aloqaning turli-tuman telekommunikatsion vositala­ri, ko`p mashinali majmualar, «mijoz-server»ning arxitekturasidan foydalanish, mahalliy, mintaqaviy va global tezkor tarmoqlarni qo`llash, apparatli yechimlarini unifikatsiyalash kiradi.
Foydalaniladigan texnik vositalarning miqdori va tarkibi axborot oqimlarining jadalligi va hajmlari, ishning usullari va bank tizimi vazifalarini amalga oshirishning xususiyatlari bilan belgilanadi. Bank xizmatlarining tarkibi va hajmlarini filiallar, mijozlar va aloqalarning sonini o`sishi banklarning qudratliroq kampyuterlarni va rivojlanganroq texnik ta’minlanishlarni harid qilishga majbur qiladi. Tarmoqli bank texnologiyalari keng tarqalgan. Tarmoqli park borgan sari turli-tuman bo`lib qolmoqda. Banklararo telekommunikatsiya vositalarini jadal rivojlanishini ham ta’qidlash kerak.
«Mijoz-server» arxitekturasi banklarning axbo­rot-kommunikatsiya texnologiyalarini qurilishidagi texnik yechimlarga zamonaviy yondashishning asosi bo`ladi. Bu texnik ta’minlanishni tashkil qilish va axborotlarni ish­lab chiqishni mijoz (ishchi stantsiya) va server deb nomlangan ikkita tarkibiy qism o`rtasida taqsimlanishini ko`zda tutadi. Ikkala qism birlashtirilgan kompiyuterlarda bajariladi. Bunda mijoz serverga so`rovlar yuboradi, server esa ularga xizmat ko`rsatadi. Bunday texnologiya tarkiblashtirilgan so`rovlar-ning maxsus tiliga ega kasbiy MBBTda amalga oshiriladi.
Bankning avtomatlashtirilgan texnologiyalarida telekommunikatsion arxitektura texnik ta’minlash tizimchalarining majmuasi va tuzilishini belgilaydi, ular BnAATning barcha qo`llanishlari (modullari) modullar uchun o`zaro hamkorlikning har hil turlarini ta’minlaydi.
Yüklə 38,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin