25-bob: O‘zbekistonning xalqaro mavqeini mustahkamlashda milliy g‘oyaning o‘rni



Yüklə 41,97 Kb.
səhifə1/6
tarix01.11.2022
ölçüsü41,97 Kb.
#67018
  1   2   3   4   5   6
Mg\'nvt 20-mavzu



25-BOB: O‘ZBEKISTONNING XALQARO MAVQEINI
MUSTAHKAMLASHDA MILLIY G‘OYANING O‘RNI
25.1. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga to‘laqonli a’zo bo‘lishi –
istiqlolning sharofati
O‘zbekistono‘zmustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlab jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallash uchun harakat qilmoqda.
O‘zbekistonning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan xorijiy davlatlarning O‘zbekistonbilan siyosiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishi tarixiy ahamiyat kasb etdi. Yurtimizning ozod yurtga aylanganligini birinchilar qatorida Turkiya davlati tan olib, biz bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, jahondagi ko‘plab davlatlar birin-ketin O‘zbekistonmustaqilligini tan olib, xalqaro va siyosiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishdi.
Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillaridayoq, milliy manfaatlarni muhofaza qilish, ularni umuminsoniy manfaatlar bilan uyg‘unlashtirish va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash masalasi davlat siyosati markaziga qo‘yildi. Mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining avval “O‘zbek modeli”, hozirgi davrda “Harakatlar strategiyasi” asosida davlatchilik asoslari barpo etilib, O‘zbekistonda huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonRespublikasining milliy manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan Milliy xavfsizlik Konsepsiyasi va barqaror taraqqiyot strategiyasi: Konstitusiya, qonunlar va boshqa xalqaro Deklarasiyalar, konvensiyalar va shartnoma talablariga, dunyo davlatlari qonunchilik tajribalariga, umuminsoniy demokratik-gumanistik tamoyillarga, manfaatlarga mosligi bilan jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. Masalan, BMTning mamlakatimizdagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Stefan Prisner: BMTning
O‘zbekistondagi tuzilmalari mamlakatingizning yangi taraqqiyot dasturini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar O‘zbekistonning bugungi rivojlanish bosqichida juda dolzarb sanaladi. Unda ma’muriy, sud-huquq, iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy sohani rivojlantirish, shuningdek, yaqin qo‘shnichilik, do‘stlik va millatlararo bag‘rikenglik ruhida tashqi siyosat olib borish ko‘zda tutilgan, deb hisoblaydi.
Harakatlar strategiyasida belgilangan ko‘plab vazifalar BMTning 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyotga ko‘maklashuvchi doiraviy dasturiga muvofiq bo‘lib, BMT tasarrufidagi YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining yurtimizdagi vakolatxonasi rahbari Miyeko Yabuta, BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumannlar mamlakatimizda turli manfaatlarni uyg‘unlashtirishga doir islohot natijalariga yuqori baho berishdi.
Darhaqiqat, O‘zbekistonRespublikasi milliy xavfsizligi doktrinasining asosiy vazifasi ham milliy manfaatlarni himoya qilishga yo‘naltirilgan siyosatning tarkibiy qismini tashkil etadi. Unda davlatning xalqaro hamjamiyatdagi rolini oshirishga qaratilgan ijtimoiy, milliy, iqtisodiy, harbiy, huquqiy yo‘nalishlar aks etgan.
Mustaqillik yillarida respublikada qabul qilingan qonunlarning barchasi, istisnosiz, bevosita yoki bilvosita xalqaro hamjamiyatda milliy manfaatlar ustuvorligi, fuqarolarning xalqaro miqyosda himoya qilinishi, Konstitusion qonunlarga va ma’naviy-axloqiy tamoyillarga asoslangan. Ya’ni, Konstitusiya “shaxs-jamiyat-davlat” tizimi manfaatlari himoyasiga va ularni uyg‘unlashtirishga oid eng asosiy qomusiy hujjat hisoblanadi. O‘zbekistonRespublikasi Konstitusiyasining 13-moddasida: “O‘zbekistonRespublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitusiya va qonunlar bilan himoya qilinadi”, deb qayd etilgan.
Davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’yekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantiradi. O‘zbekistonRespublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish ayni vazifalarimiz negizidir. O‘zbekistonRespublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish doimo davlatning asosiy vazifasi qilib belgilangan. Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalarini hal etish kabi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarini barqarorlashtiruvchi dolzarb masalalar xalqaro hamjamiyatdagi nufuzimizni yanada oshiradi. Bugungi kunda O‘zbekistonning olib borayotgan tashqi siyosati asosini davlat mustaqilligi, hududiy yaxlitligi dahlsizligi, milliy manfaatlar ustuvorligi, umuminsoniy qadriyatlar, tinchlik va xavfsizlik, o‘zarohurmat kabi tamoyillar tashkil etadi.
Biz tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimizni avvalo xalqimiz, Vatanimiz manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda amalga oshiramiz, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, - Bu siyosatning asosini tinchlikparvarlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, yuzaga keladigan ziddiyat va qaramaqarshiliklarni faqat tinch, siyosiy yo‘l bilan hal etish tashkil etadi. Biz bundan buyon ham uzoq-yaqindagi barcha xorijiy mamlakatlar, jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorligimizni davom ettiramiz. Bu borada ochiq, do‘stona va pragmatik siyosat olib borish tamoyiliga sodiq qolamiz1.
Bugungi kunda O‘zbekistonolib borayotgan tinch qo‘shnichilik, ijtimoiy hamkorlik siyosati jahondagi 180 dan ortiq davlat tomonidan tan olinib, umume’tirof etilmoqda. O‘zbekistontinchlikparvar siyosatining asl negizi qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan bo‘lib, asosiy qonunimiz – O‘zbekistonRespublikasi Konstitusiyasining 17 – moddasida, -O‘zbekistonRespublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’yektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi1, - deyilgan.
Mamlakatimizdagi ijobiy o‘zgarishlar dunyo hamjamiyatida O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishni oshirib, uning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda2, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Yüklə 41,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin