25-bob: O‘zbekistonning xalqaro mavqeini mustahkamlashda milliy g‘oyaning o‘rni


Davlat mustaqilligining BMT tomonidan tan olinishi



Yüklə 41,97 Kb.
səhifə2/6
tarix01.11.2022
ölçüsü41,97 Kb.
#67018
1   2   3   4   5   6
Mg\'nvt 20-mavzu

25.2. Davlat mustaqilligining BMT tomonidan tan olinishi
XX asrda insoniyatni bir maqsad sari birlashtirish, turli adovatlarning oldini olish uchun yangi tashkilot tashkil topdi. Bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), ya’ni barcha davlatlarning mustaqilligini tan oluvchi xalqaro tashkilotdir. Bu tashkilot 1945 yilning 24 oktyabrida tashkil topgan. Ayni paytda BMTga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning soni 193 tadir. Bu yirik tashkilotga 2017 yil 1 yanvardan boshlab Portugaliyalik Antoniu Gutterish Bosh kotib lavozimida ishlab kelmoqda.
O‘zbekistonushbu nufuzli tashkilotga 1992 yil 2 mart kuni a’zo bo‘lgan. O‘tgan davr mobaynida davlatimizning nomi jahonda mustahkamlanib, o‘zining mavqeyi va obro‘sini oshirdi. Birinchi Prezidentimiz shu tashkilot orqali mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, barqarorlik, millatlar va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minladi. Ayniqsa, mintaqaviy va xalqaro muammolarni doimo tinch yo‘l bilan hal etishga intildi. Bu borada BMT hujjatlaridagi huquqiy me’yorlarga to‘liq amal qilinib, jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Islom Karimov Markaziy Osiyoni yadrosiz hududga aylantirish bo‘yicha jahon hamjamiyatining e’tiborini O‘zbekistonga qaratdi. O‘tgan davr oralig‘ida Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishga qaratilgan “6+2” muloqot guruhini yo‘lga qo‘ydi. Mintaqadagi vaziyatlardan kelib chiqqan holda, Orol muammosiga va uning oqibatlariga alohida munosabat bildirdi. Dunyoda keng avj olgan xalqaro terrorizm, odam savdosi, ekstremizm, qurol-yarog‘larning noqonuniy savdosi va narkotik moddalarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zining bor kuchini ishga soldi.
O‘zbekistonning BMT tomonidan tan olinishining muhim ko‘rinishi 2017 yil iyun oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning yurtimizga tashrifi bo‘ldi. Bosh kotib Orol dengizi akvatoriyasida, Mo‘ynoq tumanidagi “Kemalar qabristoni”da bo‘lib, hududda BMT tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
2017 yil 10-12 may kunlari BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi delegasiyasi Zayd Raad al-Husayn Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib, O‘zbekistonda qonunchilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ular tashrif doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Tashqi ishlar, Adliya, Ichki ishlar vazirliklari, Inson huquqlari Milliy markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariyati, Ombudsman bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 19 sentyabrda BMT Bosh
Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Bu tarixiy tashrif O‘zbekistonbilan BMT o‘rtasidagi xalqaro munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi insoniyatning kelajakda dolzarb muammolarni ilmiy va amaliy yechimini topish, millatlar va davlatlarga amaliy yordam berish masalalarini o‘zichiga oladi. Har bir mamlakatning g‘oyalari va dasturlari muhokamaga qo‘yiladi, mintaqalar va xalqlar uchun maqbul bo‘lgan xulosalar beriladi.
Davlatimiz rahbarining O‘zbekistonichki va tashqi siyosati, jahon siyosiy maydonidagi roli, dunyoda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, barcha millat va elatlarni birlashtirishdagi qarashlari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Davlatimiz rahbari o‘zfikrlarini uch yo‘nalishdagi – O‘zbekiston, Markaziy Osiyo mintaqasi va BMT darajasidagi muammolar asosida isbotlab berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda islohotlar “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” tamoyilidan kelib chiqishi, 2017 yil yurtimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb nomlangani, barcha tuman va shaharlarda Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilib, odamlar davlat idoralari uchun emas, davlat idoralari odamlar uchun xizmat qilayotganligini ta’kidladi. Jamiyatning barcha sohalarida inson manfaatlariga xizmat qilish uchun Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilganligini butun dunyoga ma’lum qildi.
O‘zbekistonning mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga intilishi, hududlarda ekologik vaziyatning yaxshilanishi, Afg‘onistondagi infratuzilmani va vaziyatni o‘nglash, narkotik moddalarga qarshi kurashish borasida harakatlarni davom ettirishi aytib o‘tildi. Insoniyat uchun tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda BMT xalqaro hujjatlari muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Prezident tomonidan Markaziy Osiyoda millatlararo totuvlik, o‘zarohamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatish masalalariga ham e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, mintaqadagi suv zahiralaridan barcha davlatlarning oqilona foydalanishi, Orol fojiasining salbiy oqibatlarini birgalikda bartaraf etishning zarurligi masalasi kun tartibiga qo‘yildi.
Shavkat Mirziyoyev butun dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro hamjamiyatdagi o‘rnini oshirish bo‘yicha fikr bildirdi. Bu tashkilotning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagii xalqaro konvensiyasini qabul qilish va Bosh Assambleyaning "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyusiyasi bo‘yicha taklif va tashabbusni o‘rtaga tashladi. Bu takliflar sammit davomida barcha xorijiy ommaviy axborot vositalari uchun kun mavzusi bo‘ldi. Sammit doirasida BMTga davlatimizning tuhfasi – Registon maydoni aks etgan maket topshirilib, bu maketning topshirilishida ham o‘ziga xos chuqur ma’no bor edi.
Bugungi kunda O‘zbekistonning BMT bilan hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda.
2017 yil noyabr oyida Samarqandda BMT shafeligida o‘tkazilgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzuidagi xalqaro anjuman O‘zbekistonning jahondagi nufuzi yanada oshishiga va mustahkamlanishiga xizmat qildi. Ushbu anjumanda
O‘zbekistonsiyosatining yangi yo‘li, qo‘shni davlatlar bilan ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqada yashovchi xalqlar manfaati uchun olib borilayotgan faoliyat masalalariga e’tibor qaratildi.

Yüklə 41,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin