27- mavzu. Bank axborot tizimi


Bank tizimi axborot arxitekturasining asosiy vazifalari



Yüklə 38,29 Kb.
səhifə2/4
tarix17.03.2023
ölçüsü38,29 Kb.
#88492
1   2   3   4
27- mavzu. Bank axborot tizimi

Bank tizimi axborot arxitekturasining asosiy vazifalari



Bankni axborotlashtirish strategik va taktik rejalarini ko‘rib chiqish


Bankni ATga qiladigan investitsiya masalalarini ko‘rib chiqish




Bank axborot resurslarini ko‘rib chiqish



Bank axborot texnologiyalaridan foydalanish va rivojlantirish




Tadbiq etish jarayonlari standartlari bo‘yicha qarorlar tayyorlash, tasdiqlash va masalalarni ko‘rib chiqish



2.-rasm. Bank tizimida axborotlarning asosiy vazifalari.


Bankni boshqa aktivlari kabi axborot texnologiyalarini boshqarishga va umumiy tavsiflariga “Axborot texnologiyalari portfeli” (ATP) deb ataladi.
Axborot texnologiyalari portfelining asosiy komponentlarini shartli ravishda to‘rtta asosiy toifalarga bo‘lib qarash mumkin:
1. Bankda biznes faoliyatini ta'minlashning asosiy tizimlarida - asosiy bir yoki bir nechta biznes jarayonlar lokal banklararo operatsiyalarini qo‘llab turuvchi tizim tushuniladi. Aloxida bank yoki uni bo‘linmalari, filiallari tizimi doirasida olingan lokal resurslari: bank operatsiya kunida dasturlar majmuasi, plastik kartochkalarni qo‘llagan holda chakana elektron hisoblar lokal tizimi, iqtisodiy, tijorat lokal resurslar.
2. Banklararo resurslarda - davlat ichidagi elektron to‘lovlar tizimi, SWIFT davlatlararo va banklararo elektron to‘lov tizimi, plastik
kartochkalarni qo‘llagan holda chakana elektron hisoblar banklararo tizimi.
3. Korxona umumiy faoliyatini quvvatlovchi tizimlar ya'ni muvofiqlashtirilgan tizimlar - odatda ular qatoriga oylik maosh, inson resurslarini boshqarish tizimlari kiradi ya'ni, bevosita asosiy biznes faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan menedjerlik axborot tizimlari, moliyaviy resurslarni boshqarish va buxgalteriya hisobi, xujjatlar aylanishini boshqarish va boshqalar.
4. Bank infratuzilmasiga ta'luqli tizimlar - apparat ta'minoti, dasturiy ta'minot, ma'lumotlar bazasi, tarmoqlar, axborotlarni saqlash tizimlari va kommunikatsiya imkoniyatlarini ta'minlashga imkoniyat beradigan ivestitsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Axborot texnologiyalari portfeli bankning ichki va tashqi maqsadlari uchun ham birdek foydalanilishi mumkin. Bunda strategik muhim axborotlar masalan kirim va chiqimlar, egalik qilish, yetkazib berish, sotib olish (vositalar, uskunalar va boshqalar) keng tashqi kirib chiqishlarga mo‘ljallangan taqdim etiluvchi, axborot texnologiyalari portfeliga tegishli materiallardan o‘chirib tashlanishi lozim degan qoidaga amal qilishi kerak. Uning ahamiyatliyligini maksimallashtirishda bank uchun muhim bo‘lgan joriy va rejalashtirilayotgan axborot texnologiyalari investitsiyalarni o‘z ichiga olishi lozim.

Yüklə 38,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin